logo

Janubiy Amerika xalqlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4048.59765625 KB
Mavzu: Janubiy Amerika xalqlari
Reja:
1. Janubiy Amerika xalqlarining etnik tarkibi.
2. Ekvatorial mintaqatadagi qabilalar.
3. Janubiy Amerika xalqlarining urf-odatlari. Janubiy  Amerikadagi  And  tog`larining 
hozirgi  Kolumbiya,  Ekvador,  Peru, 
Boliviya,  Shimoliy  Chilida,  ya’ni  juda 
katta  hududda  kechua  til  oilasiga  mansub 
turli  elat  va qabilalardan tashkil  topgan  Ink 
davlati  bo`lgan.  Bu  yerda  I  mingyillikdan 
kechua  va  aymara  tillaridagi  ko`plab 
mayda  qabilalar  yashagan.  Rivoyatlarga 
qaraganda,  XIII  asrga  kelib  shu 
qabilalardan  Kusko  vohasida  joylashgan 
Inklar  kuchayib  1438-yildan  qabilalar 
ittifoqiga  bosh  bo`ladi  va  oliy  kasta  deb 
taniladi.  Boshqa  barcha  elatlar  unga 
bo`ysunib soliq to`lab turgan. Machu-Pikchu  —  Perudagi  2438  metr 
balandlikda  joylashgan,  qadimiy  inklarning 
yo‘qolgan  shahri  hisoblanadi.  Taxminan  1440 -  
yilda  inklar  tomonidan  asos  solingan  va  1532 -
yilda  to‘satdan  huvillab  bo‘shab  qolgan  shahar 
ancha  vaqt  kishilarning  e'tiboridan  chetda 
bo‘lgan.  Tog‘  shamollarining  yemirishi  va  o‘t-
o‘lanlar  qoplab  olishi  tufayli  asta-sekin  yo‘qlik 
tomon  yuz  tutgan  shaharga  1911 - yilda 
amerikalik tarixchi olim Hayram Binghem duch 
keladi.
2007 - yil  7 - iyulda  Machu-Pikchu  jahonning 
yangi  yetti  mo‘'jizasidan  biri  sifatida  tan 
olinadi.  13 - iyul  kuni  Peru  prezidenti  Alan 
Garsia  bu  kunni  bayram  sifatida  nishonlash 
haqidagi farmonini imzolaydi. Bugun  Machu-Pikchu  jahonning  eng  mashhur 
sayyohlik  yo‘nalishlaridan  biri  hisoblanadi:  bu 
yerga  Kusko  shahridan  poyezdda  kelish 
mumkin,  yo‘lga  uch  soatcha  vaqt  sarflanadi. 
Biroq toqqa piyoda chiqishni istaydiganlar ham 
bor, Inklar so‘qmog‘i bo‘ylab chiqish uchun bir 
necha sutka vaqt ketadi.
Cho‘qqiga  yetib  borgan  sayohatchilarni 
ibodatxonalar,  uylar,  omborlar,  hattoki 
rasadxona  qarshi  oladi.  Shuningdek,  murg‘ak 
lamalar,  alpaklar  bilan  uchrashib,  o‘z  chiroyi 
bilan  inson  qo‘li  bilan  yaratilgan  har  qanday 
narsadan  ustun  turuvchi  And  tog‘larining 
takrorlanmas  manzaralariga  guvoh  bo‘lish 
mumkin.  Gazeta.Ru  Machu-Pikchuning 
betakror  manzaralari  aks  etgan  fotogalereyani 
e'lon qildi. Ink davlatida politeistik (ko‘p xudolik) dinlari   keng 
tarqalgan.  Quyosh  ibodati  eng  muhim  hisoblangan,  
shuning  uchun  Sana  Inka  ham  xudo  darajasiga  
kolarilgan.  Ona  yerga,  tabiatga  siglnganlar,  Makka  
va  Kartoshka  xudolari  bolgan,  ajdodlar  arvohlariga  
ham  siglnganlar.  Katta  bayramlarda  yoki  ofat   kelsa 
asirlardan  yoki  bo‘ysundirilgan  qabilalarning  
bolalaridan  qurbonlik  qilganlar.  Kohinlar  diniy 
marosimlardan   tashqari  astronomik  kuzatishlarni 
ham   olib  borganlar.  Inklarda  ikki  xil  yil  hisobi  – 
Quyosh   (366  kun)  va  Oy  (354  kun)  kalendari 
bolgan. Tarix  va   genealogiya bilan shug ` ullanuvchi 
maxsus  donishmand   (amauta)   lar  bo ` lgan.  
