logo

Milliy ma’naviy taraqqiyotimizda milliy tarbiya tizimining o‘rni

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1824.6474609375 KB
MAVZU:   MILLIY MA’NAVIY TARAQQIYOTIMIZDA 
MILLIY TARBIYA TIZIMINING O‘RNI
REJA:
1. Har bir millatning o‘ziga xos tarbiyaviy tizimi.
2. “Milliy tarbiya”  tushunchasining ko‘p qirrali xodisa sifatidagi 
mohiyati.
3. Milliy tarbiya ijtimoiy tarixiy qonuniyat va ob’ektiv jarayon 
sifatida.
4. Milliy tarbiya ma’naviy taraqqiyot tizimining tarkibiy qismi    Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor 
kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid 
bo‘ldi. Uningtadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir 
xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari 
yig‘indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda 
avtostereotip(o‘z xalqi haqidagi bilimlar yig‘indisi)ning 
shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o‘zligini 
anglashga ham turtki bo‘ldi. Biz uchun ushbu 
tadqiqotning pedagogik jihati muhimdir. Zero, M. Mid 
tomonidan 1927 yili nashr ettirilgan «Samoada 
ulg‘ayish» kitobi tarbiyaning  milliyligiga asoslangan ilk 
ilmiy-tadqiqot natijasidir. M. Mid  bir kishining ma’lum milliy 
muxitdagi xulq-atvorini tushunishda 
uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi 
ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga 
egaligini qayd qiladi. CHunki 
bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni 
qabul qilish jarayoni va kattalarning 
milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa 
mavjud. Tarbiyaning milliy xususiyat 
kasb etishida bir avloddan ikkinchi 
avlodga o‘tib keluvchi an’analar, 
marosim, udum, ishlab chikarish va 
xayotiy malakalar, afsonalar, xulq-
atvor tarzi, bolalarga, o‘smirlarga, 
qariyalarga munosabatlarning o‘ziga 
xosligi katta rol o‘ynashini M. Mid 
aloxida kayd etadi. •
XIX asrga kelib G‘arb ijtimoiy 
fanlarida boshqa xalqlar milliy-
madaniy xususiyatlarini tadqiq 
qiluvchi kulturantropologiya va 
sotsiologiya yo‘nalishlari maxsus 
fanlarga aylandi. Bu fanlar 
«boshqa dunyo kishisi» 
muammosini o‘rgana boshladi. 
Aslida esa bu — boshqacha 
tarbiya — milliy tarbiyaning 
tizim, uslublari, maqsadlaridagi 
xususiyliklarni ilmiy nuqtai 
nazardan o‘rganish davri 
boshlanganligini anglatar edi. •
XIX asr uchun «boshqa dunyo 
kishisi»ni o‘rganish taraqqiyparvar 
yangilik edi. Zero kulturantropologiya 
«Boshqa mamlakat, millat kishisi 
qanaqa?», «U o‘zini o‘rab olgan 
dunyoni, borliqni qanday idrok 
qiladi?», «U yaxshilik va yomonlikni 
qanday tushunadi?», «U o‘z xatti-
harakatla-rida qanday mezonlarga 
asoslanib yo‘l tutadi?» kabi savollarga 
javob izlar edi. Odamlarning dunyo 
haqidagi bilimlari ortib, yangi erlar 
ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari 
kengaya borgani sari ushbu muammoga 
qiziqish ham orta bordi.  Milliy tarbiya vositasida avloddan-avlodga o‘tuvchi milliy 
malaniyat va uning sivilizatsiya bilan munosabatlarning misrlik 
mashhur pedagog Sote’ al-Husriy (1880— 1968) o‘z 
tadqiqotlarida yaqqol ochib berdi. «Menga madaniy birlikning 
kafolatini bering, men esa sizga bir-likning boshqa barcha 
gurlari kafolatini beraman» degan mashhur fikr ana shu 
olimnpng kalamiga mansub Al-Husriy SHarqda milliy-
zamonaviylik oqimining tashkil topishiga katta xissa qo‘shdi. U 
zamonaviy arab milliy madaniyati tiklanishi arafasida 
pedagogikada «eskilik-yangilik», ya’ni millii fundamentalizm va 
milliy zamonaviylik orasida tafovut mavjudligi muammosini 
kun tartibiga qo‘ydi. Al-Husriy bir tomondan, milliylikni faqat 
tarixiy an’ana deb tushunuvchi fundamentalizm, kadimiychilik 
tarafdorlarini, ikkinchi tomondan, milliylikdan yuz o‘girib 
Ovrupo madaniyatiga taqlid kilishga undovchi «g‘arbiy»larni 
tankid kilib, bu tarbiyaviy muammoni fakatgina «sintez kilish 
orqali» echish mumkin degan ilg‘or fikrni o‘rtaga tashladi.  Ma’rifatparvar Al-Husriy G‘arb ta’lim tizimini Arabistonga namuna nusxa 
qilib ko‘chirib olish xavfli va befoyda deb hisoblar edi. CHunki, «boshqa 
muhitga ko‘chirilgach, o‘z joyiga xos bo‘lgan ijtimoiy omillar ta’siridan 
ajratilgach, ko‘chirib keltirilgan maorif tizimi butunlay boshqa natijalar 
beradi». SHuning uchun, deydi pedagog Al-Husriy «biz boshqa har qanday 
millat maorif tizimiga o‘ralashib qolmasdan, taraqqiyotda bizdan o‘zib 
ketgan barcha millat tajribalaridan kelib chiqqan holda o‘zi-mizning 
alohida maorif tizimimizni tuzmog‘imiz kerak» 1
. SHuningdek, Al-Husriy 
arab tilining ilmiy atamalarini yaratishga chaqirib,  «milliy tarbiya» 
tushunchasini ilk bor ilmiy-pedagogik muomalaga kiritdi. SHu tariqa milliy 
tarbiya, bir tomondan, mulkdor boylar orasida mavjud «o‘z manfaatlarini 
millat manfaatidan yuqori qo‘yish va ochko‘zlikka, ikkinchi tomondan, 
mutaasib ruhoniylarning «taraqqiyotga eltuvchi ilg‘or g‘oyalarga 
dushmanligi»ga qarshi kurashda samarali qurol bo‘lib xizmat qildi.   •
Milliy tarbiyanint o‘ta muhim ijtimoiy-psixologik omili bor. Bu — 
xarakterning milliyligidir. Milliy xarakter konsepsiyasi turli etnoslarda 
ularning o‘zlarigagina xos milliy xarakter mavjudligini,  shaxsning 
milliy xarakteri ustuvor psixologik hodisa bo‘lib, bu uning milliy xulq-
atvorida namoyon bo‘lishini, ana shu ko‘rsatkichlarga asoslanib, u yoki 
bu xalqqa, millatga mansub kishilar xarakterining modelini — o‘rtacha 
milliy xarakter namunasini yaratish mumkin degan xulosalarni 
asoslaydi.
•
Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni 
o‘zida mujassamlashtirgan namunaviy milliy shaxs siymosi mavjudligini 
birinchi bo‘lib                      A. Kardiner  qayd qildi. U « milliy 
shaxsning shakllanishida,  avvalo, oilaning milliy-tarbiyaviy 
ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining etakchi rolini 
aloxida qayd qiladi.    •
CHaqaloqning (milliy tarbiya ob’ekti o‘laroq) o‘zbek sifatida 
shakllanishi o‘zbeklar uchun an’anaviy bo‘lganligi tufayli 
ko‘zga tashlanmaydi. Tadqiqotlar shuni qayd qilmoqdaki, 
shaxs madaniylasha (ukrainlasha, arablasha, o‘zbeklasha...) 
borar ekan, bu milliylashuv jarayoni milliy-ijtimoiy rollar 
talablaridan kelib chiqib, jamiyatning uzluksiz nazorati ostida 
amalga oshadi. «Milliy-ijtimoiy rol» tushunchasini, zamonaviy 
ijtimoiy rollar sotsiologik konsepsiyasi va  I. Konning  ijtimoiy 
rolga bergan ta’rifi-dan foydalangan holda.  «muayyan mpllii 
birlik ichida an’anaviy ma’qullangan, shu millatga mansub 
a’zolaridan ularning yoshi, jinsi va muayyan vaziyatdan kelib 
chiqib kutiladigan xulq-atvor namunasi » deb ta’riflash 
mumkin.  SAVOLLAR
1. Milliy tarbiya bu...
2. Tarbiya haqida prezidentimizning fikrlari
3. Jahon davlatlarida milliy tarbiyaning o`rni
4. Milliy tarbiya to`g`risidagi qarashlar
https://youtu.be/FrSp7j-qAHg TESTLAR
1 . Islom Karimovning: “Bizga  bitiruvchilar   emas , maktab ta’lim va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak”, - degan iborasi 
qayd etilgan asarni aniqlang . 
A Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori.
B Barkamol avlod orzusi. 
D Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik.
E O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat 
2.  Ibtidoiy jamoa davrlarida tarbiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar nimalardan iborat?  
A Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar.
B Kohinlar va oqsoqollarning maqsadga muvofiq faoliyati. 
D Bolalarning kattalarga taqlidi.
E Kishilarning o‘z nasl-nasabini davom ettirishda tabiiy-biologik negizga asoslanishi 
3.  Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?  
A) Har tomonlama ma’naviy rivojlanganlik, aqliy va axloqiy
barkamol shaxsni shakllantirsh 
B) Insoniy fazilatlarni tarkib toptirish
D) Ma’muriy ehtiyoj va qiziqtirish 
E) A va B javoblar to‘g ‘ri

