MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI
MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI
• Mustaqillik davri milliy adabiyot taraqqiyoti tarixidagi oddiy xronologik bosqich emas, balki bir qator jiddiy o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan alohida badiiy-estetik hodisadir. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti tamomila yangilanayot gan estetik tafakkurning mahsuli o‘laroq tug‘ildi. • U yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘lgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo‘sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bo‘lib yaratildi.
Mustaqillik davri adabiyotining 10 xususiyati • 1. Bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo‘lgan adabiyotdir; • 2. Mustaqil o‘zbek davlati badiiy adabiyotni sho‘ro zamonida bo‘lgani kabi o‘z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinligiga ob’yektiv sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko‘ngil ishiga aylandi va aylanmoqda; • 3. Istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi; • 4. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko‘rsatish, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirildi. • 5. Bu adabiyot inson, insonlararo munosabatlar g‘oyat mu rakkab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglagan va ularni butun murakkabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir.
• 6. bu davr adabiyoti mavzu dolzarblik, hozirjavoblik, zamonaviylik singari sirtqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning mangulikka suratlanishiga yo‘naltirilmoqda; • 7. Xilma-xil badiiy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil o‘quvchilar paydo bo‘ladi. Badiiy didi yuksak, so‘zni nozik his etadigan, sezimlardagi yengil tebranishlarni ham ilg‘ay oladigan kitobxon shakllanishiga turtki bo‘ladi; • 8. Bu davr adabiyo ti jo‘nlikdan, anchayinlikdan, to‘porilikdan qutildi va uning asl namunalarini hamisha ham izohlash, tushuntirish, mantiqiy qoliplarga solish mumkin bo‘lmay qoldi; • 9. Ijod erkinligi, xilma-xil fikrlash imkoniyati, badiiy so‘zga davlat miqyosida xo‘jayinlik qilishning barham topganligi iste’dodsiz(o‘rtamiyona) asarlarning ham yaratilishi hamda chop etilishiga imkon tug‘dirdi; • 10. Bozor munosabatlari badiiy ijod sohasida ham namoyon bo‘la boshladi. Natijada xaridorgir, ommaning o‘tkinchi talablariga mos keladigan asarlar yaratishga harakat kuchaydi.
She’riy at • Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Farida Afro‘z, Aziz Said, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Bahrom Ro‘zimuhammad, Rauf Subhon, Iqbol Mirzo, Zebo Mirza, Tursun Ali, Ulug‘bek Hamdam, Xosiyat Rustamova singari shoirlarning she’rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko‘tarilgani namoyon bo‘ladi.