Yangi O’zbekiston milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
Mavzu:Yangi O’zbekiston milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz.
Reja 1.Yangilanayotgan o'zbekiston:milliy tiklanishdan -milliy yuksalish sari. 2. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish. 3.O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi.
• Dunyoda ikki yuz ellikdan ortiq davlat, minglab xalq va elat bor. Ular orasida O’zbekiston deya atalmish go’zal va betakror mamlakatning o’z o’rni va nufuzi, o’ziga xos taraqqiyot yo’li borligi qalbimizga iftixor bag’ishlaydi. Shu bois ham Mustaqillik biz uchun benihoya qadrlidir. Qadrli narsa esa osonlikcha qo’lga kiritilmasligini barchamiz yaxshi bilamiz. • Vatanimiz tarixi bir necha ming yillar bilan bo’ylashadi. Bu diyor jahon tamaddunining tamal toshini qo’ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy-ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan. Shu bois yaqin o’tmishda qariyb bir asr davomidagi mustamlaka davri, ungacha ham haq- huquqlari poymol etib kelingan xalqimiz ruhini hyech qanday kuch so’ndirolmagan. Shu nuqtai nazardan o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda Navro’z bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilingani xalqimizning asriy orzu va armonlari ro’yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo’lidagi dastlabki yirik qadamlar bo’ldi.
• Milliy davlatchiligimizni barpo etish yo’lidagi zalvorli qadam sifatida Mustaqillikning dastlabki yillarida dastlab uning kafolati bo’lmish Konstitusiya qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bosh vazifa etib belgilanib, mamlakat siyosiy hayotida ko’ppartiyaviylik muhiti qaror topdi, nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirildi, sud-huquq tizimida, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.