logo

OB-HAVO VA IQLIM

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

19791.376953125 KB
OB-HAVO VA IQLIM Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Ob-havo. 
Siz radio va televizordan 
ob-havo ma’lumotlarini 
deyarli har kuni 
eshitasiz. O‘zingiz ham 
ob-havoni ko‘p 
kuzatgansiz. Bularning 
hammasi ob-havoning 
vaqt o‘tishi bilan 
o‘zgarishini va turli 
joylarda har xil 
bo‘lishini ko‘rsatadi.    Ob-havoning asosiy elementlari (belgilari) – harorat, 
namlik, shamol va havo bosimidir. Troposferada ob-
havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar 
hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi.
harorat
namlik
shamol havo bosimi      Ob-havo deb troposferaning biror joydagi ayni 
paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi (sutka, hafta, oy, 
fasldagi) holatiga aytiladi.  Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro 
bog‘langan. Biror elementning o‘zgarishi boshqa 
elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib 
keladi.   Masalan, bahorda erta bilan Quyosh chiqishi oldidan 
havo salqin, shamolsiz bo‘ladi. Quyosh ko‘tarilishi 
bilan Yer yuzasidagi havo isib yuqoriga ko‘tariladi, 
bug‘lanish kuchayadi.   Iliq havo yuqoriga ko‘tarilib soviydi. To‘p-to‘p va yomg‘irli to‘p-
to‘p bulutlar hosil bo‘ladi. Ba’zan yomg‘ir ham yog‘ib o‘tadi. 
Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, uni 
barqaror ob-havo  deyiladi.  Ob-havoni aytish uchun troposferaning holati haqidagi 
ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar 
meteorologik stansiyalarda to‘planadi.  Ma’lumotlar Yerdagi kuzatishdan tashqari, kosmik 
yo‘ldoshlar va stansiyalardan ham olinadi. Meteorologik 
markazlarda ob-havo xaritalari tuziladi va shunday xaritalar 
yordamida ob-havo holati e’lon qilinadi.  Iqlim.
Ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘pyillik 
rejimi (holati)  shu joyning iqlimi  deyiladi   Iqlimning ta’rifiga harorat va yog‘in miqdori, 
shamollar, havo massalari, ob-havoning holati haqidagi 
ko‘pyillik o‘rtacha ma’lumotlar kiradi.   Iqlim ta’rifiga yana eng yuqori va eng past harorat, 
yillik yog‘inning eng ko‘p va eng kam miqdori 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritiladi.
Klimatogramma Masalan, eng yuqori 
harorat +17,5  o
C iyulda, 
eng past harorat -8 o
C, yanvarda kuzatilgan. 
Eng ko‘p yog‘in 97 mm, 
iyulda, eng kam yog‘in 
32 mm, fevralda 
kuzatilgan ekan. 
Umumiy yillik yog ‘in 
miqdori 657 mm teng 
bo‘lmoqda    Iqlim haqidagi ma’lumotlar nima uchun kerak? Iqlim 
har bir joyning tabiatiga, relyef, daryo va ko‘llar, 
o‘simlik hamda hayvonot dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi.   Iqlim haqida bilimga ega bo‘lmasdan turib shahar 
qurilishi, yo‘l o‘tkazish, to‘g‘on bunyod etish uchun joy 
tanlash mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi ham ko‘p 
jihatdan iqlimga bog‘liq.   Har bir joyning 
iqlimi nimalarga 
bog‘liq?
Iqlim avvalo joyning 
geografik kengligiga 
bog‘liq. Ekvatorga 
yaqin yerlar 
Quyoshdan eng ko‘p 
nur oladi. Qutblarga 
yaqin o‘lkalarni esa 
Quyosh eng kam 
isitadi.   Buning oqibatida Yer yuzida  issiqlik mintaqalari 
vujudga keladi (61-rasm). Bular bitta issiq
tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita sovuq mintaqalardir.
Sovuq mintaqa
Mo‘tadil mintaqa
Issiq mintaqa
Mo‘tadil mintaqa
Sovuq mintaqa  Okeanlarning uzoq-yaqinligi ham joy iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Yevropadagi Ispaniya va Gretsiya davlatlari O‘zbekiston bilan bir 
xil geografik kenglikda joylashgan. Lekin Ispaniya va Gretsiyada 
qishda havo harorati O‘zbekistondagidan ancha yuqori bo‘ladi, 
yog‘in ham ko‘p yog‘adi.    Bunga sabab Atlantika okeanidan Ispaniya va 
Gretsiyaga iliq, sernam havo kelib turishidir. 
O‘zbekiston okeandan uzoqda joylashganligi sababli 
qishi sovuq va yozi juda issiq bo‘ladi.     Qishda iliq, yozda salqin va yog‘in ko‘p yog‘adigan, 
dengizga yaqin joylar iqlimi  dengiz iqlimi  deyiladi.   Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim 
kontinental iqlim  deb yuritiladi (Mamlakatimiz iqlimi 
qanday iqlim?).   Iqlimga joyning dengiz sathidan balandligi va tog‘ 
tizmalarining qanday joylashganligi ham katta ta’sir 
qiladi.  Iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P.Gulyamov, R.Qurbonniyozov, M.Avezov, 
N.Saidova – Geografiya (Tabiiy geografiya 
boshlang‘ich kursi), umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 5-sinfi uchun darslik, Toshkent – 
“Mitti Yulduz” – 2020/  www.eduportal.uz

OB-HAVO VA IQLIM Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Ob-havo. Siz radio va televizordan ob-havo ma’lumotlarini deyarli har kuni eshitasiz. O‘zingiz ham ob-havoni ko‘p kuzatgansiz. Bularning hammasi ob-havoning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini va turli joylarda har xil bo‘lishini ko‘rsatadi.

Ob-havoning asosiy elementlari (belgilari) – harorat, namlik, shamol va havo bosimidir. Troposferada ob- havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi. harorat namlik shamol havo bosimi

Ob-havo deb troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi (sutka, hafta, oy, fasldagi) holatiga aytiladi.

Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan. Biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi.