logo

Navoiyning Hayrat-ul abror dostonida so'z, nutq haqida fikrlar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1925.716796875 KB
Navoiyning "Hayrat-ul abror" 
dostonida so'z, nutq haqida fikrlar.                                   Navoiyning 
"Hayrat-ul 
abror" 
dostonida so'z, 
nutq madaniyati 
haqida fikrlar                                   REJA:

“ Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” 
da didaktik ruhning ustuvorligi

“ Hayrat ul-abror” dostonida rostlik, to g rilik ʻ ʻ
hamda yolg onchilik, egrilik masalalari	
ʻ

Shoirning egrilik illatini xarakterlashda tanlagan 
timsollari                                  “ XAMSA”NING BIRINCHI DOSTONI “HAYRAT UL-ABROR” 
DA DIDAKTIK RUHNING USTUVORLIGI

“ Xamsa”sining birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” didaktik ruhning ustuvorligi, obrazlar rang-barangligi, 
o sha davr jamiyatidagi bir qator dolzarb muammolarning ro y-rost ochib berilishi bilan “Xamsa”ning keyingi ʻ ʻ
dostonlaridan ajralib turadi.

Navoiy asarlariga qiziqish, kompozitsion jihatlari, obrazlar tizimi, g oyalarini o rganish, shoir mahorati va 	
ʻ ʻ
ilmiy faoliyatini tadqiq qilish, she riy asarlarining mukammal nasriy matnini yaratish borasidagi izlanishlar 	
ʼ
turli davr adabiyotshunosligining dolzarb vazifasi hisoblangan. Shu jumladan, “Hayrat ul-abror” dostonini 
o rganish ham o tgan asrning boshlaridan bir qator adabiyotshunos olimlarning diqqat markazida turgan. 	
ʻ ʻ
Jumladan, Maqsud Shayxzoda va Oybekning “Hayrat ul-abror” dostoni, undagi dolzarb masalalar tadqiqiga 
bag ishlangan ilmiy ishlari bugungi kun adabiyotshunosligining g oyat qimmatli materialidir. Ayniqsa, 	
ʻ ʻ
“Hayrat ul-abror”ning ilmiy-tanqidiy matni borasida adabiyotshunoslar S. Muttalibov va Porso 
Shamsiyevlarning ilmiy tadqiqotlari ahamiyatga molik. Bundan tashqari, Abduqodir Hayitmetov (dostonning 
nasriy bayoni matnini tayyorlagan), Najmiddin Komilov, Abdurashid Abdug ofurov, Ibrohim Haqqulov va 	
ʻ
boshqa bir qator olimlar ijodida “Hayrat ul-abror” va unda insoniylik masalalarining tasvirlanishi, badiiy 
tasvir vositalari, obrazlar tizimi, muallifning timsol qo llashdagi mahorati, mohirlik bilan ochib berilgan.	
ʻ                 
Hassos shoir mazkur asarida insonni har jihatdan mukammallashtirib 
boruvchi bir qator odamiylik fazilatlari to g risida to xtalib o tgan.ʻ ʻ ʻ ʻ

