logo

Y.IS’Hoqovning Navoiy poetikasi

Загружено в:

09.12.2024

Скачано:

0

Размер:

15208.083007812 KB
Mavzu:Y.Is’hoqovning “Navoiy poetikasi”   reja:
1 Navoiy poetikasi 
2 Adabiyotlar tahlili va 
metodologiya 
3 Natijalar va muhokama    1.Navoiy poetikasi 
•
Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini 
o’zida  mujassam  etgan  o`lmas  va  yuqori  bosqichi  hisobladi.  Navoiy  lirikasining  tub  mohiyati  –  falsafiy,  ijtimoiy  va 
yuksak  poetik  shakldagi  ifodasi  bo’lganligi  bilan  alohida  ahamiyatga  egadir.  Biz  birinchi  marta  Navoiy  ijodiyotida 
lirikaning  davrning  yetakchi  falsafiy-ijtimoiy  oqimlari  bilan  bevosita  aloqasini  ko’ramiz.  Lirikaning  ijtimoiy  muhit 
bilan  munosabati,  asosan,  chuqur  norozilikka  asoslangan  qarama-qarshiliklar,  ilg’or  bir  mutafakkir  –  ijodkor  isyoni 
sifatida ko’rinadi. U – hayot tomirlaridagi ichki harakatni davr yuragi- murakkab chuqur ritmni his eta oladigan zukko 
olim  va  siyosiy  arbob.  Ayni  zamonda  ishqning  quvonch  va  alamlari,  bekaslik  va  musofirlikning  og’ir  ruhiy 
iztiroblaridan  ham  mahrum  emas.  Binobarin,  bir  o’rinda  ana  shu    insoniy  tuyg’ular  girdobida  turib  oh-u  nola  qilsa, 
ikkinchi bir o’rinda osmon-u falakni larzaga soladigan darajada na’ra tortadi. Bir qarasangiz, u olam va odam naslidan 
hafsalasi  pir  bo’lib  ulardan  etak  siltaydi;  bir  qarasangiz;  din,    hokimiyat  arboblarining  chirkin  basharasiga  ta’na 
toshlarini  urib,  podshohning  giribonidan  mahkam  tutgan  holda,  uning  yuziga  bor  haqiqatni  keskin  bir  shaklda  to’kib 
solidi.        •
Shoir  shaxsida  yoshlik  davridayoq  ko’rina  boshlagan  mavjud  muhitga  tanqidiy  bulish  hissi  davrlar 
o’tishi bilan, uning hayotiy tajribasi bilan bog’liq holda tobora kuchayib bordi va nihoyat, u xilma – xil 
shakldagi  chuqur  muhokamalardan  keyin  “olamni  odam  manfaatlariga  mos  qilib  va  u  bilan  birga 
odamni ham qaytadan yaratish kerak” degan buyuk xulosaga keldi.  
•
  Shuning  uchun  ham  mazmunan  g’oyaviy  pafos  jihatdan  yuksak  va  badiiy  barkamol  bu  she’riy 
durdonalar  shoir  hayotligi  chog’idayoq  milliy  va  geografik  chegaralarni  yoritib  o’tib,  Xuroson, 
Movarounnahr, Kichik Osiyo va Sharqiy Turkmanistonga kengayib, shuhrat qozondi.          2 .Adabiyotlar tahlili va metodologiya 
•
Navoiy lirik she’rlarining xalq orasidagi naqadar tez yoyilganligini shundan ham bilish mumkinki, shoir 24 – 25 yoshlik 
chog’ida uning muxlislari bir qancha she`rlarini to`plab, maxsus devon holiga keltirishgan.  
•
  Diqqatga  sazovor  tomoni  shundaki, Navoiy  lirikasi  haqidagi dastlabki fikrlar uning  hayotlik paytida  bayon qilingan  va 
ularda shoir lirik merosining mohiyati ixcham, ammo mukammal baholangan.  
•
  Abdurahmon  Jomiy  “Bahoriston” 1
  asarida Alisherning  tengsiz  talanti,  uning  har  ikki  tilda  she’r  yozishi,  biroq  mayli   
turkiy yozishga ko’proq ekanligini ta’kidlagach, “ba on zabon besh az vay va beh az vay kase she’r naguftaast va gavhari 
nazm  nasufga”  (u  tilda  (  ya’ni  turkiyda  – YO.I.)  hech  kim  undan  ko’p  va  undan  yaxshiroq  she’r  ayta  olmagan  va  nazm 
durlarini  tesha  olmagan)  deb  yozadi.     Ana  shu  bir  jumlada  Navoiy  adabiy  merosining,  jumladan,  lirik  merosining  eng 
muhim  jihatlari  (Hajm  jihatdan  ham,  mazmun  va  badiiy  shakl  nuqtai  nazaridan  ham)  nihoyatda  ustalik  bilan  ko’rsatib 
berilgan.  Shu  narsa  diqqatga  sazovorki,  Navoiyning  yosh    zamondoshlaridan  bo’lmish  Zahiriddin  Boburning  Navoiy 
