Oilaning konstitutsiyaviy asoslari
. Mavzu: Oilaning konstitutsiyaviy asoslari 103 -guruh Turopova Gulasal q
Reja : 4 1 2 3 5 Oila - jamiyatning asosiy bo’g’ini Oilaning jamiyat va davlat himoyasida bo’lishi Ota -onasizlarga davlat g‘amxo’rligi Ota -onaning farzandlar oldidagi majburiyati Voyaga yetgan , mehnatga layoqatli farzandlarning ota -ona oldidagi majburiyati . Nikoh tuzish asoslari 6
Oila - jamiyatning asosiy bo’g’ini Oila jamiyatning quyi asosiy bo‘g‘inidir . U - insonning hayotga kelishi , tarbiyalanishidagi asosiy makon . Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi . Oila to‘liq bo‘lishi uchun ota -ona va farzandlar bo‘lishi shart . Ularning birortasisiz ham oila bo‘lishi mumkin . Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo‘ladi . Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo‘ladi . Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birgalikda hayot kechirishi va farzand ko‘rish hisoblanadi . Oiladagi tarbiya kishilarning axlqqiga , xulqiga o‘chmas qoidalarni singdiradi . Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o‘rnini bosa olmaydi . Chunki u yerdagi tarbiyaga sut , qon singari muqaddas ashyolar ta’sir qiladi . Shularning barchasi e’tiborga olinib , bizning xalqimizga xos oiladagi ijobiy jihatlarni mustahkamlash va rivojlantirishni ta’minlash uchun Konstitutsiyamizda oila uchun maxsus XIV bob ajratildi . Bunday holatni - oilaga maxsus bob ajratilishini boshqa mamlakatlar Konstitutsiyasida uchratmaymiz . U yerlarda oilaga ham davlat va jamiyatning munosabati o‘zgacha . Bizda oila jamiyatning ajralmas qismi va mavjud bo‘lishi shart masala deb qaraladi va albatta , unda ikki jinsning , erkak va ayolning birlashuvi bo‘lishi , bu birlashuv orqali dunyoga yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi .
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 2011 -yil dekabr oyida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma’ruzasida 2012 -yilni « Mustahkam oila yili » deb e’lon qilar ekan , oila haqida shunday so‘zlarni aytgan : « Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki , bu yorug ’ olamda hayot bor ekan , hayot abadiyligi , bebaho ne’mat bo’lmish farzand bor. Farzand bor ekan , odamzot hamisha kelajagini o’ylab , ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi . Yangi yilga mana shunday nom berishimiz azal -azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo’lmish , oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi , jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo’g’ini deb qabul qilishimiz zamirida , hech shubhasiz , juda katta ma’no mohiyat mujassam . Chunki , oila sog’lom ekan — jamiyat mustahkam , jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror »
Oilaning jamiyat va davlat himoyasida bo’lishi Jamiyatning yashash , rivojlanish shartlaridan biri uning bo‘g ‘ini , aniqrog‘i , asosiy bo‘g‘ini - oila jamiyat va davlat tomonidan doimiy va samarali muhofazaga olinsagina , tegishli maqsadga erishish mumkin . Har bir kishi o‘z hayotining uzoq vaqt davom etishi uchun sog‘lig‘ini qanday muhofaza qilish ustida qayg‘ursa , bu ish uchun mablag‘larini ayamasa , insonparvar , oqil , uzoqni ko‘zlovchi jamiyat ham o‘zining hayotini cho‘zishi , rivojlanishi uchun oilaga xuddi shunday munosabatda bo‘ladi va oilani muhofaza qiladi . Konstitutsiyaning 63 -moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida ko‘rsatilishi bilan birga , oila haqidagi qoida davom ettirilib , oila jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egaligi belgilangan . Ya’ni oila , bir tomondan , jamiyat tomonidan , ikkinchi tomondan , davlat tomonidan muhofaza qilinadi . Konstitutsiya qoidasi jamiyat va davlatga oilani himoya qilish majburiyatini yuklaydi . Jamiyat oilalardan iborat ekan , o‘z -o‘zidan ma’lumki , jamiyat mustahkamligi oilaning mustahkamligiga bog‘liq va oilaning mustahkam bo‘lishidan jamiyat manfaatdor . Shuning uchun oilani har tomonlama qo‘Ilab -quvvatlash va himoya qilishni jamiyat o‘z zimmasiga oladi . Jamiyat oilalarni qo‘llab -quvvatlashda , ularni muhofaza qilishda katta imkoniyatlarga ega davlat xizmatidan foydalanadi . Oilani qo‘llab -quvvatlash , muhofaza qilish davlatning konstitutsiyaviy burchidir . Davlatning oilaga g ‘ amxo‘rligi qonun asosiga qurilgan bo‘lib , avvalo u, Oila kodeksida belgilangan .