logo

Oʻzbek tilining antroposentrik tadqiqi muammolari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2127.6142578125 KB
"Oʻzbek tilining 
antroposentrik tadqiqi 
muammolari " ANTROPOSENTRIK 
TILSHUNOSLIK nima 
ekan oʻzi? XXI asrda tilshunoslikning tilni shunchaki aloqa quroli 
va tafakkur natijasi 
sifatida emas, millatning madaniy ochqichi sifatida 
tadqiq etadigan sohalari yuzaga 
kelmoqda. Bu yo`nalishlarning paydo bo`lishiga V. 
Gumboldt, A.A. Potebnya va 
boshqa olimlarning ilmiy ishlarida tamal toshi 
qo`yilgan.  V.Gumboldt:
 
     Millatim tilining 
chegaralari mening 
dunyoqarashim 
chegaralarini belgilaydi. Keyingi yillarda dunyo tilshunosligida tilni 
undan foydalanuvchi shaxsning nutqiy 
faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati, yoshi, 
jinsi kabilar bilan bogliq holda organishga, 
tilning inson nutqiy faoliyati jarayonida 
kuzatiluvchi funksional imkoniyatlari 
tadqiqiga jiddiy etibor qaratilmoqda. 
Buning natijasida otgan asrning oxirida 
tilni shaxs omili bilan bogliq holda 
organish metodologiyasiga asoslangan va 
oziga xos tahlil usullariga ega 
antroposentrik tilshunoslikning turli 
yonalishlari ajralib chiqdi. ANTROPOSENTRIK TILSHUNOSLIK
—  Kognitiv tilshunoslik
—  Lingvokulturologiya 
—  Etnolingvistika
—  Neyrolingvistika Bugungi kunda kognitiv tilshunoslik, 
psixolingvistika, lingvokulturologiya, 
etnolingvistika, neyrolingvistika kabi 
mazkur yo'nalishlar o'z tadqiq obyekti, 
predmeti, aniq qo`yilgan maqsad, 
vazifalari, tahlil usullariga ega        Hozirgi zamon tilshunosligining muhim jihatlaridan biri antroposentrizm 
("insonni markazga qoyish") bolsa, yana biri poliparadigmallik hisoblanadi. 
YAni hech bir paradigma serqirra va mojizali til hodisasining barcha qirralarini 
qamrab olgan holda mukammal ravishda organish asosi bola olmaydi. Bunda 
mavjud paradigmalar bir-birini toldiradi, bir-biri bilan hamkorlikka keladi; bir 
vaqtning ozida turli paradigmalar asosida ilmiy tahlil amalga oshiriladi; tilni 
tadqiq etishda statik va dinamik, formal va funksional, semasiologik va 
onomasiologik, kognitiv va pragmatik kabi aspektlar parallel qoʻllaniladi. XIX asrda tilshunoslik "NIMA - tilshunoslik" 
sifatida "til nima?" degan savolga javob bergan 
bolsa, XX asrda u "QANDAY  - tilshunoslik" 
sifatida "til qanday tuzilgan" degan muammoni 
hal etish bilan shugullandi. XXI asrda esa 
tilshunoslik "NEGA  tilshunos-lik" sifatida til 
hodisalari mohiyatini tushuntirish va talqin 
etish masalasi, yanada aniqroq qilib aytganda, 
"til germenevtikasi" muammosi bilan 
shugullanmoqda. O‘ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK 
TADQIQI MUAMMOLARI.
Til va madaniyat 
mushtarakligi muammosi. Elchi — bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik 
vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan ikkinchi davlat hukumatiga 
diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat vakil E.gina emas, balki 
yalavoch, yalafar, rasul  atamalari bilan ham ifodalangan. Muxtor vakil hisoblanmish E. 
zimmasiga diplomatik aloqalar oʻrnatish, davlatlar yoxud dushman tomonlar oʻrtasida 
tinchlik oʻrnatish, hamkorlikdagi harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshligʻi yoki 
hukmdor sulola aʼzolarining vafoti munosabati bilan taʼziyalar bildirish, biron bir 
shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi masʼuliyatlar yuklatilgan. Xalqimizda ko'pincha tanlangan qizning uyiga sovchilikka borgan elchi-
sovchilardan “bo'rimi, tulki?” deb so'ralgan. Agar sovchilikdan qaytgan 
sovchilar “Bo'ri” deyishsa bu qiz tomonning roziligini, “tulki” bo'lsa ish 
bitmay qiz tomonning borgan sovchilarni aytilgan yigit va oilaga 
tanlangan qizlarini berishga rad javob berib norozi qaytargani belgisi 
bo'lgan. Nima bo'lganda ham “elchiga o'lim yo'q”. Buxoroda to'y marosimi 
To’y kuni kelinnikida kuyovga sarpo 
(to’yga sovg’a qilingan kiyimlar va 
poyafzal) kiydiriladi, shundan so’ng 
kuyov o’z oshnalari bilan kelinning 
ota-onasi huzuriga salom berish 
uchun boradi. Kuyovning oshnalari 
bilan qaytganidan so’ng kelin ham 
keladi. Kuyovning uyiga yuborishdan 
avval kelinnikida ota-ona bilan 
xayrlashish marosimi bo’lib o’tadi. 
Kelin bilan birga yaqin o’rtoqlari 
ham boradi. Ular qo’shiqlarni 
aytadilar («O’lan» va «Yor-yor» 
qo’shiqlari). Kelinni kuyovning uyida 
kutib olishdan haqiqiy to’y 
boshlanadi O'ZBEK TILINING SOTSIOLINGVISTIK 
TADQIQI MUAMMOLARI.
     1. Til va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro 
munosabat, yani jamiyat hayoti va 
rivojlanishida tilning oʻrni, aksincha, tilning 
taraqqiyotida jamiyatning ahamiyati.
2. Tilda millatning ijtimoiy guruhlanishi 
munosabati bilan boʻladigan farqlar. GLOBALLASHUV JARAYONI VA TIL MUAMMOLARI
     Mikrosotsiolingvistikaning diqqat markazida kichik 
ijtimoiy guruhlarni tashkil etuvchi shaxs va 
guruhning boshqa aʼzolari oʻrtasidagi nutqiy 
hamkorlik munosabati boʻladi. 
Makrosotsiolingvistikaning diqqat markazida esa bir 
sotsial guruh bilan ikkinchi bir sotsial guruh 
oʻrtasidagi nutqiy muloqot yotadi. Mikro va 
makrosotsiolingvistikani bir-biridan ajratib 
boʻlmasliging asosiy sababi ham har qanday ijtimoiy 
guruh ayrim shaxslardan tashkil topgan boʻlishi bilan 
bogʻliqdir.   
   O'ZBEK TILINING 
PRAGMATIK TADQIQI 
MUAMMOLARI. «Pragmatik    lingvistika» fani tilshunoslikning   
quyidagi   muammolarini    oʻrganish    bilan  
shugullanadi:
Nutqiy faoliyat va uning samarali amalga oshishini 
tadqiq etish.
Nutq  faoliyatining  muvaffatsiyatli   boʻlish   sharoiti, 
oʻrinli ,   maqbul   boʻlishi   va  ifoda  samaradorligini 
oʻrganish .
Ifodaning ekspli t it va impli t it  maʼnolarini  organi y sh.
Diskurs tushunchasining mohiyatini yoritib berish, 
uning asosiy masalalarini aniqlash.     Soʻzlovchi shaxs va voqelik faktlari oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni oʻrganish.
     Soʻzlovchi va ifodalanayotgan fikrlar 
mazmunini aks ettiruvchi kirishlar, baholovchi 
leksik va sintaktik birliklar pragmatik tabiatini 
ochib berish. 
     Kommunikativ ifoda tuzilishining, yani nutqiy 
aktning illokutiv maqsadi va kommunikativ 
vaziyat tuzilishiga bogʻliqligini aniqlash.
    Muloqotning lingvistik tuzilishini oʻrganish. OʻZBEK  TILINING 
PSIXOLINGVISTIK TADQIQI 
MUAMMOLARI. Psixolingvistika - nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni 
idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi 
bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida oʻrganuvchi fan; 
psixologiya va lingvistikaning sintezidan paydo boʻlgan.    "Psixolingvistika" termini oʻtgan 
asrning 60-yillari oʻrtalarida 
amerikalik olimlar tomonidan 
amaliyotga kiritilgan.        Psixolingvistika  Psixologiya Lingvistika 
Falsafa 
Tarix
Etnologiya 
Dinshunoslik  Madaniyat-
shunoslik  Tibbiyot
Nevrologiya Neyrolingvistika      Neyrolingvistikaning fan sifatida vujudga kelishi, bir tomondan, 
neyropsixologiyaning, ikkinchi tomondan, lingvistika va 
psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Hozirgi zamon 
neyropsixologiyasida Neyrolingvistika soʻzlashga miyaning sistemali 
funksiyasi sifatida, afaziyaga esa sistemaning buzilishi sifatida qaraydi. 
Neyrolingvistikaning rivojlanishi psixolog   A.R.Luriya (1902—77) va 
uning shogirdlarining ilmiy ishlari bilan bogʻliqdir   Foydalanilgan manbalar roʻyxati 
1. Atroposentrik tilshunoslik. 
majmua. Guldu
2. Arxiv.uz
3. My shared.uz

