logo

Nafas olish sistemasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1493.6279296875 KB
NAFAS OLISH SISTEMASI RE JA:
  Nafas olish aʼzolari.
  Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i. 
  Xiqildoq.
  Traxeya, bronxlar: vazifasi va tuzilishi. 
  O‘pka tuzilishi va vazifasi. 
  Plevra tuzilishi. NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.
  Odam hamma tirik organizmlar singari havo tarkibidan nafas a`zolari 
yordamida kislorod qabul qilib, nafas orqali karbonat angidrid chiqaradi.
  Odamning nafas a`zolariga: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronx va 
o`pka kiradi. Bular o`pka alveolariga kislorod etkazib beruvchi yo`l 
hisoblanadi. NAFAS A`ZOLARI 
TIZIMI.BURUN BO`SHLIG`I   Burun bo`shlig`i nafas yo`lining boshlanish qismi bo`lib, oldinda tashqi 
burundan noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda joylashgan 
xoana orqali burun-hiqildoq yo`liga o`tadi.
  Burun bo`shlig`i qon tomir va bezlarga boy bo`lgan shilliq qavat bilan 
qoplangan. SHilliq qavatida kiprikli epiteliy joylashgan. SHilliq qavat 
ostida ayniqsa vena chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo`shlig`ining 
yuqori qismidagi shilliq qavatda hidlash nervi uchlari joylashgan. Odatda 
burun bo`shlig`ining o`rta va pastki qismiga nafas olish bo`lagi deyiladi. 
Burun bo`shlig`i yon devoridagi chig`anoqlar va uning atrofida 
joylashgan kovaklar burun bo`shlig`i  yuzasini oshirib, nafas olganda 
burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini 
ta`minlaydi. Burunga kirish qismi –  noksimon teshik oldindan burun 
suyaklari va tog`oylari bilan chegaralanib, burunning old devorini hosil 
qiladi. Burunning qanot tog`aylari uchburchak shaklli, bir juft bo`lib, 
yonbosh qismida burun qanotlarini pastga, burun qirrasini hosil qiladi. 
Tog`aydan tuzilgan o`rta devor burun teshigini ikkiga ajratadi. HIQILDOQ
  Hiqildoq nafas yo`lining ikkinchi qismi bo`lib, o`zidan havo o`tkazishdan tashqari tozalash, ilitish, 
muhofaza qilish, ovoz paydo qilish funktsiyalarini bajaradi.
  Hiqildoq orqa tomondan halqum bilan birlashgan. CHunki nafas sistemasi birlamchi ichak nayining 
old tomonidan rivojlanganligi sababli hazm a`zolari sistemasi bilan nafas a`zolari o`zaro yutqin va 
hiqildoqlar orqali qo`shiladi. Bundan tashqari hiqildoqning old va ikki yon tomoniga   qalqonsimon   
bez   joylashgan. Hiqildoq   juft   va   toq tog`aylardan iborat.
  Hiqildoq ko`ndalang targ`il mushaklardan tuzilgan, ular odam ixtiyori bilan qisqaradi. Hiqildoq 
mushaklari vazifasiga ko`ra 3 guruhga bo`linadi: qisuvchi, bo`shashtiruvchi, tovush boylami holatini 
o`zgartiruvchi.
  Hiqildokning shilliq pardasi pushti rangli, ko`p qatorli kiprikli qadahsimon hujayralar aralashgan 
epiteliydan iborat.
  CHaqaloqlarda hiqildoq kalta va keng qalqonsimon tog`ay burchagi unchalik rivojlanmagan bo`ladi. 
Bolalarda hiqildoq usti tog`ayi yuqoriroqqa joylashganligidan ovqat luqmasi uning ikki yonboshidan 
o`tadi. Tovush yorig`i kattalarga nisbatan bolalarda 3 marta kalta bo`lib, mushaklari rivojlanmagan.
  Balog`at yoshidan boshlab 23-25 yoshgacha hiqildoq tez rivojlanadi. Hiqildoq o`g`il bolalarda 
qizlarga nisbatan tezroq kattalashadi. YOsh ulg`aygan sari hiqildoq tog`ayi asta-sekin suyaklanib 
boradi. XIQILDOQN
ING 
TOG’AYLARI
X iqildoqning fi bro-
elast ik  membranasi TRAXEYA
  Traxeya uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18 mm keladigan naydan iborat 
bo`lib, 4-bo`yin umurtqasining ro`parasidan boshlanadi, u bo`yin va 
ko`krak qismlaridan iborat. U 16-20 ta halqa shaklidagi tog`aylardan 
tuzilgan, o`zaro fibroz to`qimalardan iborat boylamlar bilan tutashgan . 
Tog`ay yarim halqa devorining ochiq qismi muskul tolalari aralashgan 
parda bilan o`ralgan. Muskul tolalari yo`tal paytida va nafas olganda 
qisqarib yordam beradi. Traxeya ichki yuzasi ko`p qatorli kiprikli epiteliy 
bilan qoplangan va shilliq bezlarga boy qavat bilan o`ralgan.  BRONXLAR.
  Bronxlar, kekirdakning 4-5-ko`krak umurtqalari ro`parasida o`ng va chap 
bronxlarga bo`linishi boshlanadi. Ung bronx chap bronxga nisbatan 
kalta va kengroq bo`lib, 6-ta tog`ay halqadan tuzilgan. CHap bronx tor va 
uzunroqdir. U 912 ta tog`ay halqadan tuzilgan. Bronxlar shilliq qavati 
traxeya shilliq qavatiga o`xshab tuzilgan. Asosiy bronxlar o`pka 
darvozasiga kirib, maydaroq bronxlarga bo`linadi. KEKIRDAK VA BRONX 
DARAXTI O`PKA
  O`pka ko`krak qafasida joylashadi: o`ng va chap qismlarga bo`linadi. O`ng o`pka hajmi katta bo`ladi. 
Har bir o`pka; uchi va asos qismlarga bo`linadi. O`pkaning pastki yuzasi diafragmaga, tashqi yuzasi 
qovurg`alarga qaragan va ichki yuzasi bo`ladi. O`pkaning ichki yuzasida uning darvozasi bo`lib, 
asosiy bronx, o`pka arteriyasi, nerv, venasi va limfasi bilan to`lib turadi. O`ng o`pka 3 ta bo`lakdan, 
chap o`pka 2 bo`lakdan iborat. O`pkalarning bo`laklari o`z navbatida kichik bo`laklarga bo`linib, bu 
bo`lakchalar biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi.
  Asosiy bronxlar o`ng va chap o`pkalar darvozasidan kirib, daraxt shoxi kabi o`pka bo`laklari 
tarmoqlariga bo`linadi. O`ng o`pkaga kirgan bronx uch bo`lakka, chap o`pka bronxi ikki bo`lakka 
tarmoqlanadi.
  Bo`lak   bronxlar   ikkala   o`pkada   taxminan   1000   taga   yaqin bo`linadi.
  Bronxlar daraxti nafas yo`li hisoblanib, bronxlar oxirgi qismlarida tog`ay plastinkalar va shilliq bezlar 
uchramaydi. Har bir bronx ikkita bronxiolaga bo`linadi, bronxiola torayib nafas naychasiga, u esa 
kengayib nafas pufakchasi alveolaga    aylanadi.  O`pkalarda 300-500 mln alveola bo`ladi, uning 
sathi 30-100 m 2
.
  Alveolalar devori bir qavatli yapaloq epiteliydan tuzilgan bo`lib, juda ko`p kapillyar qon tomirlar 
bilan o`ralgan. Ana shu qon tomirlar bilan alveola o`rtasida osmotik bosimga asoslanib gazlar 
almashinuvi bo`ladi. O’NG VA CHAP O’PKALARNING 
OLDINDAN KO’RINISHI PLEVRA
  Plevra o`pkani qoplagan seroz parda. Plevra ikki qavatli bo`ladi. Uning 
ustidan o`rab turgan varag`i, ichki yoki o`pka varag`i, ko`krak bo`shlig`i 
devorining ichki tomoniga yopishgan varag`i parietal varaq deyiladi. 
Visseral plevra o`pka to`qimasiga yopishib, uning bo`laklari oralig`iga 
yorib kiradi. U o`pka darvozasiga kelganda o`zaro uchrashadi, qo`sh 
qavatli boylamni hosil qiladi. Parietal plevra qovurg`a , diafragma, ko`ks 
oralig`i qismlariga ajraladi. Parietal va vistseral pardalar o`rtasida 
bo`shliq bo`lib, bu bo`shlikda ma`lum miqdorda suyuqlik bo`ladi. U 
plevra suyuqligi deyiladi va u nafas olishga yordam beradi. PLEVRA PARDASI