“ Komil inson” tushunchasi borasida Navoiyning o z mezoni bor. 	
ʻ
Navoiy idealidagi komil inson – iymonli, xalqqa nafi tegadigan, xalq 
g ami bilan yashaydigan, hunarli, kamtarin, vafoli, qanoatli, bir so z 	
ʻ ʻ
bilan aytganda, barcha insoniy xislatlarni o zida mujassamlashtirgan 	
ʻ
shaxs. Haqiqiy insonga xos bo lgan fazilatlardan yana biri bu – rostlik, 	
ʻ
to g rilikdir. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida mazkur mavzu 	
ʻ ʻ
tadqiqiga alohida maqolat bag ishlaydi; rostlik, to g rilik hamda 	
ʻ ʻ ʻ
yolg onchilik, egrilik masalalariga keng to xtaladi.	
ʻ ʻ                                   Navoiy to g rilikni bir necha qirralarda ko radi:ʻ ʻ ʻ
Birinchidan, ko z yoki nazar to g riligi. Navoiy fikricha “Rostdur ul kim, nazari to g ridur”. Egri ko zning 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
odatini esa, birni ikki ko rish, vaziyatni noto g ri baholashdir, deya e tirof etadi:	
ʻ ʻ ʻ ʼ
Ko zki erur egri aning xilqati,	
ʻ
Birni iki ko rmak erur san ati.	
ʻ ʼ
Shoir mazkur fikrlarini dostonning o n uchinchi maqolatida ham davom ettiradi. Jamiyatda shunday 	
ʻ
insonlar ham borki, bunday kishilarning fikri, xayollari buzuq. Nazari egri bunday kimsalarning ko ziga 	
ʻ
oddiy tosh – la l, sadafning siniqlari – inju, arqon – ilon va oddiy igna – nayza singari ko rinadi:	
ʼ ʻ
La l hisobida tutar xorani,	
ʼ
Inju sonar borcha sadaf porani.
Ham ko rinur igna sinoncha anga,
ʻ
Ham bilinur rishta yiloncha anga.                 Birovning dasturxonidagi “qursi patir” (yumaloq patir)ni osmondagi “badri 
munir”(to lin oy), deb bo rttiradi. Biroq ular atrofdagi hodisotlarni ʻ ʻ
shunchaki noto g ri ko rish bilan kifoyalanmaydi. Balki, shu egri qarash 	
ʻ ʻ ʻ
orqali atrofidagi to g ri insonlarga nisbatan hasad nigohini shakllantirgan:	
ʻ ʻ
Ulki xayoli bori fosid durur,
Borcha saloh ahlig a hosid durur.	
ʻ
Ikkinchidan, qo l rostligi, to g riligi. Navoiy talqinicha, xatni to g ri 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
yozadigan kishilar haqiqiy sog lom shaxslardir: “Rostqalam xalq erurlar 	
ʻ
salim”. Shoir xatni to g ri yozadigan insonlarni “Tengri nasib aylab anga 	
ʻ ʻ
shodliq”, deya ta riflaydi. 	
ʼ                                   Shoirning egrilik illatini xarakterlashda tanlagan timsollari
Shoir egri qo l sohibini ikki ma noda tushunadi:ʻ ʼ
1) xatni egri yozuvchilar, yolg onni bo rttiruvchi kotiblar timsolida;	
ʻ ʻ
Egri xat sohibining o zini ham to g rilikka odatlangan deyish dushvor: “Egri durur xatki, emas 	
ʻ ʻ ʻ
mustaqim”.
2) o g ri-kazzoblar timsolida. Qadimdan xalqimizda “qo li egri” iborasi o g ri kishilarga nisbatan 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
ishlatilib, xalqning ularga nafrati bisyor bo lgan. Shuningdek, “O g ri qo li kesilmaguncha, o g riligini 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
qo ymas” maqolida xalqda biror shaxs o g rilik qilganida unga qo lini kesib tashlash orqali jazo 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
berilganiga ishora bor. Shu an anani Navoiy ham o z dostonida tilga oladi:	
ʼ ʻ
Bo lsa ilik egrilik ichra samar,	
ʻ
El ani kesmakda tuz etgay magar.                 Bir o rinda o g riga “qo lini kesish” orqali beriladigan jazoni loyiq ko rgan shoir bir o rinda afv etish, gunohlaridan o tish ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
orqali ham uning zimiston qalbini ma rifat yog dusi ila ravshan qilish mumkinligini uqtiradi va bunday yuksak vazifani 	
