Fuqarolarining malakali yuridik yordam olishlari - ularning konstitutsiyaviy huquqi
Fuqarolarining malakali yuridik yordam olishlari - ularning konst it ut siyaviy huquqi Reja : 1. O’zbekiston Respublikasida inson va fuqarolar Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlarining yuridik xususiyatlari, kafolatlari va tizimi. 2. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari. 3. Fuqarolarning siyosiy huquqlari. 4. Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi asosiy huquqlari. 5. O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari.
• Huquq va burchlar insonlarning xulq-atvorini tartibga solish vositasi bo’lib, jamiyat, davlat yoki muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan o’rnatiladi. • Ma`lumki, huquqiy normalar kishilarning yurish-turishlarini tartibga soladi, ularga muayyan huquqlar, erkinliklar beradi yoki ma`lum burchlarni yuklaydi. • Huquq – shaxsga tabiat, jamiyat , davlat tomonidan beriladigan o’z harakatining turi va me`yorini tanlab olish imkoniyati va burch esa jamiyat va davlat tomonidan belgilangan va huquqiy normalarda o’z aksini topgan talablarni bajarish zaruratidir. • Yuridik huquq va burchlar jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy normalarning bir qisminigina tashkil etadi. Ular davlat tomonidan o’rnatiladi. Huquq normalarida o’z aksini topadi va davlat hokimiyati tomonidan ta`minlanadi, qo’riqlanadi. • Davlat tomonidan o’rnatilgan huquqiy normalar insonlarning hatti-harakatlarini belgilab, ularga huquq va erkinliklar beradi va burchlar yuklaydi. Huquqiy davlatning belgisi bo’lmish Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi fuqaro huquqlari, erkinliklari va burchlarining asosiy qonunda aks etishini taqozo etadi. • Huquq shaxsga tabiat va davlat tomonidan berilgan o’z ehtiyojini qondirish imkoniyati hamda uning turmush jarayonida o’ziga berilgan huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini belgilovchi huquqiy normalardir. • Burchlar esa shu jamiyatdagi shaxslar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan yoki biror-bir harakat qilishdan voz kechishni belgilaydigan huquqiy normalardir. • O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, erkinliklari deganda, O’zbekiston davlati tomonidan o’rnatilib, uning Konstitutsiyasida qayd qilingan,har bir fuqaroga o’zining hatti-harakatini tanlash, unga berilgan imtiyozlardan shaxsiy hayotida va jamoat ishlarida qatnashish uchun foydalanish imkoniyati tushuniladi. Asosiy qonunda ko’rsatilgan imkoniyatlar bir vaqtda huquq, ba`zi birida erkinlik deb atalishi mumkin.
• Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxsga mehnat qilish , erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqi qayd qilingan. • Bu esa bir tarafdan huquq bo’lsa, ikkinchi tarafdan erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash erkinligi deb talqin etilishi mumkin. • Fuqarolarning burchi – bu jamiyatning , davlatning fuqaro oldiga qo’ygan talablaridir. Bu talablar asosan shu jamiyatning, davlatning oldida turgan vazifalari bilan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy zaruratni aks ettiradi (masalan, Vatanni himoya qilish, Konstitutsiya va qonunarga rioya etish, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish va hokazo). • Demak, asosiy burch ( majburiyat deganda, O’zbekiston davlati tomonidan belgilanib, Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir fuqaro bajarishi zarur bo’lgan, bajarmaslik esa javobgarlikka olib keladigan hatti-harakatlar va yashash tarzi qoidalari tushuniladi. • Konstitutsiyaviy burchlarga butun O’zbekiston Respublikasi uchun zarur bo’lgan eng umumiy talablar kiradi va ularning bajarilishi butun jamiyat manfaatlari uchun mutlaqo zarurdir. • Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan bo’lib, ular joriy qonunchilik normalarida, ya`ni Konstitutsiyaviy, ma`muriy, fuqarolik, mehnat va boshqa huquqiy normalarda rivojlantirilgan, to’ldirilgan. • Konstitutsiyaviy huquq fanida fuqarolarning Konstitutsiyada o’z aksini topgan huquqlari, erkinliklari va burchlari asosiy huquqlar, erkinliklar va burchlar deb nomlanadi, boshqa qonunarda, farmonlarda, kodekslarda ko’rsatilgan huquqlar, erkinliklar va burchlar esa asosiy emas deb ko’rsatiladi.