Tabibchilikdan  tashqari   xirurgiya  tajribasiga  ega 
bolganlar,  trepanatsiya  qilishni  bilganlar,  ieroglif 
yozuvi  bilan  birga  o'ziga  xos   rangli  iplardan 
tuzilgan  tugma  yozuv  ham  bo'lgan.   Ammo  noyob 
yozuv  namunalarini  ispan  istilochilari   butunlay 
yo'q qilganlar. Botokuda  qabilalari  qarorgohlarida  butun 
guruhga   mo'ljallangan  palma  yaproqlari  bilan 
yopilgan  kata   chaylalar  tiklangan.  Suv 
saqlaydigan  savatlari,  maxsus   uy-ro'zg'or  
buyumlari  bo'lgan.  Ular  kiyimni  bilmaganlar,  
badanlarini  bo'yab  bezaganlar,  quloqlariga   va 
lablariga  yog'och  uzuk  osganlar.  Mazkur 
qabilalarning  ijtimoiy  tuzumi  kam  o'rganilgan  
bo'lsa-da,  urug'chilik  tuzumida  yashaganliklari  
aniq,  ular  dual  tashkilotga  ega  bo'lganlar,  
guruhiy   nikoh  va  ekzogamiya  tartiblari 
saqlangan. Urug' jamoasida ona urug `i  tartiblari 
(urug‘  hisobi  va  hokazo)   saqlangan,  ammo 
erkaklar  ittifoqi  ijtimoiy  hayotda   muhim   rol  
o ` ynagan.  Diniy  tasa vv urlari   qo‘shni   tropik  
hindularnikidek  tabiiy  kuchlarga  sigimshdan 
iboratbo‘lgan. Initsiatsiya  marosimlari  juda 
tantanali  bayram  kiyimlarida  
(bo'yalgan  teri,  par,  hayvon  shoxlari 
bilan)   chaylalar  bezatilib,  turli 
raqslar,  nog`ora  va  surnavlar  bilan 
o'tkazilgan,   Diniy  tasa vv urlar 
totemizm  va  animizm  bilan   bog'liq. 
Shomoniylik  ham  ma’lum. 
shomonlar  vazifasini   xotinlar 
bajargan,  erkak  shomonlar  ayollar 
ki y imini   kiyinishi  shart  bo'lgan. 
Ajdod  arvohlariga  sig'inish   kuchli 
bo'lgan. Janubiy  Amerikaning  janubidagi   keng  dasht 
hududlarida  qadimdan  Patagoniya   bepoyon 
tekisliklarini  pampa  deb  ataydilar.  Bu  
hududda  har  xil  tilda  gapiradigan  ovchi 
qabilalar   (asosan,  chon,  araukan, 
texuelyache)  yashagan.  Ular  dastlab  piyoda, 
yevropaliklar kelgandan keyin otda   guana aka 
(lamaning  yovvoyi  bir  turi)  ov  qilganlar.   Ov 
qurollari o‘q-yoy, bola (teri xaltaga tosh solib 
ikki-uchtasini  arqon  uchiga  bog ` lab 
palaxmonga  o'xshatib   hayvonga  otganlar, 
oyog `i   yoki  bo ` yniga  o‘raglan   bo ` lsa  uni 
qolga  tushirgan)  bilan  tez  yuguradigan  
guanakani,  tuyaqush  va  bug‘ularni 
ovlaganlar.  Ular   turli  o‘simlik,  urug‘  va 
ildizlarni ham yiglb-terganlar . Pampa  ovchilari  manzillarida  daydi  turmushga  
moslashgan  bekitma  yoki  guanaka  terisi  bilan 
qoplangan   chaylalarda yashaganlar. Terilardan zo‘r 
mahorat   bilan  ishlov  berib  belbogli  plash 
yopinganlar,  ot   yoki  guanaka  oyoq  terisini  shilib 
xomligicha  mahsiga   o'xshash  poyabzal  qilib, 
sovuq  va  yomg `i r  paytlarida   ustiga  teri  kavush 
