logo

Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1126.1552734375 KB
Mavzu Organik dehqonchilikda oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy omillar              Reja:
1.Oziq-ovqat  xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy omillar
2 Agrar soxani rivojlantirish masalalari                Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy omillar
Oziq-ovqat mavjudligi: zarur sifatli oziq-ovqat 
mahsulotlarining kerakli miqdorda ichki ishlab chiqarish 
yoki import orqali (shu qatori oziqaviy ko’mak) ta’minoti. 
Oziq-ovqat mavjudligining eng ko’p qo’llaniluvchi vositasi 
kaloriyalarda hisoblanuvchi jon boshiga kundalik 
energiya sarfidir (KES). FAO uslublariga ko’ra KES 
ko’rsatkichi oziq-ovqat balansiga asoslangan oziqa 
iste’moli turiga binoan hisoblanadi.
FAO muayyan tovarlarni oziq-ovqat ta’minotining 
turli manbalari (ishlab chiqarish, jamg’armalar, 
savdo) va mahsulotlardan turli maqsadlarda 
foydalanishga (yem, urug’lik, sanoatda 
foydalanish, chiqitlar) oid ma’lumotlardan 
foydalanib, oziq-ovqat balanslarini hisoblaydi.              Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir etuvchi yana bir omilni 
ajratib ko’rsatish mumkinki, bu savdodagi to’siqlar 
bo’lib, udarga eng ahamiyatli qishloq xo’jaligi va oziq-
ovqat mahsulotlarini olib kirish va chetga chiqarishni 
ta’qiqlash, hududlararo g’irrom raqobatni kiritish 
mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligi jahon bozorining narxlari, qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi tebranishlar, 
mahalliy, jumladan harbiy nizolar mavjudligi kabi 
omillarning ta’siriga ham uchraydi.
Oziq-ovqat xavfsizligiga agrar sektorning holati ham, 
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ham ta’sir 
ko’rsatadi.Oziq-ovqat xavfsizligi jahon bozorining narxlari, 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi 
tebranishlar, mahalliy, jumladan harbiy nizolar 
mavjudligi kabi omillarning ta’siriga ham uchraydi              Shunday qilib oziq-ovqat xavfsizligini ishlab chiqarish va 
iste’molning teng ahamiyatli ochiq quyi tizimlardan 
tashkil topgan tizim sifatida tasvirlash mumkin. Chunki 
ular bir-birisiz yuqorida aytib o’tilgan muammolarning 
hal qilinishini ta’minlay olmaydi.
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
omillarini pirovard oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqaruvchi asosiy bo’g’in bo’lmish ASM ning 
rivojlanishiga va aholining ushbu mahsulotlarni iste’mol 
qilish imkoniyatlariga ko’rsatadigan ichki va tashqi 
omillarga tasniflangan holda ko’rib chiqish lozim.
Ichki omillar qishloq xo’jaligining, ASM ning oziq-ovqat 
va qayta ishlash sanoatining, bevosita qishloq xo’jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilarining va oziq-ovqat tovarlarini 
ishlab chiqaruvchilarning rivojlanish darajasiga, uy 
xo’jaliklariga va muayyan odamlarning hayot faoliyatiga 
ta’sir ko’rsatadi              Ichki omillar qishloq xo’jaligining, ASM ning oziq-ovqat va qayta 
ishlash sanoatining, bevosita qishloq xo’jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilarining va oziq-ovqat tovarlarini ishlab 
chiqaruvchilarning rivojlanish darajasiga, uy xo’jaliklariga va 
muayyan odamlarning hayot faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi              Oziq-ovqat xavfsizligiga 
ta’sir etuvchi omilla
Doimiy  Davriy 
Shartli 
doimiy               Doimiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: muayyan 
hududning tabiiyg’iqlim sharoiti;
mamlakat yoki hududlardagi agrar ishlab chiarishning 
tabiiy salohiyatining seking’asta susayib borishi va buning 
oqibatida xo’jalik yurituvchi subyektlar tomondan 
qo’shimcha ta’sir o’tkazilmagan holda oziq-ovqat ta’minoti 
darajasining pasayib ketishi.              Ma’lum bir davr uchun shartli-doimiy omillarga quyidagilar 
misol bo’ladi:
kambag’allik chegarasidan pastda joylashgan va zarur oziq-
ovqat mahsulotlari to’plamini sotib olish uchun yetarli 
miqdordagi daromadga ega bo’lmagan aholi guruhlari;
alohida aholi guruhlari ovqatlanishining