"Oʻzbek tilining antroposentrik tadqiqi muammolari "

ANTROPOSENTRIK TILSHUNOSLIK nima ekan oʻzi?

XXI asrda tilshunoslikning tilni shunchaki aloqa quroli va tafakkur natijasi sifatida emas, millatning madaniy ochqichi sifatida tadqiq etadigan sohalari yuzaga kelmoqda. Bu yo`nalishlarning paydo bo`lishiga V. Gumboldt, A.A. Potebnya va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida tamal toshi qo`yilgan.

V.Gumboldt: Millatim tilining chegaralari mening dunyoqarashim chegaralarini belgilaydi.

Keyingi yillarda dunyo tilshunosligida tilni undan foydalanuvchi shaxsning nutqiy faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati, yoshi, jinsi kabilar bilan bogliq holda organishga, tilning inson nutqiy faoliyati jarayonida kuzatiluvchi funksional imkoniyatlari tadqiqiga jiddiy etibor qaratilmoqda. Buning natijasida otgan asrning oxirida tilni shaxs omili bilan bogliq holda organish metodologiyasiga asoslangan va oziga xos tahlil usullariga ega antroposentrik tilshunoslikning turli yonalishlari ajralib chiqdi. ANTROPOSENTRIK TILSHUNOSLIK — Kognitiv tilshunoslik — Lingvokulturologiya — Etnolingvistika — Neyrolingvistika