logo

Jahon aholisining soni, o‘sishi va joylashuvi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9444.4169921875 KB
Jahon aholisining soni, o‘sishi va 
joylashuvi  Jahon aholisining soni, 2018-yil ma’lumotlariga binoan, 
7 mlrd. 620 mln. kishidan ortiqdir. Sayyoramiz aholisi 
bu miqdoriy marraga yetganligining o‘ziga xos tarixi 
mavjud.  Uzoq davrlar davomida insoni yatning asosiy qismi 
Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alarida istiqomat qilgan 
edi. Buyuk geografik kashfiyotlar ko‘p sonli aholining 
yangi topilgan yerlarga ko‘chib o‘tishiga sababchi 
bo‘ldi va uning natijasida qit’alar o‘rtasida aholi 
sonining qayta taqsimlanishi yuz berdi.  Moddiy va sanitar-gigiyenik shart-sharoitlarning 
og‘irligi, tez-tez tak rorlanib turgan ocharchilik, 
kasalliklar epidemiyalari ta’sirida uzoq tarixiy davrlar 
davomida jahon aholisining o‘lim darajasi yuqori, tabiiy 
ko‘payish darajasi esa past bo‘lgan.   XIX asrda Yevropa va Amerikada ro‘y bergan sanoat 
inqilobi, tibbiy xizmatning rivojlanishi natijasida bu 
qit’alardagi aholining o‘rtacha umr ko‘rishi va tabiiy 
ko‘payish darajasi ortdi.  Jahon aholisi soni XX asr davomida 1,6 mlrd. kishidan 
6,1 mlrd. kishigacha yetgan bo‘lib, uning eng yuqori 
sur’atlari 1960-yillardan ke yingi davrlarga to‘g‘ri 
keladi.   Bu holat Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrlarda 
Osiyo, Afrika va Okeaniya davlatlarining siyosiy 
mustaqillikka erishuvi, ularga BMT tomonidan 
insonparvarlik yordamlarining berilishi natijasida aholi 
orasida o‘lim darajasining pasayishi hamda aholi 
sonining tez sur’atlarda o‘sishi hisobiga yuzaga kelgan.  Natijada 1960–1980-yil larda jahonda  «demografik 
portlash»  ( o‘lim darajasi pasayishi tufayli aholi 
sonining tez sur’atlar bilan ko‘payishi ) jarayoni yuz 
berdi (6-rasm).  4-jadval 
Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish koeffitsiyentlari 
(1000 kishiga nisbatan, 2018-yilgi ma’lumotlar) 
Hudud  Tug‘i-lish 
koeff.  O‘lim 
koeff.  Tabiiy 
o‘sish 
koeff.  Go‘daklar 
o‘limi 
koeff.  (har 
1000 
go‘dakka 
nisbatan)  O‘rtacha umr davri 
erkaklar  ayollar 
Jahon  19  7  12  31  70 
Afrika  35  9  26  50  61 
Amerika  15  7  8  13  74 
Osiyo  17  7  10  26  71 
Yevropa  10  11  -1  4  75 
Avstraliya 
va 
Okeaniya  17  7  10  21  76  80  So‘nggi yillarda aholishunos olimlar «demografik 
portlash»ga nisba tan deyarli nihoyasiga yetib 
borayotgan jarayon sifatida baho berayotgan bo‘lsalar-
da, Afrika va Osiyoning bir qator davlatlarida aholining 
yillik tabiiy ko‘payish darajasi hali ham yuqori darajada 
kuzatilmoqda.  Shu bilan birga jahonning rivojlangan davlatlarida 
tabiiy ko‘payishning manfiy holati –  demografik 
inqiroz  yoxud  depopulyatsiya  ( tug‘ilishning o‘limga 
nisbatan pastligi ) yuz bermoqda.  Bu holatni hozirgi 
kunda Yevropaning turli davlatlarida (masalan, 
Germaniya, Ukraina, Serbiya va b.) kuzatish mumkin.  Mintaqalar aholisi sonining davriy o‘zgarishi birinchi 
navbatda unda yuz berayotgan tug‘ilish va o‘lim 
ko‘rsatkichlari nisbati asosida shaklla nuvchi tabiiy 
ko‘payish darajasi bilan bog‘liq. 4-jadval ma’lumotlaridan turli qit‘alarda aholi takror 
barpo bo‘lishining miqdoriy ko‘rsatkichlari turlicha 
ekanligi ko‘rinib turibdi. Afrikada aholi tabiiy o‘sish 
koeffitsiyenti jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, 
qolgan qit’alarda esa bu ko‘rsatkich pastroq darajaga 
ega.  Davlatlarda aholining tabiiy o‘sishi yuqori darajada 
saqlanishiga ijti moiy-iqtisodiy va madaniy omillar katta 
ta’sir ko‘rsatadi.  Shaharlashuv jarayoni, ayollarning ma’lumotlilik va 
ijtimoiy mehnatda bandlik dara jasining yuqoriligi,  turmush darajasining yuksalishi va kishilar moddiy 
ehtiyojlarining kengayishi jahonning bir qator 
davlatlarida tug‘ilish va aho lining tabiiy o‘sish 
koeffitsiyentining past bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmoqda 
(7-rasm).  Bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar o‘limi va o‘rtacha umr 
ko‘rish da rajasi ko‘rsatkichlari ham davlatlarning 
iqtisodiy rivojlanganlik holati, tibbiy xizmatning 
rivojlanishi, aholi turmush darajasi bilan chambarchas 
bog‘liqdir.  Ma’lumki, jahon aholisi hududiy jihatdan notekis 
tarqalgan. Bunda tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
omillarning ta’siri katta.  Tekislik, daryo hamda dengizbo‘yi hududlarida aholi 
zichligi darajasining yuqoriligi ta biiy sharoit omili 
(masalan, Gang daryosi vodiysi, Kanto tekisligi), O‘rta 
dengizbo‘yi, Mesopotamiya kabi hududlarda esa 
bunday holatning shakl	
 lanishi ularning o‘zlashtirilish 
davri bilan bog‘liq.  Iqtisodiy rivojlangan davlatlar va turli ishlab chiqarish 
markazlarida aholi sonining o‘sishida ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot darajasining ahamiyati katta. Aholi soni ko‘p 
bo‘lgan mintaqalarda zichlik darajasi ham yuqori 
bo‘ladi.  Jahon aholisining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 50 
kishidan ortiq bo‘lmoqda. Osiyo aholi zichligi darajasi 
eng yuqori bo‘lgan qit‘a hisob lanib, uning sharqiy, 
janubiy va janubi-sharqiy qismlarida aholi zichligi 
ayniqsa yuqoridir.  Amerika, Avstraliya va Okeaniya qit’alarining yevro 
paliklar tomonidan dastlab o‘zlashtirilgan qismlarida 
aholi zichligi nisba	
 tan yuqori.   Eng aholisi zich davlat 
Monako hisoblanadi.   Mongoliya  ( aholisi eng siyrak davlat ) , Namibiya, 
Avstraliya, Kanada, Qozog‘iston kabi davlatlar 
jahonning aholi zichligi ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan 
davlatlari qatoriga kiradi.    Bu holat noqulay tabiiy 
sharoit bilan bog‘liq.    1 . Nimaga uzoq tarixiy vaqt davomida Yer yuzida aholi 
soni deyarli o‘zgarmadi? 
2. Buyuk geografik kashfiyotlar jahon aholisining 
mintaqalar bo‘ylab taqsimlanishiga qanday ta’sir 
ko‘rsatdi? 
3. Ilovadagi jadval ma’lumotlari asosida Yevropa, 
Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning 
aholi soniga ko‘ra beshta peshqadam davlatlarini 
aniqlang va daftaringizda ularning ro‘yxatini tuzing. 
4. Jahon aholisining hududiy joylashuviga qanday 
omillar katta ta’sir ko‘rsatadi? © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019

