O’rta yetuklik davri psixologiyasi
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI Sirtqi ta’lim fakulteti Xomitova Salomat 111-guruh talabasi Mav zu: O’rta yetuklik davri psixologiyasi t aqdimot i
Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo’lib, bu darvning o’ziga xos bo’lib, bu davrning o’ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabaxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mexnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mexnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi:
1. Mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, me h nat jamoasi a’zolarining xususiyatiga mosla sh ish (ko’nikma)- mexnat faoliyatining dastlabki yillari (ta’minan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o’z o’rnini topish va qadr qimmatga erishish; 2. Mutaxassis sifatida o’zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik maxoratini egallash; 3. Maxorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko’rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko’rsatish.
Yuqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo’lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o’rtasida yosh jixatdan tafovut mavjud bo’ladi. Masalan, kasb- xunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar o’z mexnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o’tishlari shart.
Xozirgi mutaxassislarning ko’pchiligi o’quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko’nikmalar o’rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o’z moxiyatiga ko’ra 3 xildir: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mexnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, anxanalari va xakazo; b)bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o’quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog’liq o’ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko’nikmaning bo’shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to’la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish.