Ta`lim psixologiyasi. Tarbiya psixologiyasi
Mavzu: Ta`lim psixologiyasi. Tarbiya psixologiyasi
Reja: 1. Ta`lim psixologiyasi O`rganish mohiyati va turlari Ta`lim va o`qitish psixologiyasi 2. Tarbiya psixologiyasi Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalishi sifatida. Shaxs shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart–sharoitlari
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev : «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qiymatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq mag’sadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga zga bo’lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» vatanga kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Xulq-atvor va odatni shakllantirish-ma’lumki, inson ongining yuksak belgilaridan biri-uning o’zini anglashidir.
O`rganish mohiyati va turlari YOSH O‘SISHI JARAYONIDA BOLADAGI BARCHA XULQ VA FAOLIYAT O‘ZGARISHLARI O‘RGANISH OMILLARI BO‘LIB HISOBLANADI. O‘RGANISH MA’LUM BIR MAQSADGA ERISHISHGA IMKON BERUVCHI FAOLIYAT VA XULQDAGI TASHQI ( JISMONIY) VA ICHKI (PSIXIK) O‘ZGARISHLARNI TALAB QILADI. BOSHQACHA QILIB AYTGANDA, O‘RGANISH TASHQI VA ICHKI FAOLIYAT (XULQ-ATVOR)DAGI MAQSADGA MUVOFIQ O‘ZGARISHLARDA NAMOYON BO‘LADI. O‘RGANISH – BU FAOLIYATNI MAQSADGA MUVOFIQ QAT’IY O‘ZGAR- TIRISHDIR. U AVVALGI FAOLIYAT NATIJASIDA YUZAGA KELADI.
O‘rganishda tushunchalarni ifodalash vositasi sifatida til katta ahamiyatga ega. So‘zlar orqali ifodalangan tushunchalarni o‘rganish odamning butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida to‘plagan bilimlarini o‘zlashtirishni anglatadi. Predmetli harakatdan ideal harakatga tasavvur va tushunchalar bilan o‘tish fikrlash orqali amalga oshiriladi. U har doim ma’lum bir masalani hal etishga qaratiladi. SHunday qilib, insonning tushuncha va aqliy harakatlarni o‘zlashtirishi uni fikrlashga o‘rgatishni ham talab qiladi.