MAVZU: MILLIY MA’NAVIY TARAQQIYOTIMIZDA MILLIY TARBIYA TIZIMINING O‘RNI REJA: 1. Har bir millatning o‘ziga xos tarbiyaviy tizimi. 2. “Milliy tarbiya” tushunchasining ko‘p qirrali xodisa sifatidagi mohiyati. 3. Milliy tarbiya ijtimoiy tarixiy qonuniyat va ob’ektiv jarayon sifatida. 4. Milliy tarbiya ma’naviy taraqqiyot tizimining tarkibiy qismi

Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid bo‘ldi. Uningtadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari yig‘indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda avtostereotip(o‘z xalqi haqidagi bilimlar yig‘indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o‘zligini anglashga ham turtki bo‘ldi. Biz uchun ushbu tadqiqotning pedagogik jihati muhimdir. Zero, M. Mid tomonidan 1927 yili nashr ettirilgan «Samoada ulg‘ayish» kitobi tarbiyaning milliyligiga asoslangan ilk ilmiy-tadqiqot natijasidir.

M. Mid bir kishining ma’lum milliy muxitdagi xulq-atvorini tushunishda uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi. CHunki bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy xususiyat kasb etishida bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab chikarish va xayotiy malakalar, afsonalar, xulq- atvor tarzi, bolalarga, o‘smirlarga, qariyalarga munosabatlarning o‘ziga xosligi katta rol o‘ynashini M. Mid aloxida kayd etadi.