O.Kont va pozitivistik sotsiologiyaning vujudga kelishi
O. K ont va pozitivistik sotsiologiyaning vujudga kelishi
1. O.Kontning hayoti va ijodi 2. O.Kontning fanlar klassifikatsiyasi 3. O.Kont pozitiv metodining mazmun- mohiyati 4. O.Kont sotsiologiyaning predmeti va vazifalari haqida 5. Sotsial dinamika va sotsial statika Reja :
Ogyust Kont (1798-1857) • • Ogyust Kont (1798-1857), pozitiv-ilmiy metodni qamrab olgan sotsiologiyaga asos solgan va uni kishilik jamiyatini tadqiq etishga moslashtirgan olim, fransuz faylasufi. U jamiyat fanining nafaqat mavjud bo‘lishi mumkinligi, balki ijtimoiy taraqqiyot uchun juda muhimligi ni ta’kidlagan.
O.Kontning hayoti va ijodi Ogyust Kont (1798-1857) Monpeleda davlat arbobi oilasida tavallud topgan. 1807-1814 yillarda litseyda o‘qiydi. O‘qishning so‘nggi yillarida yosh bo‘lishiga qaramay liberal va inqilobiy g‘oyalarga qiziqishi ortadi. Keyinchalik Parijda Oliy politexnika maktabiga birinchilar qatorida konkursdan o‘tadi (u erda tabiiy fanlardan ta’lim oladi). 1817-1824 yillar davomida Kont Sen-Simonning kotibi bo‘lib ishlaydi va uning ko‘plab g‘oyalarini o‘ziga qabul qiladi. Ammo, siyosiy masalalar bo‘yicha tubdan qarama-qarshi fikrlar ularning aloqalarini uzilishiga olib keladi. 1829-1842 yillarda o‘zining asosiy asari – 6 jildlik “Pozitiv falsafa kursi“ni yozadi. 1830 yilda nashr etilgan 1-jildida fanlar klassifikatsiyasi, pozitiv falsafa va sotsiologiyaning asosiy tamoyillarini ishlab chiqadi.
O.Kontning hayoti va ijodi Oxirgi 3 ta jildida "sotsial fizik a “ ning (sotsiologi ya ) asoslarini ishlab chiqadi . 4-jildda sotsiologi k qonunlarni o‘rganish lozimligini qayd etsa, cheskix zakonov, 5- va 6-jildlarda ularning eng asosiysi (Ko n t ga ko‘ra ) – uch stadiya qonunini shakllantiradi. 1848 yil «Pozitivistik jamiyat» ga asos soladi. Mazkur jamiyatning asosiy vazifasi xalqni pozitivistik dunyoqarash asosida tarbiyalash edi. SHu bilan birgalikda Kont va uning partiyasi Parij revolyusion proletariati harakatiga qarshi chiqqan. Revolyusion vaziyatda kurashuvchi ikki tomondan hech biri uni qo‘llab - quvvatlamaydi va Kont yolg‘izlanib qoladi. Uning intellektual elitaga «tartib va progress partiyasi»ni to‘zish bo r asidagi murojaati ham e’tiborsiz qoladi. Kont 1857 yil yolg‘izlikda vafot etadi.