kiyganlar.  Shunga  qarab  ispanlar   pampa 
ovchilarini  “ patagonlik ”   (katta  oyoqli)lar  deb  
ataganlar.   Patagonliklar  30  -  40  oiladan  iborat 
qavm-qarindoshlar   guruhini  tashkil  qilgan.  Guruh 
boshida  oqsoqol   turgan  va  jamoa  o'tkaziladigan 
ovni  boshqargan.   Qarorgohlar  patrilokal  tipda 
bo'lgan, kelin uchun   qalin to‘langan. Asosiy mulk - 
ot  va  qurol  –  erkakka   tegishli,  uy-ro‘zg‘or 
buyumlari  yengil  yog'och  va  teridan   yasalgan.  Eri 
olgan  beva  xotinga  meros  qolmagan,   o'likdan 
qolgan barcha buyumlar yo‘q qilingan. Hozirgi  Amerika  qit’asi  o‘zining  rang-
barang  tabiati   singari  turli  xildagi  etnik 
qiyofaga  ega.  Kashf   etilgandan  so‘ng  besh 
asrlik  tarixi  davomida  qit’aga  juda  ko'p 
xilma-xil  elat  va  xalqlar  kelib  uning  etnik  
tuzilishida  tub  o'zgarishlarga  sabab 
bo'lgan.  Ularning  geografik  joylashishda 
ham  katta  o'zgarishlar   ro'v  bergan.  Hozir 
AQSh  va  Braziliyada  100  dan  ortiq  turli 
xalqlar,  Kanada,  Meksika  va  Argentinada 
50   dan  ko'proq,  Boliviya,  Venesuela,  Peru, 
Kolumbiya  va   Chilida  25  ga  yaqin  xalq  va 
elatlar  yashaydi.  30  dan  ortiq  xalq  bir 
milliondan ko'p aholiga ega. Til  jihatdan  hozirgi  Amerika  aholisini 
olimlar  ikki  katta  guruhga  bo'ladilar, 
kelgindi  hind-yevropa  tillari   (asosan,  ingliz, 
ispan,  fransuz)  va  mahalliy  hindu  tillari  
(mayya,  astek,  aymara,  kechua,  guarani, 
penuti,   chibcha  va  hokazo).  XVI  -  XVIII 
asrlar  davomida  Afrikadan  zo'rlik  bilan 
millionlab  keltirilgan  turli  elatlar   (bantu, 
yoruba,  xuasa,  eva  va  h.k.)  ham   qit'aning  
etnik  qiyofasiga  muayyan  ta’sir  o'tkazgan. 
Hozirgi   Amerika  qit’asining  ayrim 
mamlakatlarida  negrlar   hatto  ko'pchilikni 
tashkil  qiladi.   Yevropa  mustamlakasi 
natijasida ko'p asrlik  murakkab etnik jarayon 
ro'y  berib  tub  aholining  faqat   lingvistik  va 
antropologik  tuzilishidagina  emas,  uning  
turmush  tarzida  ham  jiddiy  o‘zgarishlar 
sodir bo‘lgan. Amazonka  va  Orinoka  daryolarining  tropik 
o'rmonlarida   ov  qilganlar,  daryo  va  ko'llarda 
baliq  tutganlar.  Toshboltalar  ham  qurol,  ham 
savdo  vositasi  rolini   o‘ynagan.  Ovda  parli 
o‘q - yoy,  suyak,  chig‘anoq  va   yog‘ochdan 
yasalgan  turli  qurollar  ishlatilgan.  Maymun  
va  qushlarni  ovlashda  uchi  kurara  nomli 
o‘simlik   zahari  surtilgan  bambukdan 
yasalgan  pufak  naycha   qurol  (sarbakan) 
ishlatilgan.  Umuman  mahalliy   hindular 
mahorat  bilan  o‘simlik  zaharlaridan 
foydalanganlar.   Baliq ovida turli to‘r va savat 
ishlatilgan,   yog'ochdan  kichik  kemalar  
yasaganlar.  Baliqni  o‘qyoy   va  sanchqi  bilan 
