logo

Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bo‘yicha tasnifi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5342.2353515625 KB
J ahon mamlak at larining 
ijt imoiy -iqt isodiy  
riv ojlanganligi bo‘y icha t asnifi   Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм      Jahon mamlakatlarining eng muhim belgilaridan 
biri ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidir. 
Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganini
baholash uchun bir qancha mezonlar qo‘llanadi.                    Bu mezonlardan asosiy lari:
   — yalpi ichki mahsulotning umumiy va aholi 
        jon boshiga nisbatan hajmi;
   — milliy iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibi;
   — mamlakat eksportining tovar tarkibi;
   — turli ko‘rsatkichlar bilan belgilanadigan 
        aholining turmush sifati.  Jahon mamlakatlari yuqoridagi mezonlar asosida BMT 
tomonidan 3 ta yirik blokka bo‘linadi:  rivojlangan , 
rivojlanayotgan  va  o‘tish iqtisodiyotidagi
mamlakatlar.
1 3
2      J ahon mamlak at larining ij t imoiy -iqt isodiy  
riv ojlanish darajasi
Rivojlangan 
mamlakatlar O‘tish 
iqtisodiyotidagi 
mamlakatlar Rivojlanayotgan 
mamlakatlar      Rivojlangan mamlakatlar qatorigaYevropadagi ko‘plab 
davlatlar (Sharqiy Yevropadan tashqari), AQSH, Kanada, 
Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya,
Isroil, Koreya Respublikasi, Singapur va Janubiy Afrika 
Respublikasi kabi davlatlar kiradi.
3
2 1
10 5 47
69 8             Bu davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bir 
qator jihatlarda namoyon bo‘ladi  (3-jadval) .     3-jadval. Rivojlangan mamlak at larning asosiy  
be lgilari   Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Yaponiya, 
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda 
Italiya kiradi. Bu mamlakatlar xalqaro iqtisodiy
va siyosiy munosabatlar tizimida muhim o‘rin 
tutadi  (4-jadval) .     Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Yaponiya, Ger 
maniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Italiya 
kiradi. Bu mamla	
 katlar xalqaro iqtisodiy va siyosiy 
munosabatlar tizimida muhim o‘rin tutadilar.      4-jadval. “Katta yettilik” davlatlari va tayanch rivojlanayotgan 
mamlakatlarning ayrim ko‘rsatkichlari (2020-yil yakunlari 
bo‘yicha)   Osiyo, Afrika, Amerika hamda Okeaniyaning aksariyat 
mamlakatlari rivojlanayotgan mamlakatlar blokiga kiradi. 
Jahon aholisining juda katta qismi (2020-yil ma’lumotlariga 
ko‘ra, 6,5 milliard kishi) yashaydigan bu davlatlar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi va xususiyatlari bilan bir-biridan 
ancha farq qiladi.    Shuning uchun ham rivojlanayotgan mamlakatlar bir 
nechta guruhlarga bo‘linadi. Xususan, jahon 
iqtisodiyotida tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar,
neftni eksport qiluvchi mamlakatlar hamda yirik 
industrial-agrar mamlakatlar muhim ahamiyatga ega.
1 2
3      Ulkan tabiiy-resurs, demografik va iqtisodiy 
salohiyatga ega Xitoy, Hindiston, Braziliya va 
Meksika  tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar 
guruhini tashkil  qiladi  (4-jadval) .
Xitoy Braziliya     Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt, Bahrayn, 
Ummon, Bruney davlatlari  neft eksport qiluvchi 
mamlakatlar  guruhi sifatida ajratiladi.     Bu mamlakatlarda YIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
hajmi ancha yuqori (masalan, 2020-yil holatiga ko‘ra, Qatar 
bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni egallagan — 89949 
AQSH doll.), lekin ularning iqtisodiyoti xomashyo resurslariga 
asoslanganligi sababli bu davlatlar odatda rivojlangan 
mamlakatlar qatoriga kiritilmaydi.
Qatar poytaxti - Doxa     Ulkan tabiiy va mehnat resurslariga ega bo‘lgan, 
sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida yuqori
natijalarga erishayotgan Turkiya, Eron, Pokiston, 
Indoneziya, Argentina va boshqa davlatlar  yirik
industrial-agrar mamlakatlar  guruhiga kiritiladi.
Eron
Turkiya        Sobiq Ittifoq respublikalari hamda 1991-yilgacha sotsialistik 
tuzum asosida rivojlangan, keyinchalik esa undan voz 
kechgan Sharqiy Yevropa davlatlari (Albaniya, Bolgariya, 
Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Vengriya, Chexiya va sobiq 
Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan davlatlar) hamda 
Mongoliya BMT tomonidan  o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar 
blokiga birlashtiriladi. O‘zbekiston ham o‘tish iqtisodiyoti-
dagi davlatlardan biri hisoblanadi.
1    Savol va  topshiriqlar
?   ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. 
Nazaraliyeva – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim 
markazi, 2022

J ahon mamlak at larining ijt imoiy -iqt isodiy riv ojlanganligi bo‘y icha t asnifi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Jahon mamlakatlarining eng muhim belgilaridan biri ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidir. Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganini baholash uchun bir qancha mezonlar qo‘llanadi.

Bu mezonlardan asosiy lari: — yalpi ichki mahsulotning umumiy va aholi jon boshiga nisbatan hajmi; — milliy iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibi; — mamlakat eksportining tovar tarkibi; — turli ko‘rsatkichlar bilan belgilanadigan aholining turmush sifati.

Jahon mamlakatlari yuqoridagi mezonlar asosida BMT tomonidan 3 ta yirik blokka bo‘linadi: rivojlangan , rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar. 1 3 2