logo

Nutq madaniyati va mutolaa san’ati fanidan mustaqil ta’lim topshirig`i

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

213.7900390625 KB
Nutq madaniyati va 
mutolaa san’ati fanidan 
mustaqil ta’lim 
topshirig`i                 Mavzu: Hadislarda nutq odobi
Reja:
1. Hadis haqida ikki og`iz.
2. Hadislarda notiqlik turlarining ko`rinishi.
3. Roviy nutqi.
4. Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” 
asarida nutqiy mukammallik.                          Hadis  (arabcha – xabar, gap, yangilik) –Muhammad (s.a.v) aytgan so`zlari, qilgan ishlari, 
iqrorlari to`g`risidagi rivoyat. Islom dinida Qur’ondan keyin turuvchi ikkinchi manba hisoblanadi. 
Hadis ikki qismdan iborat bo`ladi: matn va sanad. Hadis ikki turga – Hadisi qudsiy (ma’nosi Alloh 
taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan bo`lgan hadislar) va Hadisi nabaviyga bo`linadi. Hadislar 
e’tiborga olinishi jihatidan uch qismga bo`linadi: sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va zaif.                 Hadislardanido-eymo`minlar -yoRasulolloh
-eyOdamfarzandi-eyiymonkeltirganlarImom 
al-Buxoriy  
Al-jome  ʼ
as-
sahih"kito
bi                          Hadislarda nido, ya’ni chaqiriq, e’tiborni jalb qilish uchun qaysidir toifa odamlar jamoasini atab 
murojaat qilish holatlari juda ko`p uchraydi. Masalan,quyidagi hadisga e’tibor beraylik: Rasululloh 
sallollohu alayhi va sallamdan so`radilar: “Yo Rasululloh, musulmonlarning afzali qaysi kishidir?” Rasululloh 
“Qo‘lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir”,- deb javob berdilar.
Ushbu hadisda “Yo Rasululloh” deya xitob qilinib savol berilyapti. Keyingi hadisga ham e’tibor beraylik.                 Alloh taolo insonlarga qarata shunday xitob 
qiladi: “Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan 
ne’matimni eslang va menga bergan axdingizga 
vafo qiling. Shunda men ham o‘z ahdimga vafo 
qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. 
Yo‘lboshlovchisiz to’g’ri yo’lga tushib 
bo’lmaganidek, jannatga ham amallarsiz yo’l 
yo’qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz 
yig’ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr 
qilsangizlargina, jannatga kirasizlar. Allohga nafl 
ibodatlar bilan yaqinlashing. Mening roziligimni 
o’zlaringiz orangizdagi miskinlar roziligidan 
izlang.                 Ulamolar majlisi orqali rahmatimga rag’batli bo’ling. Chunki rahmatim bir lahza ham ulardan ajralmaydi”. 
Ushbu hadisda ham Alloh taolo “ey Odam farzandi!” deya insonlarga murojaat qilmoqda. 
Shu kabi jumlalarni hadislarda judayam ko’plab uchratish mumkin. Ushbu jumlalar nutqning ta’sir kuchini 
oshirishga xizmat qiladi va ta’kid ma’nosi orqali insonlar e’tiborini hadisga, uning mazmunini tushunishga 
tortadi.                 Shuningdek, hadislar matnida nutqiy mukammallikni ham kuzatishimiz mumkin. Buni albatta 
so’zni yaratgan zot Alloh taoloning so’zlari va ul zot bizga rahmat ularoq yuborgan 
Rasulullohning so’zlari ekanligi bilan izohlashimiz mumkin. Yana shuni ham takidlshimiz 
kerakki, roviylarninng nutqiy savodxonligining yuqori ekanligi ham hadislarning matnlarini 
mukammal va tushunarli tarzda bizgacha yetib kelishida xizmat qiladi.                   Hadislarga roviylik qilish judayam mas’uliyatli ish bo’lib, Rasulullohning aytmagan gaplarini 
aytdi deyishlik, qilmagan ishlarini qildi deb yuborishlik juda katta gunohi kabiralardan 
hisoblanadi. Shunday mas’uliyatli ishni zimmasiga olgan sahobalardan Umar ibn Hattob 
roziyallohu anhu, Abu Hurayra roziyallohu anhu, Oisha onamiz roziyallohu anhu, Ibn Umar 
roziyallohu anhu kabi minglab kishilar hadislarning ushbu jihatiga alohida e’tibor qaratganlar.                   Roviylar va Rasululloh (s.a.v.)ning nutqlari deyarli barcha hollarda ko’chirma gapli qo’shma gap shaklida kelgan. Hadislarda 
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam… dedilar”, “Rasululloh shunday marhamat qiladilar”, “Bir kishi Rasulullohdan so’radi”, 
“Rasululloh … deb javob qildilar” kabi oqoliplarni juda ko’p uchratishimiz mumkin.
Masalan, quyidagi hadisga e’tibor bering.
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladi: “Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam: “Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri – ota-onasini 
haqorat                  qilmoqdir!” dedilar. Shunda: “Yo Rasululloh, odam o’z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog’I mumkin?!”-
deyishdi. Janob Rasululloh: “Birovning ota-onasini so’kkan odam o’z ota-onasini haqorat qilgan bo’lur”,-deb 
javob qildilar”.
Ushbu hadisda “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam… dedilar”, “Rasululloh … deb javob qildilar” kabi 
qoliplar ishlatilganini ko’rishmiz mumkin. Ushbu jumlalar judayam ko’plab hadislarda roviy nutqi vazifasini 
bajaradi.                  Roviylar nutqining to’g’ri va tushunarli bo’lishi hadisning ommaviy barcha uchun bir xil miqdorda ta’sir 
etishiga xizmat qiladi.
Hadislarning matnlarida chaqiriq, buyruq, hukm va hokazo kabi ohanglarni uchratishimiz mumkin. Hadislarda 
islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik shaniga 
dog’ tushuradigan fazilatlar qoralanadi. Muhaddislar ana shu yo’lda tinimsiz izlanishlar qiladilar.                  Muhaddislar imomi Imom al-Buxoriydir. Uning hadisga bag’ishlangan eng mashxur 
asari “Al-jome’ as-sahih’’ asaridir.
Im о m Bu хо riy yolg‘iz «Al-j о m е’ а s-s а hih» («Ish о nchli to‘pl а m») kit о bi ustid а 16  yil 
ishl а g а n. Ung а  kiritilg а n 7397 h а dis 600 ming h а disning ichid а n s а r а l а b  о ling а n.                  Al-Jomi’ as-sahih“ asari islom dini ta’limotlariga ko‘ra Qur’oni karimdan keyingi asosiy manba 
hisoblanadi. Bu asarning to‘lig‘icha ”Al-Jomi’ as-sahih al-musnad min hadis Rasululloh-sallollohu alayhi va 
sallam va sunanihi va ayyomihi“ yoki bo‘lmasa tarixchi Badruddin al-Ayniyning yozishicha, ”Al-Jomi’ al-
musnad as-sahih al-muxtasar min umuri 
Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi” degan nomlar bilan atalsa-da, hadis ilmida 
qisqacha                  “ al-Jomi’ as-sahih” (“Ishonchlito‘plam”), aksar holda esa “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. 
Asarning qirqga yaqin qo‘lyozma nusxalari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida va yana bir 
qancha nusxalari O‘zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanadi. 
Ushbu asarning yozilish sabablari haqida mulohaza yuritilganda azaldan olimlar o‘rtasida ikki xil fikr 
mavjud. Ulardan biri olim Ibrohim ibn Ma’qal an-Nasafiy (854 yilda vafot etgan)                 Imom al-Buxoriyning nomidan shunday 
hikoya qiladi: “Bir kun biz Ishoq ibn 
Rohvayhning huzurida bo‘lgandik. Shunda u: 
birontangiz  Rasulluloh-sallollohu alayhi va 
sallamning sahih hadislarini muxtasar bir 
kitob tarzida ja’m qilsangiz edi,-dedi. Bu 
gap mening qalbimga chuqur o‘rnashib 
qolib, o‘shandan boshlab ”Al-Jomi’ as-
sahih“ asarimni yozishga kirishdim”.
Tarixchi an-Navaviy keltirgan ikkinchi fikr 
quyidagicha talqin qilingan:                    “ Muhammad ibn Sulaymon ibn Forisning 
hikoyasi: men imom al-Buxoriy hazratlari 
shunday deganini eshitganman: ”Tushimda 
Payg‘ambar alayhissalomni ko‘ribman, 
go‘yoki men u zotning ro‘barularida 
turibmanu qo‘limdagi yelpig‘ich bilan u zoti 
sharifdan nimalarnidir haydayapman. Men bu 
voqea haqida tushning ta’birini 
aytuvchilardan so‘rasam, Siz Payg‘ambar 
alayhissalom qavllarini kizbdan tozalagansiz. 
Mana shu gap mening zimmamga “al-Jomi’ 
as-sahih”ni yozishni yukladi“.                 Imom al-Buxoriy g‘oyatda taqvodor va pokiza 
inson bo‘lganligidan Muhammad 
alayhissalomning sahih hadislarini to‘plashga 
juda katta mas’uliyat va halollik bilan 
yondoshgan. Shu boisdan ham allomaning o‘zi: 
”As-Sahih“ kitobimga tahorat qilib ikki rak’at 
namoz o‘qimasdan turib bironta ham hadis 
kiritmaganman-deb ta’kidlaydi. O‘rni kelganda 
ta’kidlash joizki, Payg‘ambar hadislariga 
bag‘ishlanib o‘sha davrda yaratilgan asarlarga 
xilma-xil hadislar bilan bir qatorda 
sahobalarning qavllariyu tobe’iynlarning 
fatvolari ham kiritilgan.                 E’tiboringiz uchun rahmat