ham ovlaganlar. Asosiy  ijtimoiy  hujayra  qishloq  jamoasi 
(aylu) hisoblangan.   Yer bosh hokimning 
mulki  hisoblansa   ham  har  yil  jamoa 
a’zolari  (oilalar)ga  taqsim  qilib  
berilgan.  Oliy  hokimga  ( “ Inka  dalasi ” ) 
va kohinlarga   ( “ Quyosh dalasi ” ) maxsus 
yerlar ajratilib, uni jamoa   a’zolari ishlab 
hosilini  yig‘ib  berganlar.   Davlat  tuzumi 
o'ziga  xos  despotizmga  asoslangan  
quldorlik imperiyasi hisoblangan. Inklar 
yuqori  tabaqa   deb  tanilgan  va  ular 
mehnatdan  ozod  bolib  boshqa   qabilalar 
hisobiga yashaganlar. Soliqdan  kechua   qabilasi  ham  
ozod  bolgan,  boshqa  qabilalar  
inklarga   qaram  bolib  soliq  
tolaganlar,  qul  yetkazib   berganlar.  
Ammo  urugchilik  munosabatlari  
(fratriylik)   saqlangan.   Inklar  hatto 
kiyim  va  bezaklari  bilan  ajralib,  
hukmron  kastaga  aylangan, 
hokimlar  va  kohinlar  ham  ulardan 
saylangan.  Oliy  Inka  (Sana  Inka) 
quyosh   o‘g‘li  hisoblangan,  unga 
boshqalar itoat qilgan. Ink  davlatida  aholi,  asosan,   dehqonchilik 
bilan   shug'ullangan.  Asli  And  tog'larida 
dehqonchilik   xo'jaligi  miloddan  avvalgi 
uch  minginchi  yillikda  paydo   bo'lgan. 
Inklar  miloddan  avvalgi  VI  asrda 
shakllangan  chanapata  madaniyatining 
merosxo'rlaridir.   Ular  markazlashgan 
sug'orish  tizimini  yaratganlar,   asosan, 
makka  va  kartoshka  ekkanlar. 
Kartoshkaning  ko'p   turlari,  Yevropaga  ilk 
bor  shu  yerdan   olib   borilgan.  Dalalar  tosh 
bilan  berkitilgan  kanallar   orqali 
sug'orilgan,  suv  omborlari  to'ldirilgan. 
Yerga   jez  uchli  maxsus  tayoq  (taklya)  va 
tosh,  bronza  uchli   chopqi  bilan  ishlov 
berilgan,  hosil  jez  o‘roq  bilan  o‘rilgan.  
Umuman  40  ga  yaqin  ekin  turlarini 
bilganlar. Andlik  hindular  Amerika  qit’asidagi 
chorvachilik ni  bilgan  yagona  elatlardan 
hisoblangan.  Kechua  va  aymara  xalqlari 
lama  va  alpaka  nomli  hayvonlarni   qo‘lga 
o‘rgatib  yuk  tashishda  foydalanganlar, 
go'shti,   yog‘i,  terisi,  juni,  suyagini 
xo‘jalikda  keng  ishlatganlar.   Lamaning 
yovvoyi  turini  uch  yilda  bir  marta  mol  
qo‘ralari-ga  haydab,  qamab,  junini  qirqib,  
keyin   erkinlikka  chiqarib  yuborganlar. 
Go‘sht  uchun  dengiz   cho‘chqasi  va 
o‘rdaklarni  ovlaganlar.  Uy  hayvonlaridan  
faqat  itni  saqlaganlar.   Ink  davlatida 
hunarmandlik  rivojlangan.  Ular   metallni 
ruda  konlaridan  qazib  olganlar.  Mis, 
ku mush,  oltin,  simob  va  boshqa  rangli 
metallarni, hatto  jez ishlab chiqqanlar, turli 
qurol  (o‘roq,  bolta,  pichoq),   bezaklar  va 
diniy buyumlar yasaganlar.   Ijtimoiy  tuzumi  matriarxatdan   ota 
urug'iga  o'tish  davriga  to'g'ri  keladi. 
