NAMANGAN VILOYATI
NA MA N GAN VILOYATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini aniqlab, aholisining o‘rtacha zichligini toping. Tumanlari va ularning markazlari 1. Kosonsoy – Kosonsoy 2. Mingbuloq – Jomasho‘y 3. Namangan – Toshbuloq 4. Norin – Haqquliobod 5. Pop – Pop 6. To‘raqo‘rg‘on – To‘raqo‘rg‘on 7. Uchqo‘rg‘on – Uchqo‘rg‘on 8. Uychi – Uychi 9. Yangiqo‘rg‘on – Yangiqo‘rg‘on 10. Chortoq – Chortoq 11. Chust – Chust
Namangan viloyati iqtisodiy rayonning shimoliy qismidadir. Viloyatning baland tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan sharqiy qismida iqlim nisbatan yumshoq. Viloyatning g‘arbiy qismida yog‘in kam yog‘adi va daryolar ham kam.
Aholisi. Viloyat aholisi tabiiy o‘sish sur’atlari jihatidan oldingi o‘rinda turadi. Shunga ko‘ra mehnatga yaroqlilar soni tez ko‘paymoqda.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, go‘sht-sut chorva- chiligi, pillachilik.