Jahon aholisining soni, o‘sishi va joylashuvi

Jahon aholisining soni, 2018-yil ma’lumotlariga binoan, 7 mlrd. 620 mln. kishidan ortiqdir. Sayyoramiz aholisi bu miqdoriy marraga yetganligining o‘ziga xos tarixi mavjud.

Uzoq davrlar davomida insoni yatning asosiy qismi Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alarida istiqomat qilgan edi. Buyuk geografik kashfiyotlar ko‘p sonli aholining yangi topilgan yerlarga ko‘chib o‘tishiga sababchi bo‘ldi va uning natijasida qit’alar o‘rtasida aholi sonining qayta taqsimlanishi yuz berdi.

Moddiy va sanitar-gigiyenik shart-sharoitlarning og‘irligi, tez-tez tak rorlanib turgan ocharchilik, kasalliklar epidemiyalari ta’sirida uzoq tarixiy davrlar davomida jahon aholisining o‘lim darajasi yuqori, tabiiy ko‘payish darajasi esa past bo‘lgan.

XIX asrda Yevropa va Amerikada ro‘y bergan sanoat inqilobi, tibbiy xizmatning rivojlanishi natijasida bu qit’alardagi aholining o‘rtacha umr ko‘rishi va tabiiy ko‘payish darajasi ortdi.