logo

NAVOIY VILOYATI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21574.852539062 KB
N AVOIY  VI LOYATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini 
aniqlab, aholisining o‘rtacha zichligini toping.
  Tumanlari va ularning 
markazlari
1. Konimex – Konimex
2. Karmana – Karmana
3. Qiziltepa – Qiziltepa
4. Xatirchi – Yangirabot
5. Navbahor – Beshrabot
6. Nurota  – Nurota
7. Tomdi – Tomdibuloq
8. Uchquduq – Uchquduq   Bu viloyat 
mamlakatimizning eng 
kenja viloyati. U Buxoro 
va Samarqand 
viloyatlari hududidan 
tashkil topdi. Navoiy 
viloyati mamlakatimiz 
viloyatlari ichida 
maydonining kattaligi 
bo‘yicha birinchi 
o‘rinda tursa- da, 
aholisining soni 
bo‘yicha oxirgi 
o‘rinlardan birida 
turadi (112-rasm).   Viloyatning o‘simlik (yaylov) boyligi qorako‘lchilikda 
katta ahamiyatga ega.  Aholisi
  H udud bo‘ylab notekis joylashgan. 
Tomdi, Uchquduq, Konimex 
tumanlarida aholi nihoyatda siyrak. 
Sanoatning  jadal  sur’atlar bilan 
rivojlanishi shahar aholisining tez 
ko‘payishiga olib kelmoqda. Viloyatda 
yangi shahar va shaharchalar qad 
ko‘tarmoqda.1
2
3      Qishloq xo‘jaligining  asosiy  tarmoqlari:   donchilik,  
paxtachilik, qorako‘lchilik, qo‘ychilik.   Sanoatning asosiy tarmoqlari:  elektroenergetika, rangli 
metallurgiya, kimyo, qurilish  materiallari sanoati.  Cho‘l chorvachiligi sohasida bu viloyat 
mamlakatda yetakchidir. Qizilqum 
cho‘lida qorako‘lchilikka 
ixtisoslashtirilgan yirik xo‘jaliklar tashkil 
etilgan. Bu sohada Tomdi tumani 
alohida ajralib turadi, tumanda ko‘plab 
qorako‘lchilik xo‘jaliklari bor. Yaylovlarni 
suv bilan ta’minlash, ularning 
mahsuldorligini oshirish uchun 
fitomeliorativ ishlar olib borilmoqda.  Sanoat
R ivojlanishi suv boyliklariga 
bog‘liq. Taraqqiy etayotgan 
sanoat tarmoqlari, jumladan, 
kimyo sanoati va boshqalar 
suvni ko‘p talab qiladi. Viloyat 
kimyo sanoati tabiiy gaz va 
boshqa mineral xomashyoga 
tayanib tez rivojlanmoqda. 
Kimyo sanoatining   Navoiy  
shahridagi kimyo kombinati- 
dir (113-rasm).   Mamlakatimizda tayyorlanayotgan sement 
mahsulotining asosiy qismi Navoiy sement zavodida 
ishlab chiqarilmoqda.   Zavod yaqin vaqtlargacha shlak, metall qipig‘i, klinker singari 
sement xomashyolarini sobiq Ittifoq respublikalaridan katta-katta 
xarajatlar hisobiga keltirardi. Xomashyoning qimmatligi sement 
ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sifatini oshirishga to‘sqinlik 
qilardi. 
shlak
klinker
Metal qipig‘ishlak      Geologlarning izlanishlari natijasida Malikcho‘l sarhadlarida, 
shundoqqina zavodning yonida tuf koni topildi. Tuf eng a’lo 
shlakdan ham, noyob aralashma–klinkerdan ham qolishmaydigan 
sement   xomashyosidir. Kon zaxirasi katta bo‘lib, yiliga 2–3 mln 
tonna tuf qazib olinganda ham 45–50 yilga yetishi aniqlandi.  Viloyat elektr 
energiyasini ishlab 
chiqarish miqdoriga 
ko‘ra mamlakatda 
oldingi o‘rinlardan 
birini egallaydi 
(114-rasm). Elektr 
energiyaning asosiy 
qismini Navoiy IES 
beradi .  Mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korхonalarini modеrnizatsiya 
qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va 
yuksak samarali tехnologiyalarni joriy etish jadal amalga 
oshirilmoqda. Ularni amalga oshirishda kеrakli imtiyozlarga ega 