Ular  inklarning  qattiq  ta’sirida  bo'lgan 
va  madanivatining  ko'p   tomonlarini, 
jumladan,  metall  ishlab  chiqarishni, 
tugma   yozuvni  qabul  qilib  olganlar. 
Chili  davlati  araukanlarni   1883-yili 
katta  kuch  bilan  o'ziga  bo'ysundirgan.  
So'nggi  davrlargacha  ular  ba’zi 
jamoatchilik   munosabatlarini  saqlab 
kelganlar.  Hozir  ko'pchilik   araukanlar 
rezervatsiyalarga joylashgan.   Chilining  janubiy  hududlarida  bir  necha  
guruhlarga   bo'lingan  araukan  qabilalari 
yashaydi.  Ular  ham   inklar  singari 
dehqonchilik  bilan  shug'ullanganlar,  
kartoshka,  mais,  loviya,  suli  ekkanlar, 
chorvachilik   va  terimchilikni  bilganlar, 
qisman  ovchilik  ham  qilganlar.  
Kiyimlari  gazlamani  ikkiga  buklab, 
o'rtasini   bosh  sig'adigan  qilib  kesib 
olingan  plash  (pancho)   shaklida  bo'lib, 
uning  tagida  teridan  shim  kiyganlar.   Har 
xil  chig'anoq  va  metalldan  yasalgan 
bezaklar   taqishgan.  Araukanlar 
qamishdan  to'qilib,  loy  bilan   suvalgan 
konus  shaklidagi  somon  yoki  qamish 
tomli   uylarda yashaganlar. Tropik o'rmon hindu qabilalari. Janubiy  
Amerikaning  shimoli-sharqiy  va 
markaziy  qismlarida   mustamlaka 
arafasida  aravak,  tupi-guarani  va   karib 
til  oilasiga  mansub  turli  qabilalar 
yashagan.   Ular  nihoyatda  qoloq 
ibtidoiy jamiyat darajasida turgan   o'troq 
elatlardir.  Asosiy  kasbi  tropik 
dehqonchilik   bo'lib, mayda butazorlarni 
toshboltalar  bilan  qirqib   ku y dirganlar, 
kul  aralash  tuproqqa  yog'och  tayoq 
bilan   kavlab  makka,  batata,  loviya, 
tamaki va paxta   ekkanlar. Amazonka  va  Orinoka  vohalaridagi 
hindular  urug‘-jamoa  bolib  yashaganlar  va 
umumiy  xo‘jalikka   ega  bolganlar.  Oilalar 
matrilokal  tipidagi  juft  nikoh   tartibida 
bolsa  ham  guruh  nikoh  qoldiqlari 
saqlangan.   Ov qiladigan va baliq tutadigan 
umumiy  hudud   jamoa  mulki  hisoblangan, 
ov teng taqsim qilingan.   Har qishloq o‘zini 
o‘zi  boshqaruvchi  jamoaga  ega   bo ` lib, 
unga a   oqsoqol  rahbarlik  qilgan.  Har  bir 
qabilada   erkaklar  ittifoqi  mavjud  bolgan. 
Qabilalararo  aloqalar   tabiiy  sharoit  tufayli 
uncha mustahkam bo ` lmagan . To‘r  to‘qishda  tropik  o‘rmon  hindulariga 
teng  keladigani  yo‘q.  Yog‘ochga  osib 
qo‘yadigan  karavot-gamakni   kashf  qilib 
butun  dunyoga  shu  nom  bilan   taqdim 
qilgan,  bezgak  kasalini  davolashda  eng 
zarur   darmon  -  xinin  daraxtini  kashf 
qilgan  ham  o'rmon   hindularidir.  Ular 
doirasimon  yoki  to‘rtburchakli  palma  
yaprog `i   va  butoqlar  bilan  yopilgan 
uylarda  yashaganlar.   Devorlari  ham 
butoqlardan  to‘qilgan  yoki   bo‘yra  bilan 
ustunlarga berkitib loy suvalgan. Foydalanilgan adabiyotlar:

Iso Jabbarov. “Jahon etnologiya asoslari”. Toshkent. Yangi 
asr avlodi. 2005.

