logo

Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1470.1083984375 KB
                12-Mavzu Jahon mamlakatlarida 
oziq-ovqat xavfsizligi masalalari              RE J A
1.Global  iqtisodiyotda yuz berayotgan 
o’zgarishlar va jahon mamlakatlarida 
oziq-ovqat xavfsizligi masalasi 2
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda 
xalqaro tajribalar
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda 
xalqaro tashkilotlar              BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) 
hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga 
qaraganda, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq 
kishi to’yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Bu jahon 
aholisining deyarli har sakkiz nafaridan biri, deganidir. 
Bundan tashqari, sayyoramiz nufusining 30 foizidan 
ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy 
mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini 
boshidan kechirmoqdaki, bularning barchasi oziq-ovqat 
xavf-sizligini ta’minlash naqadar dolzarb masala 
ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi.
oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, 
u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik 
me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan 
ta’minlashni nazarda tutadi                                   1. Global iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va 
jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi Jahon 
hamjamiyati oldida muammolar paydo bo’lib, ularning 
asosiylari quyidagilardir:
1) aholi o’sish sur’atlarining yuqoriligi;
2) bir qator mamlakatlarda qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishi sur’atlarining pasayishi;
3) rivojlangan mamlakatlar yordamining qisqarishi;               
      4) ocharchilikning avj olishi;
5) tabiiy resurslarning ozayishi;
6) jahon bozorlarida uzoq muddat qishloq xo’jaligi 
mahsulotlariga past narxningsaqlanib turishi.
Bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatlar don importiga 
bog’liqdirlar. Jahon mamlakatlari global inqiroz holatida 
bo’lib, uning mohiyati cheklangan tabiiy resurslar, biosfera 
ozuqa tizimi cheklangan                                           FAO tomonidan tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligiga 
bag’ishlangan birinchi konferensiya 1974 yilda o’tkazilgan 
bo’lsa, unda jahon oziq-ovqat muammosini yaqin 10 yil 
ichida hal qilishga qaror qilingan edi. Lekin keyingi chorak 
asrda sezilarli yutuqlarga erishilgan bo’lsada, bu muammo 
haligacha hal qilingan yo’q. Agar 20-asrning 70-yillarida 
jahon aholisining uchdan bir qismi to’yib ovqatlanmagan 
bo’lsa, bugungi kunda bu ko’ratkich 20%ni tashkil qiladi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining jahon savdosi hajmi uch 
baravar oshdi, shu bilan bir qatorda jahon qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishining o’sish sur’atlari 3%dan keyingi o’n 
yillikda 1,6% ga tushdi. 
Jahonda va alohida mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi 
holati turlicha bo’lib, jumladan, Shimoliy Amerika 
aholisining bir sutkalik ehtiyojlari 2400 kkal ni tashkil 
qilganda, afrikalik aholiiki 2150 kkal ni tashkil qilgan.              2 Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajribalar
Dunyoning ko’p mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligiga 
erishish qishloq xo’jaligi va savdo tarmog’ida strategiya va 
dasturlarning tatbiqiga bog’liq. Ularni to’rtta guruhga 
bo’lish mumkin:
1. Ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash siyosati; 2. Savdo 
siyosati;
3. Iste’molni qo’llab-quvvatlash strategiyalari; 4. Ozuqa 
moddalar ta’minoti dasturlari.
Bunday dasturlar bir birini cheklamagan va ko’p 
mamlakatlarda bir vaqtda amalga oshirilganini ta’kidlash 
lozim. Ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash siyosati 
yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida “Yashil inqilob” nomi 
bilan tanilgan ekinlar hosildorligi birdan yuksalishi 
jarayoni sharofati bilan oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi 
ancha oshdi.                            “ Yashil inqilob”
FAO ma’lumotlariga ko’ra 1960 va 2000 yillar orasida 
bug’doy hosildorligi 208 foizga oshdi hamda sholi, 
makkajo’xori va kartoshka hosildorligi tegishli ravishda 
109, 157 va 78 foizga oshdi. Ekin hosildorligi keskin 
oshishi asosan ilmiy va texnikaviy yuksalish, jumladan 
ekinlarning yuqori hosildor navlari, kimyoviy o’g’itlar va 
pestisidlardan kengroq foydalanish hamda sug’orish va 
mexanizasiya sharofati bilan ro’y berdi. Mazkur 
texnologiyalar ekin maydonini ozgina kengayishi bilan 
qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishi tufayli bo’ldi. 
Masalan, 1966 yilda Osiyoda hosildorligi yuqori sholi 
navi joriy etilgan. 1969 yilga kelib sholikorlik maydoni 
bor-yo’g’i 13 foizga oshgan bo’lsada, hosil miqdori 240 
milliondan 483 millionga yetdi. Ayni shu paytda mineral 
o’g’itlardan foydalanish ko’rsatkichi gektarga 17 kgdan 
110 kg gacha oshdi.                            3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro 
tashkilotlar