she’riyati haqida “Boburnoma”da bayon qilgan fikri ham Abdurahmon Jomiy fikri bilan aynan mos keladi.          3.Natijalar va muhokama 
•
Hakimshoh  Qazviniy  ham  “Majolisun  -  nafois”  tarjimasining  ilova  qismida  Alisher  Navoiyning  ham  turkiy,  ham 
forsiy  tilda  yuksak  mahorat  bilan  she’rlar  yozganligini  bayon  etib,  o’z  fikrini  quyidagicha  xulosalaydi:  “Hech  kim 
turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan”.  
•
  Umuman, XVI – XIX asrlarda Hindiston, Eron, Afg’oniston, Turkiya va O’rta Osiyoda tuzilgan va Alisher Navoiy 
nomi  kiritilgan  tazkiralarda  Navoiy  ijodi  jumladan,  uning  lirikasi  haqida  bayon  qilingan  fikrlarni  shunday 
umumlashtirish mumkin: Alisher Navoiy har ikkki tilda (o’zbek va fors tillarida) mahorat bilan she’rlar bitgan. Biroq, 
uning ta’bi turkiy she’rga ko’proq moyil bo’lgan ,undan boshqa hech kim yaxshiroq she’r yaratgan emas.  
•
  Dastlab    Navoiy  lirikasini  o’rganish  borasidagi  ishlar  asosan  ikki  yo’nalishda  olib  borildi:  birinchi  yo’l  tekstologik 
tadqiq  qilish  yoki  to’liq  nashrini  yaratishga  bo’lgan  bosqichlardan  iborat. Ana  shu  sohada  amalga  oshirilgan  ishlarni 
shunday  umumlashtirish  mumkin:  a)  Navoiy  she’rlarining  to’plam,  xrestomatiya  va  antologiyalar  tarkibida  berilishi; 
b)  alohida majmua yoxud tanlangan asarlar tarzidagi nashrlari; v) akademik nashri.          •
  Navoiy  lirik  merosining  qariyb  qirq  yil  davomida  yuzaga  kelgan  nashrlari  o’z  xarakteriga  ko’ra  yutuq  va 
kamchiliklarga  ega,  albatta.  Biroq  muhimi  shundaki,  ana  shu  ilmiy  tadqiqotlar  Navoiy  lirikasining  ilmiy-  tanqidiy 
zahirasini  yaratish  uchun  asosiy  manba  bo’la  oladi.   Alisher  Navoiy  lirikasini  tekshirishning  ikkinchi  yo’li  esa  nazariy 
xarakterdadir.  Bu  sohadagi  tadqiqot  ishlari,  asosan,  40  –  yillarda  boshlangan  bo’lib,  shoirning  lirik  merosi  turli 
ko`rinishdagi  tadqiqotlar  uchun  necha  yillardan  buyon  manba  bo’lib  xizmat  qilib  kelmoqda.   Avvalo,  Navoiyning  lirrik 
merosi  shoir  ijodining  bir  qator  nazariy  masalalariga  bag’ishlangan  asarlar  tarkibida  u  yoki  bu  masala  bilan  bog’liq 
holda  tadqiq  etilgan.  Navoiyning  falsafiy  –  ijtimoiy  qarashlari,  uning  satirasi,  ijodiy  metodi  hamda  mahorati 
masalalariga  bag’ishlangan  monografik  tadqiqotlar  ana  shular  jumlasidandir.  Bir  qator  tadqiqotlar  bevosita  shoir  lirik 
merosini turli ko`rinishlarda tekshirishga bag’ishlangan. Alisher Navoiy lirikasini nazariy jihatdan tadqiq etish sohasida 
an`anaviy  navoiyshunoslik  yerishgan  dastlabki  jiddiy  muvaffaqiyatlardan  biri  Maqsud  Shayxzodaning  “Navoiyning   
lirik  qahramoni  haqida”  nomli  ilmiy  ishidir.  Maqsud  Shayxzoda  mazkur  ishga  asosiy  oby`ekt  sifatida  “G’aroyib 
ussig’ar”    devonini  asos  qilib  olgan  bo’lsa  ham,  umuman,  Navoiy  lirik  qahramoni  haqida  fikr  yuritadigan  shoir 
lirikasining  yetakchi  xususiyatlarini  ko’rsatishga  uning  lirik  qahramoniga  xos  barcha  muhim  xususiyatlarni  butun 
murakkabligi  bilan  ochib  berishga  harakat  qiladi.  Mazkur  asar  Navoiy  lirikasini  dastlabki  usul  asosida  tadqiq  etish 
ishining  ilk  yirik  mahsuli  bo’lib,  bu  sohada  keyingi  davrlarda  chiqqan  va  chiqayotgan  katta  hajmdagi  ishlarning 
sermazmun debochasidir.        FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
RO‘YXATI:
•
1.Is`hoqov Y. Navoiy poetikasi. Toshkent, 1983. 5-bet.
•
2.Hayitmetov A. Navoiy lirikasi. Toshkent, 1961.
•
3.Mallayev N.O’zbek adabiyotida g’azal va uning rivojida Navoiyning roli 
haqida. O’zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1971-yil. 3-son.