Ahmadjon Ashirov. “Etnologiya”. Toshkent. Yangi nashr. 
2014.

Ahmadjon Ashirov. Etnologiya o`quv qo`llanma. Toshkent. 
Yangi nashr. 2014.

Mavzu: Janubiy Amerika xalqlari Reja: 1. Janubiy Amerika xalqlarining etnik tarkibi. 2. Ekvatorial mintaqatadagi qabilalar. 3. Janubiy Amerika xalqlarining urf-odatlari.

Janubiy Amerikadagi And tog`larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya’ni juda katta hududda kechua til oilasiga mansub turli elat va qabilalardan tashkil topgan Ink davlati bo`lgan. Bu yerda I mingyillikdan kechua va aymara tillaridagi ko`plab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, XIII asrga kelib shu qabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438-yildan qabilalar ittifoqiga bosh bo`ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha elatlar unga bo`ysunib soliq to`lab turgan.

Machu-Pikchu — Perudagi 2438 metr balandlikda joylashgan, qadimiy inklarning yo‘qolgan shahri hisoblanadi. Taxminan 1440 - yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532 - yilda to‘satdan huvillab bo‘shab qolgan shahar ancha vaqt kishilarning e'tiboridan chetda bo‘lgan. Tog‘ shamollarining yemirishi va o‘t- o‘lanlar qoplab olishi tufayli asta-sekin yo‘qlik tomon yuz tutgan shaharga 1911 - yilda amerikalik tarixchi olim Hayram Binghem duch keladi. 2007 - yil 7 - iyulda Machu-Pikchu jahonning yangi yetti mo‘'jizasidan biri sifatida tan olinadi. 13 - iyul kuni Peru prezidenti Alan Garsia bu kunni bayram sifatida nishonlash haqidagi farmonini imzolaydi.

Bugun Machu-Pikchu jahonning eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi: bu yerga Kusko shahridan poyezdda kelish mumkin, yo‘lga uch soatcha vaqt sarflanadi. Biroq toqqa piyoda chiqishni istaydiganlar ham bor, Inklar so‘qmog‘i bo‘ylab chiqish uchun bir necha sutka vaqt ketadi. Cho‘qqiga yetib borgan sayohatchilarni ibodatxonalar, uylar, omborlar, hattoki rasadxona qarshi oladi. Shuningdek, murg‘ak lamalar, alpaklar bilan uchrashib, o‘z chiroyi bilan inson qo‘li bilan yaratilgan har qanday narsadan ustun turuvchi And tog‘larining takrorlanmas manzaralariga guvoh bo‘lish mumkin. Gazeta.Ru Machu-Pikchuning betakror manzaralari aks etgan fotogalereyani e'lon qildi.

Ink davlatida politeistik (ko‘p xudolik) dinlari keng tarqalgan. Quyosh ibodati eng muhim hisoblangan, shuning uchun Sana Inka ham xudo darajasiga kolarilgan. Ona yerga, tabiatga siglnganlar, Makka va Kartoshka xudolari bolgan, ajdodlar arvohlariga ham siglnganlar. Katta bayramlarda yoki ofat kelsa asirlardan yoki bo‘ysundirilgan qabilalarning bolalaridan qurbonlik qilganlar. Kohinlar diniy marosimlardan tashqari astronomik kuzatishlarni ham olib borganlar. Inklarda ikki xil yil hisobi – Quyosh (366 kun) va Oy (354 kun) kalendari bolgan. Tarix va genealogiya bilan shug ` ullanuvchi maxsus donishmand (amauta) lar bo ` lgan. Tabibchilikdan tashqari xirurgiya tajribasiga ega bolganlar, trepanatsiya qilishni bilganlar, ieroglif yozuvi bilan birga o'ziga xos rangli iplardan tuzilgan tugma yozuv ham bo'lgan. Ammo noyob yozuv namunalarini ispan istilochilari butunlay yo'q qilganlar.