Birlashgan Millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq 
xo’jaligi tashkiloti (FAO) 1945 yilda ovqatlanish sifatini 
yaxshilash, agrar sektorda mehnat unumdorligini 
oshirish, qishloq holisi yashash sharoitlarini yaxshilash va 
jahon iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida ta’sis 
etilgan. FAO o’z faoliyatini to’rt sohada olib boradi. 
Birinchidan, FAO axborot tarmog’i vazifasini bajaradi. 
Rivojlanish sohasida maqsadlarni amalga oshirishga 
xizmat qiluvchi axborotlarni agronom, o’rmon va baliq 
hamda qishloq xo’jaligi mutaxassislari, sosiolog va 
iqtisodchilar yig’adilar, tahlil qiladilar va tarqatadilar.              Ikkinchidan, FAO o’zining a’zolari bilan qishloq xo’jaligi 
sohasidagi siyosat, qo’llab-quvvatlash, ocharchilikni
kamaytirish va qishloq joylarida rivojlanish
milliy strategiyasiniyaratish va qonunchilikni tayyorlash, 
rejalashtirish fikr almashadi.
Hozirgi zamonning murakkab sharoitida FAO forumida 
davlat vakillari tengma-teng uchrashib, qishloq xo’jaligi 
siyosatini muhokama qilishi va muzokaralar olib borishi 
mumkin.
Nihoyat, axborot resurslari turli mahalliy loyihalarda 
ishlatilishi mumkin. Uning bajarilishida banklar, 
rivojlangan mamlakatlardan yo’naltiriluvchi moliyaviy 
mablag’lar safarbar etiladi, FAO ham texnik yordam, ham 
cheklangan moliyalashtirish ko’rsatadi. FAO o’zining 184 
a’zosi nomidan ish ko’radi. U minglab hamkorlar-fermer 
birlashmalaridan tortib individual tadbirkorgacha, 
nohukumat tashkilotlaridan tortib banklargacha 
hamkorlik qiladi.                            Shunday murakkab bir paytda O’zbekistonimizda aholining 
muhim kundalik iste’mol tovarlariga bo’lgan talabi to’liq 
qondirilibgina qolmay, katta miqdorda eksport qilinayotgani 
tahsinga loyiq .
Gap shundaki, yurtimizda jon boshiga qariyb 300 kilogramm 
sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum 
to’g’ri kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb 
hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko’pdir. 
Qolaversa, 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni 
qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyoning 
80 ta davlatiga eksport qilinayotgani kimni quvontirmaydi 
deysiz?!
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti bosh 
direktori Joze Gratsianu da Silva 2014 yilning 5-6 iyun kunlari 
Toshkent shahrida o’tkazilgan “O’zbekistonda oziq-ovqat 
dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi 
xalqaro -konferensiyada so’zlagan nutqida mamlakatimizda 
mazkur jabhada qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga alohida 
to’xtalib, jumladan, shunday degan e                Oʻzbekiston  o’zining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdan 
tashqari, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini eksport qilish orqali xorijiy davlatlarning 
oziq-ovqat ta’minotiga munosib hissa qo’shayotgani 
xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. 
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkilotining 2015 yil 
iyun oyida Italiyaning Rim shahrida bo’lib o’tgan 39-
konferensiyasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga 
erishgan davlatlarni taqdirlash marosimida O’zbekiston 14 
ta davlat qatorida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda 
erishgan mislsiz yutuqlari uchun maxsus mukofot bilan 
taqdirlangani fikrimiz tasdig’idir.
Mamlakatimizda sabzavot, poliz, kartoshka ekinlari, 
shuningdek, bog’ va tokzorlar maydonlari kengaytirilishi 
bilan birga, ushbu tarmoqlarda ishni to’g’ri tashkil qilish 
orqali uning samaradorligini oshirish uchun barcha 
zaruriy shart-sharoit yaratib berilgan.                             E’ TIBORIN GIZ UCHUN  RAX MAT!

12-Mavzu Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari

RE J A 1.Global iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi 2 Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajribalar Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi to’yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Bu jahon aholisining deyarli har sakkiz nafaridan biri, deganidir. Bundan tashqari, sayyoramiz nufusining 30 foizidan ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqdaki, bularning barchasi oziq-ovqat xavf-sizligini ta’minlash naqadar dolzarb masala ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi. oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi

1. Global iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi Jahon hamjamiyati oldida muammolar paydo bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardir: 1) aholi o’sish sur’atlarining yuqoriligi; 2) bir qator mamlakatlarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sur’atlarining pasayishi; 3) rivojlangan mamlakatlar yordamining qisqarishi; 4) ocharchilikning avj olishi; 5) tabiiy resurslarning ozayishi; 6) jahon bozorlarida uzoq muddat qishloq xo’jaligi mahsulotlariga past narxningsaqlanib turishi. Bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatlar don importiga bog’liqdirlar. Jahon mamlakatlari global inqiroz holatida bo’lib, uning mohiyati cheklangan tabiiy resurslar, biosfera ozuqa tizimi cheklangan