ʼ ʻ
dostonning o n uchinchi maqolatida marhamatli Ayyub zimmasiga yuklaydi. Shoir e tiroficha, aslida, o g ri ham 	
ʻ ʼ ʻ ʻ
jamiyatning a zosi. Uzoq yillar davomida xalqqa ma naviy madadkor bo lib kelgan Navoiy o g riga har doim qattiq jazoni 
ʼ ʼ ʻ ʻ ʻ
loyiq ko rishi mumkin emas edi. O g rini kechira bilish ham o g ri shaxsiyatidagi mudrab yotgan to g rilik xislatlarini 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
uyg otishi, uni rostlik vodiysiga muyassar aylashi mumkin.	
ʻ
Uchinchidan, til rostligi, to g riligi. “Til pokligi, avvalo, inson lisoni – nutqining ezgu, olijanob niyat, komil, nuktadon 	
ʻ ʻ
fikrlar, shoirona lutf – fasohatli so z bilan ziynatlangan, yolg on, riyo va qalloblikning turfa ko rinishlaridan xoli bo lgan, 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
to g ri, mantiqli va tamizli xususiyatlaridan dalolat beradi” Navoiy talqinicha, faqat nazmdagi yolg on (mubolag a)ni 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tushunish, kechirish mumkin. Aslida, “so z aro yolg on kibi yo q nopisand”. Navoiyning to g rilik dunyosiga 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
intilayotganlarga ko rsatgan ikki yo lining birinchisi – insonning so zi to g ri bo lishi lozimligi. Til to g riligi, rostgo ylik 	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
– komil shaxs uchun muhim xususiyat. Bu xususiyatni o zida aks ettirolmagan inson – yolg onchi. Navoiyning 	
ʻ ʻ
yolg onchilarga munosabati aniq: ularni hattoki musulmon sanamaslik kerakligini aytadi:	
ʻ
Ulki shior ayladi yolg on demak,	
ʻ
Bo lmas ani eru musulmon demak.	
ʻ                                  “ Hayrat ul-abror”ning o ninchi maqolatida yolg onchilikning ʻ ʻ
fojiali yakunini kitobxonga teranroq anglatish uchun shoir 
dostonga “Sher va durroj” hikoyatini kiritadi. Durroj 
do stlikning shartlariga sodiq qolmadi: do stini aldadi, uning 	
ʻ ʻ
so zlariga quloq osmadi. Hayotining eng mushkul nuqtasi – 
ʻ
ovchining tuzog iga tushganida “hamdamu hamrozi” sherning 	
ʻ
yordamga yetib kelmasligi va hayotining fojia bilan nihoya 
topishiga sababchi qilib shoir durroj shaxsiyatidagi egrilik, 
xususan, yolg onchilik illatini ko rsatadi.	
ʻ ʻ                 Alif – arab alifbosidagi harflar ichida tik, adil holatda yozilgani uchun 
mumtoz adabiyotda bir qancha to g rilikni o zida mujassam etgan ʻ ʻ ʻ
timsollar sifatida kela oladi. Bu o rinda to g ri inson timsolini 
ʻ ʻ ʻ
anglatayotgan – alif to g rilikni shior aylagani uchun balolar orasida 	
ʻ ʻ
sargardon. Bunda shoir balo so zining arabcha yozilishiga e tibor 	
ʻ ʼ
qaratib, so z so nggida keladigan alifni balo ichida qolgan insonga 	
ʻ ʻ
mengzaydi. Alifning baytda timsol sifatida olib kirilishi o z-o zidan 	
ʻ ʻ
kitobat (harf) san atini yuzaga keltiradi va shu orqali mavzu mohiyati 	
ʼ
aniqroq va ta sirchanroq ifodalanadi.	
ʼ                 Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Ziyonet.com sayti
2. Karimov S. Nutq madaniyati va mutolaa 
san'ati.  - S, 2020

Navoiyning "Hayrat-ul abror" dostonida so'z, nutq haqida fikrlar.

Navoiyning "Hayrat-ul abror" dostonida so'z, nutq madaniyati haqida fikrlar

REJA:  “ Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” da didaktik ruhning ustuvorligi  “ Hayrat ul-abror” dostonida rostlik, to g rilik ʻ ʻ hamda yolg onchilik, egrilik masalalari ʻ  Shoirning egrilik illatini xarakterlashda tanlagan timsollari