Kushon davlati boshqaruvi
Reja: Kirish I. Kushon davriga umumiy tavsif. I.I. Kushon podsholigining tashkil topishi. I.II. Kushon podsholigining tanazzuli. II. Xolchayon • Xulosa Kushon davlati boshqaruvi
Kirish • Insoniyat tarixi bir necha yuz mingyilliklardan iborat. Ana shu tarix ko`plab qiziqarli voqealarga boy. Insoniyat o`ta oddiy mehnat qurollaridan to hunarmandchilik durdonalari yasash, jo`ngina turar joy qurib olishdan to shaharlarni bunyod etishgacha bo`lgan uzoq yo`lni bosib o`tdi. Eng qadimgi shaharlar va davlatlar tasilkil topishi davrini olimlar sivilizatsiya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi Sharqdan, so`ngra Krit orollari va Yunonistonda boshlangan edi. Qadimgi sivilizatsiyalar jahonning ko`pgina o`lkalarida, jumladan, O`rta Osiyo va O`zbekiston hududida ham vujudga keldi. • Yer yuzida odam paydo bo`lganidan to milodiy 476-yilda G`arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi. Bu tarix turlituman arxeologik va yozma manbalar asosida o`rganiladi. Qadimgi yunon, rim va xitoy tarixchilari va geograflarining asarlari ham bunda katta ahamiyat kasb etadi.
• Kushon davlatining tashkil topishi • Miloddan avvalgi 140–130-yillarda ko`chmanchi yuejey qabilasi Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirdilar. Tarixda bu qabilalar «kushonlar» nomi bilan tilga olinadi. Yuejeylarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil-kesil bo`linib ketishiga olib keldi. Kushonlar Shimoliy Baqtriya yerlariga ko`chib kelib o`rnashdilar. • Miloddan avvalgi I asrda Kushon davlatini yuejey qabilalari tuzgan. • Birlashgan besh yuejey qabilasining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo`ldi. • Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi.
Kushon podsholigi
• Vima Kadfiz hukmronligi davridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko`rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi. Vima Kadfiz pul islohoti o`tkazadi, zarb qilingan tangalar qadri ortadi. Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan. Milodiy I–II asrlarda Kaniahha hukmronligi davrida (milodiy 78–123-yillar) Kushon podsholigi o`z taraqqiyotiningcho`qqisiga erishadi. Yangi-yangi shaharlar bunyod etildi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo va lchilik munosabatlari o`rnatildi. Kushon podsholigi tangalari Rim imperiyasi hududidan topilgan. Pompey shahridagi qazuv va tadqiq qilish davrida Kushon davlatida suyakdan yasalgan haykalchalar topilgan.