Mavzu:Y.Is’hoqovning “Navoiy poetikasi”

reja: 1 Navoiy poetikasi 2 Adabiyotlar tahlili va metodologiya 3 Natijalar va muhokama

1.Navoiy poetikasi • Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati – falsafiy, ijtimoiy va yuksak poetik shakldagi ifodasi bo’lganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Biz birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy oqimlari bilan bevosita aloqasini ko’ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg’or bir mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko’rinadi. U – hayot tomirlaridagi ichki harakatni davr yuragi- murakkab chuqur ritmni his eta oladigan zukko olim va siyosiy arbob. Ayni zamonda ishqning quvonch va alamlari, bekaslik va musofirlikning og’ir ruhiy iztiroblaridan ham mahrum emas. Binobarin, bir o’rinda ana shu insoniy tuyg’ular girdobida turib oh-u nola qilsa, ikkinchi bir o’rinda osmon-u falakni larzaga soladigan darajada na’ra tortadi. Bir qarasangiz, u olam va odam naslidan hafsalasi pir bo’lib ulardan etak siltaydi; bir qarasangiz; din, hokimiyat arboblarining chirkin basharasiga ta’na toshlarini urib, podshohning giribonidan mahkam tutgan holda, uning yuziga bor haqiqatni keskin bir shaklda to’kib solidi.

• Shoir shaxsida yoshlik davridayoq ko’rina boshlagan mavjud muhitga tanqidiy bulish hissi davrlar o’tishi bilan, uning hayotiy tajribasi bilan bog’liq holda tobora kuchayib bordi va nihoyat, u xilma – xil shakldagi chuqur muhokamalardan keyin “olamni odam manfaatlariga mos qilib va u bilan birga odamni ham qaytadan yaratish kerak” degan buyuk xulosaga keldi. • Shuning uchun ham mazmunan g’oyaviy pafos jihatdan yuksak va badiiy barkamol bu she’riy durdonalar shoir hayotligi chog’idayoq milliy va geografik chegaralarni yoritib o’tib, Xuroson, Movarounnahr, Kichik Osiyo va Sharqiy Turkmanistonga kengayib, shuhrat qozondi.

2 .Adabiyotlar tahlili va metodologiya • Navoiy lirik she’rlarining xalq orasidagi naqadar tez yoyilganligini shundan ham bilish mumkinki, shoir 24 – 25 yoshlik chog’ida uning muxlislari bir qancha she`rlarini to`plab, maxsus devon holiga keltirishgan. • Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Navoiy lirikasi haqidagi dastlabki fikrlar uning hayotlik paytida bayon qilingan va ularda shoir lirik merosining mohiyati ixcham, ammo mukammal baholangan. • Abdurahmon Jomiy “Bahoriston” 1 asarida Alisherning tengsiz talanti, uning har ikki tilda she’r yozishi, biroq mayli turkiy yozishga ko’proq ekanligini ta’kidlagach, “ba on zabon besh az vay va beh az vay kase she’r naguftaast va gavhari nazm nasufga” (u tilda ( ya’ni turkiyda – YO.I.) hech kim undan ko’p va undan yaxshiroq she’r ayta olmagan va nazm durlarini tesha olmagan) deb yozadi. Ana shu bir jumlada Navoiy adabiy merosining, jumladan, lirik merosining eng muhim jihatlari (Hajm jihatdan ham, mazmun va badiiy shakl nuqtai nazaridan ham) nihoyatda ustalik bilan ko’rsatib berilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, Navoiyning yosh zamondoshlaridan bo’lmish Zahiriddin Boburning Navoiy she’riyati haqida “Boburnoma”da bayon qilgan fikri ham Abdurahmon Jomiy fikri bilan aynan mos keladi.