ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. BARGLARNING SHAKLLARI
ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. BARGLARNING SHAKLLARI .
O‘simliklarning barglari tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi.
Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Bul arga olma, nok, o‘rik, shaft oli, tut, tok, g‘o‘za, terak, rovoch, yantoq kabilarning bargi kiradi.
Bitta barg bandida bir nechta barg chalar bandchalari orqali joy lash gan bo‘l sa, bun day barglar murak k ab barg deyiladi . Murakkab bargli o‘simliklarga shirinmiya, beda, soxta kash tan, yong‘oq, na’matak, qu lupnay, lo viya, no‘xat, yeryon g‘oq ka bi lar kiradi.
Barglar yaprog‘ining shakli ga qarab yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yurak simon, nashtarsimon, qalami, rombsimon, uchbur chaksi mon va boshqa shakllarda bo‘ladi. Barglar yaprog‘ining qirrasi (cheti) tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasi mon va o‘yilgan bo‘lishi mumkin. Barglar o‘simliklarning turiga qarab tukli va tuksiz bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargining orqa tomonida tuki bo‘ladi. Oddiy barglar yaprog‘ining tuzilishiga ko‘ra patsimon, pan jasimon va uch bo‘lakli bo‘ladi