bo‘lgan maхsus industrial zonalar tashkil etilmoqda. Jumladan, 
«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan 
buyon uning hududida 19 ta invеstitsiya loyihasi bo‘yicha ishlab 
chiqarish korхonalari ishga tushirildi.   Jumladan, yuksak tехnologiyalar asosida tеlеvizorlar uchun 
taglik-moslamalar, elеktr enеrgiyani elеktron hisoblagichlar, 
yuqori kuchlanishga chidamli kabеllar, IESlar uchun isitish 
qozonlari, mobil va statsionar tеlеfon apparatlari, tayyor dori 
vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yildi.  Ijtimoiy sohalar.  
Viloyatda  ikki  oliy  ta’lim  muassasasi  –  Navoiy davlat 
pedagogika instituti va Navoiy davlat  konchilik  
instituti  faoliyat  ko‘rsatmoqda.    380 ga  yaqin  umumta’lim   maktablarining   120 tasi  
Qizilqumning  olis  cho‘l  hududlarida  joylashgan.   Viloyat  hududida ko‘pgina  tarixiy  maskanlar  mavjud.  Ular  
sirasiga  qadimgi Karmana, Rabot Malik, Nurotadagi Toshmasjid 
tarixiy yodgorliklari, Chilustun, Ko‘kgumbaz, Qosimshayx 
maqbaralarini kiritish mumkin.
Rabot Malik “ Chashma” majmuasi
Chilustun Qosimshayx maq barasi      Shaharlari.  
  1. Navoiy
  2. Zarafshon
  3. Uchquduq
  4. Nurota
  5. Qiziltepa   Navoiy    tez   yuksalayotgan   yosh   sanoat   shahridir 
(ahоli mаnzilgоhlаri mаvzusidаn shаhаr аhоlisi sоnini 
аniqlаng) . U viloyatning  ma’muriy  markazi.    Zarafshon   daryosining   
yaqinligi,   yirik qishloq 
xo‘jalik hududi markazida 
joylashganligi,  transport  
bilan yaxshi ta’min -
langanligi shaharning tez 
o‘sish omili bo‘ldi.  
Shahar 1960-yillarda 
yagona bosh reja asosida 
issiq iqlim va milliy 
an’analarni hisobga olib 
qurildi. Shahar 
ko‘kalamzorlashtirilgan.  Navoiyda mamlakatdagi yirik IES, elektr-kimyo kombinati, 
sement zavodi, kon-metallurgiya kombinati bor. Shahar 
sanoat  va  transport tuguni, muhim madaniyat markazidir.  
Navoiy  IES
elektr-kimyo kombinati
sement zavodi kon-metallurgiya kombinati      Zarafshon  shahri 
Muruntov kon qazib olish 
sanoati bazasida 1972- 
yilda barpo etildi. 
Shaharda rangli 
metallurgiya, shuningdek, 
yengil, oziq-ovqat sanoat 
tarmoqlari yo‘lga 
qo‘yilgan.  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2019 /  www.eduportal.uz

N AVOIY VI LOYATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini aniqlab, aholisining o‘rtacha zichligini toping. Tumanlari va ularning markazlari 1. Konimex – Konimex 2. Karmana – Karmana 3. Qiziltepa – Qiziltepa 4. Xatirchi – Yangirabot 5. Navbahor – Beshrabot 6. Nurota – Nurota 7. Tomdi – Tomdibuloq 8. Uchquduq – Uchquduq

Bu viloyat mamlakatimizning eng kenja viloyati. U Buxoro va Samarqand viloyatlari hududidan tashkil topdi. Navoiy viloyati mamlakatimiz viloyatlari ichida maydonining kattaligi bo‘yicha birinchi o‘rinda tursa- da, aholisining soni bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turadi (112-rasm).

Viloyatning o‘simlik (yaylov) boyligi qorako‘lchilikda katta ahamiyatga ega.

Aholisi H udud bo‘ylab notekis joylashgan. Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlarida aholi nihoyatda siyrak. Sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shahar aholisining tez ko‘payishiga olib kelmoqda. Viloyatda yangi shahar va shaharchalar qad ko‘tarmoqda.1 2 3