NAFAS OLISH SISTEMASI

RE JA: Nafas olish aʼzolari. Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i. Xiqildoq. Traxeya, bronxlar: vazifasi va tuzilishi. O‘pka tuzilishi va vazifasi. Plevra tuzilishi.

NAFAS A`ZOLARI TIZIMI. Odam hamma tirik organizmlar singari havo tarkibidan nafas a`zolari yordamida kislorod qabul qilib, nafas orqali karbonat angidrid chiqaradi. Odamning nafas a`zolariga: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronx va o`pka kiradi. Bular o`pka alveolariga kislorod etkazib beruvchi yo`l hisoblanadi.

NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.BURUN BO`SHLIG`I

Burun bo`shlig`i nafas yo`lining boshlanish qismi bo`lib, oldinda tashqi burundan noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda joylashgan xoana orqali burun-hiqildoq yo`liga o`tadi. Burun bo`shlig`i qon tomir va bezlarga boy bo`lgan shilliq qavat bilan qoplangan. SHilliq qavatida kiprikli epiteliy joylashgan. SHilliq qavat ostida ayniqsa vena chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo`shlig`ining yuqori qismidagi shilliq qavatda hidlash nervi uchlari joylashgan. Odatda burun bo`shlig`ining o`rta va pastki qismiga nafas olish bo`lagi deyiladi. Burun bo`shlig`i yon devoridagi chig`anoqlar va uning atrofida joylashgan kovaklar burun bo`shlig`i  yuzasini oshirib, nafas olganda burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta`minlaydi. Burunga kirish qismi –  noksimon teshik oldindan burun suyaklari va tog`oylari bilan chegaralanib, burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot tog`aylari uchburchak shaklli, bir juft bo`lib, yonbosh qismida burun qanotlarini pastga, burun qirrasini hosil qiladi. Tog`aydan tuzilgan o`rta devor burun teshigini ikkiga ajratadi.