Nutq madaniyati va mutolaa san’ati fanidan mustaqil ta’lim topshirig`i

Mavzu: Hadislarda nutq odobi Reja: 1. Hadis haqida ikki og`iz. 2. Hadislarda notiqlik turlarining ko`rinishi. 3. Roviy nutqi. 4. Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarida nutqiy mukammallik.

Hadis (arabcha – xabar, gap, yangilik) –Muhammad (s.a.v) aytgan so`zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to`g`risidagi rivoyat. Islom dinida Qur’ondan keyin turuvchi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis ikki qismdan iborat bo`ladi: matn va sanad. Hadis ikki turga – Hadisi qudsiy (ma’nosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan bo`lgan hadislar) va Hadisi nabaviyga bo`linadi. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan uch qismga bo`linadi: sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va zaif.

Hadislardanido-eymo`minlar -yoRasulolloh -eyOdamfarzandi-eyiymonkeltirganlarImom al-Buxoriy Al-jome ʼ as- sahih"kito bi

Hadislarda nido, ya’ni chaqiriq, e’tiborni jalb qilish uchun qaysidir toifa odamlar jamoasini atab murojaat qilish holatlari juda ko`p uchraydi. Masalan,quyidagi hadisga e’tibor beraylik: Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan so`radilar: “Yo Rasululloh, musulmonlarning afzali qaysi kishidir?” Rasululloh “Qo‘lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir”,- deb javob berdilar. Ushbu hadisda “Yo Rasululloh” deya xitob qilinib savol berilyapti. Keyingi hadisga ham e’tibor beraylik.