KUSHON DAVLATI.HUDUDI VA BOSHQARUV TIZIMI.
KUSHON DAVLATI. HUDUDI VA BOSHQARUV TIZIMI.
1.Kushon davlat ining kelib chiqishi 2.Kushon davlat ining madaniyat i 3.Kushon davlat ining Ozbek ist on t ar ix iga qo' shgan hissasiREJA
Kushon podsholigi — oʻzbek davlatchiligidagi qadimiy davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1- asrning 1-yarmi yohud oʻrtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan.
Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr o'rtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida bo'ldi (zamonaviy O'zbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kushon davlati eramizning I asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kushonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kushon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi bo'lish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) bo'lgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kushonlar hozirgi Afg'oniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxo'ri Vime Tok hukmronligi davrida kushon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qo'shildi. Kushon davlatining gullab- yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to'g'ri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). O'sha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga ko'chirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xo'tongacha bo'lgan o'lkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kushon davlatining chegaralari hozirgi O'zbekiston janubidagi Hisor tog' tizmalari cho'qqilaridan o'tgan.