muvozanatlashmaganligi, bu ularning salomatligiga 
tahdid solishi mumkin;
muayyan omillarning ta’siri tufayli faqat bozor mexanizmidan 
foydalangan holda oziq-ovqat bilan ta’minlashning imkoni 
bo’lmagan hududlar aholisi;
oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish darajasining pastligi, bu 
holat kishilar salomatligiga tahdilarni vujudga keltirishi 
mumkin;
jahon bozorlari kon’yunkturasining nobarqarorligi va 
importdan keladigan valyuta tushumlari tufayli.              Mamlakatning oziq-ovqat bilan ta’minlovchi tashqi manbalarga 
ahamiyatli darajada bog’lanib qolganligi.
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi davriy 
omilarga quyidagilar kiritiladi:
ayrim davrlar (qurg’oqchilik, yong’in, chigirtka a boshqalar) da 
oziq-ovqat xavfsizligini pasayiruvchi tabiiy ofatlarning yuz 
berishi ehtimoli;
mamlakatning nobarqaror tashqi iqtisodiy holati, bu embargo 
va boshqa sanksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashni aholi oziq-ovqat 
mahsulotlarini olishidagi tegshli tahlikalarga sabab bo’luvchi 
tahdidlarning ta’siri bilan ham bog’lash zarur.
Shunday qilib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ko’pgina 
omil va ahlikalar ta’sir ko’rsatadiki, mamlakat, viloyat, har bir 
kishi va umuman jahon hamjamiyatining oziq-ovqat 
xavfsizligini oshirish ichki va tashqi tahdidlarni pasaytirish 
muhim ahamiyatga ega.              Agrar soxani rivojlantirish masalalari
Hozirgi vaqtda biz umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollar 
bo’lgan oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot 
mahsulotlarini eksport qilmoqdamiz. So’nggi uch yilda eksport 
qilinayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 3 barobardan 
ziyod oshdi.
Mamlakatimizning mahsulot yetkazib beradigan
korxonalari xalqaro ko’rgazma va ixtisoslashtirilgan 
yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. Dunyoning 80 ta davlatiga 
180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash 
asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilinmoqda. 
O’zbekiston o’rik, olxo’ri, uzum, yong’oq, karam va boshqa 
ko’plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi 
bo’yicha dunyoda shunday mahsulotlarni yetkazib beradigan 
o’nta yetakchi davlat qatoriga kirad. 2020 yilda meva va sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari 
yetishtirishni 2015 yilga nisbatan kamida 1,3 , sutni 1,5, 
tuxumni 1,7, balini 2,5 marta ko’paytirish mo’ljallanmoqda.              Bugungi kunda jami 190 ming tonnadan ziyod meva va 
sabzavotlar saqlanadigan 274 ta zamonaviy sovutgichli 
kamera va omborlarni qurish va to’liq rekonstruksiya qilish 
ishlari nihoyasiga yetkazildi.
2010 yilda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi 
hududida 3 ming tonnadan ortiq sarxil meva-sabzavotni 
neytral gazli muhitda saqlash bo’yicha zamonaviy quvvatlar 
foydalanishga topshirildi. Ushbu mahsulotlar xalqaro 
aviatransport yordamida Yevropa va Osiyo mamlakatlari 
bozorlariga yetkazib berilmoqda.
Mamlakatimizda tashkil etilgan, Navoiy shahri xalqaro 
aeroportini o’z ichiga olgan, dunyodagi yirik yuk tashish 
kompaniyalaridan biri – “Korean Eyr” kompaniyasi 
boshqaruvida faoliyat ko’rsatayotgan intermodal logistika 
markazi quvvatlaridan keng foydalanilmoqda                            Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jami 630 ming tonna 
mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo’lgan 1300 dan 
ziyod ombor mavjud. Ularda har yili meva-sabzavot 
mahsulotlarining asosiy turlari saqlanmoqda. Bu esa 
ichki bozorda narx-navoni barqaror ushlab turish va 
kuzgi-qishki mavsumda ushbu mahsulotlarni eksport 
qilishni kafolatli ta’minlash imkonini bermoqda.
O’zbekiston kompaniyalari Boltiq dengizi bo’yidagi 
Liyepay portida bir kecha-kunduzda 1,5 ming tonna 
mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo’lgan transport-
logistika markazini tashkil etilib, ushbu markaz orqali 
meva-sabzavot mahsulotlari Shimoliy va G’arbiy Yevropa 
mamlakatlariga to’g’ridan-to’g’ri yetkazib beriladi.

