logo

O‘zbekistonda rekreatsiya va turizm

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4365.677734375 KB
O‘zbekistonda rekreatsiya 
va turizm    •
Xizmat ko‘rsatish sohalari orasida rekreatsiya xizmati so‘nggi yillarda 
keng rivojlanmoqda. Rekreatsiya xizmati mehnat qilish jarayonida 
sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi.
•
Rekreatsiya xizmatini rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar:
•
- kundalik ehtiyojlaridan orttirgan mablag‘;
•
- rekreatsiya resurslari; 
•
- rekreatsiya xo‘jaligi bo‘lishi. •
Rekreatsiya resurslari  ikki xil, ya’ni tabiiy rekreatsiya hamda 
madaniy- tarixiy rekreatsiyaga bo‘linadi. Tabiiy rekreatsiya 
resurslariga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklari zaminida vujudga kelgan 
sharsharalar, g‘orlar, buloqlar, so‘lim tog‘ yonbag‘irlari kiradi. Tabiiy 
muhiti keskin o‘zgargan, tig‘iz infrastruktura sharoitida aholining 
tabiat qo‘ynida, maxsus dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga 
ehtiyoji kuchaymoqda. Issiq avjiga chiqqan yoz oylarida tekisliklarda 
yashovchi aholi tog‘ maskanlariga oshiqadi. Tog‘larimiz mo‘tadil 
havosi, g‘aroyib o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda shifobaxsh 
buloqlari bilan tabiiy-rekratsion rayon sifatida xorijliklarni ham 
maftun etmoqda.   •
Tog‘larning tabiati shifobaxsh va maftunkor joylarida 
davolash va dam olish maskanlari mavjud. Toshkent 
viloyatidagi «Chimyon», Farg‘ona vodiysidagi 
«Shohimardon», «Chodak», «Nanay», «Quvasoy», 
«Bog‘i shamol», «Chortoq» dam olish zonalari va 
Buxoro viloyatidagi «Sitorai Mohi Xosa», Qashqadaryo 
viloyatidagi «Miroqi» kabi davolash maskanlari xorijda 
ham mashhur.O‘z navbatida qadimgi shaharlar, 
maqbaralar, qal’alar, me’morchilik binolari, muzeylar 
mamlakatimiz madaniy merosini tashkil etmoqda.  •
Fusunkorligi hamda salobati bilan millionlab kishilarni lol 
qoldirayotgan tarixiy obidalarimiz xorijiy turistlarni yurtimiz sari 
chorlamoqda. Ana shunday tarixiy-madaniy obyektlar zaminida vujudga 
kelgan rayonlar, asosan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, 
Toshkent, Qo‘qon kabi shaharlarda joylashgan. Afsus, ajdodlarimiz 
bunyod etgan 36 ming tarixiy obidadan 7 mingtasigina saqlangan. 
Qolganlari mustamlakachilar tomonidan turli yo‘llar bilan vayron 
etilgan. Endilikda ular katta mablag‘ va mehnat sarflab bo‘lsada, 
ta’mirlanmoqda.  •
Zero, sayyohlik (turizm) dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan 
sohalaridan biriga aylandi. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa 
ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbayi bo‘lib bormoqda. •
BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015-yilda 
dunyo bo‘yicha 1,184 mlrd sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016-yil 
yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1,235 mlrd ga, ya'ni 3,9 foizga 
oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 
2015-yilda qariyb 1,5 trillion AQSH dollarini tashkil qilgan. 2016-
2017-yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish mumkin.
•
Shu bois, dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu sohani yanada 
rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari 
darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha 
chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.  •
2015-yilda eng ko‘p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 
million), AQSH (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 
million) va Italiya (48,6 million) kuchli beshlikni egalladi. Afsuski, 
O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. 
Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) 
tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi 
bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.
•
Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qara- 
masdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, 
sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani 
kuchaytirish darajasi yetarli emas edi.  •
Endilikda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish 
borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirishga kirishildi.
•
Jumladan, turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan 
tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni berish hamda yer 
oldi-berdi ishlari yengillashtirilib, jahon andozalariga 
javob beradigan mehmonxonalar sonini ko‘paytirish, shu 
orqali raqobatni kuchaytirish, mehmonxona narxlarini 
arzonlashtirishga kirishildi. •
Yana bir muhim yo‘nalish - turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy 
tillarni hamda tarix va geografiyani puxta biladigan mutaxassislarni tayyorlash 
tizimini takomillashtirishdir. Gidlar, mehmonxona xodimlari, turistik xizmatlar 
ko‘rsatishning yanada mukammal standartlarini o‘rnatish shular jumlasidandir. 
Samarqandda ochilgan «Ipak yo‘li» Xalqaro Turizm universiteti faoliyati ham 
shu maqsadlar uchun xizmat qilmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda xorijiy 
oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma fakultetlar, xorijiy 
OTMlar filiallari ham soha mutaxassislarini tayyorlashda yordam bermoqda. 
Hozir bu borada, ayniqsa, Rossiya, Koreya, Turkiya Turizm akademiyasi, 
Yevropa oliygohlari bilan faol ish olib borilyapti. Natijada mamlakatimiz 
bo‘ylab sayohat qiluvchilarning soni yildan yilga oshib bormoqda. •
Umuman olganda endilikda turizm sohasiga milliy iqtisodiyotga 
yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri sifatida 
qaralmoqda. Zero, mamlakatimizdagi tarixiy obidalarning qariyb 200 
tasi madaniy meros obyektlari sifatida YuNESKO ro‘yxatiga 
kiritilgan.
•
Rekreatsiya xo‘jaligi  tarkibiga mehmonxonalar, dam olish uylari va 
bazalari, sanatoriyalar, turbazalar, turistik transport va boshqalar 
kiradi.

O‘zbekistonda rekreatsiya va turizm

• Xizmat ko‘rsatish sohalari orasida rekreatsiya xizmati so‘nggi yillarda keng rivojlanmoqda. Rekreatsiya xizmati mehnat qilish jarayonida sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi. • Rekreatsiya xizmatini rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar: • - kundalik ehtiyojlaridan orttirgan mablag‘; • - rekreatsiya resurslari; • - rekreatsiya xo‘jaligi bo‘lishi.

• Rekreatsiya resurslari ikki xil, ya’ni tabiiy rekreatsiya hamda madaniy- tarixiy rekreatsiyaga bo‘linadi. Tabiiy rekreatsiya resurslariga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklari zaminida vujudga kelgan sharsharalar, g‘orlar, buloqlar, so‘lim tog‘ yonbag‘irlari kiradi. Tabiiy muhiti keskin o‘zgargan, tig‘iz infrastruktura sharoitida aholining tabiat qo‘ynida, maxsus dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga ehtiyoji kuchaymoqda. Issiq avjiga chiqqan yoz oylarida tekisliklarda yashovchi aholi tog‘ maskanlariga oshiqadi. Tog‘larimiz mo‘tadil havosi, g‘aroyib o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda shifobaxsh buloqlari bilan tabiiy-rekratsion rayon sifatida xorijliklarni ham maftun etmoqda.