Mavzu Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar

Reja: 1.Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar 2 Agrar soxani rivojlantirish masalalari

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar Oziq-ovqat mavjudligi: zarur sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining kerakli miqdorda ichki ishlab chiqarish yoki import orqali (shu qatori oziqaviy ko’mak) ta’minoti. Oziq-ovqat mavjudligining eng ko’p qo’llaniluvchi vositasi kaloriyalarda hisoblanuvchi jon boshiga kundalik energiya sarfidir (KES). FAO uslublariga ko’ra KES ko’rsatkichi oziq-ovqat balansiga asoslangan oziqa iste’moli turiga binoan hisoblanadi. FAO muayyan tovarlarni oziq-ovqat ta’minotining turli manbalari (ishlab chiqarish, jamg’armalar, savdo) va mahsulotlardan turli maqsadlarda foydalanishga (yem, urug’lik, sanoatda foydalanish, chiqitlar) oid ma’lumotlardan foydalanib, oziq-ovqat balanslarini hisoblaydi.

Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir etuvchi yana bir omilni ajratib ko’rsatish mumkinki, bu savdodagi to’siqlar bo’lib, udarga eng ahamiyatli qishloq xo’jaligi va oziq- ovqat mahsulotlarini olib kirish va chetga chiqarishni ta’qiqlash, hududlararo g’irrom raqobatni kiritish mumkin. Oziq-ovqat xavfsizligi jahon bozorining narxlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi tebranishlar, mahalliy, jumladan harbiy nizolar mavjudligi kabi omillarning ta’siriga ham uchraydi. Oziq-ovqat xavfsizligiga agrar sektorning holati ham, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ham ta’sir ko’rsatadi.Oziq-ovqat xavfsizligi jahon bozorining narxlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi tebranishlar, mahalliy, jumladan harbiy nizolar mavjudligi kabi omillarning ta’siriga ham uchraydi

Shunday qilib oziq-ovqat xavfsizligini ishlab chiqarish va iste’molning teng ahamiyatli ochiq quyi tizimlardan tashkil topgan tizim sifatida tasvirlash mumkin. Chunki ular bir-birisiz yuqorida aytib o’tilgan muammolarning hal qilinishini ta’minlay olmaydi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash omillarini pirovard oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy bo’g’in bo’lmish ASM ning rivojlanishiga va aholining ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish imkoniyatlariga ko’rsatadigan ichki va tashqi omillarga tasniflangan holda ko’rib chiqish lozim. Ichki omillar qishloq xo’jaligining, ASM ning oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining, bevosita qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining va oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqaruvchilarning rivojlanish darajasiga, uy xo’jaliklariga va muayyan odamlarning hayot faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi