logo

POLIZ AGROTSENOZIDA FITOFAGLAR TARQALISH DINAMIKASIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

768 KB
     “ POLIZ AGROTSENOZIDA  FITOFAGLAR 
TARQALISH DINAMIKASIGA EKOLOGIK 
OMILLARNING TA’SIRI” Qovun pashshasi va uning entomofaglari  TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI 
    Ushbu magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, 
birinchi marta Zarafshon vohasi agrosenozlarida tarqalgan qovun 
pashshasining biologik va ekologik xususiyatlari o’rganildi, ularning fenologik 
kalendarlari tuzildi, qovun pashshasiga qarshi entomofaglarni qo’llagan holda 
ular sonini iqtisidiy xavfli chegara mezonidan past darajada saqlashga erishildi. 
Bundan oldin qo’yi Amudaryo sharoitida qovun pashshasining biologik va 
ekologik xususiyatlari o’rganilgan, kekin Zarafshon vohasi sharoitida bu 
masalalar ilk bor o’rganilmoqda.  
Yangiliklardan yana biri qovun pashshasining entomofaglari va ularning 
samaradorligi aniqlandi. Kurash chora – tadbirlarni o`tkazish muddatlari 
bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.      XULOSALAR
1.Samarqand viloyati sharoitida poliz agrosenozida asosan 4 tur pashshalar 
sezilarli zarar yetkazadi. Bular piyoz pashshasi, qovun pashshasi, sabzi pashshasi va karam pashshasi.
  2. Zarafshon vohasi sharoitida qovun pashshasi tuproq harorati +20 o
C darajadan oshganda g’umbakdan     
uchib chiqadi  va  to’liq ikki avlod berib rivojlan adi .
  3.Qovun  pashshasining soni mavsum davomida sezilarli o’zgarib turadi va    
uning maksimal qiymati  iyun oyida kuzatiladi.
  4.  Har bir naslining rivojlanish oralig’i o’rtacha 23-30 kunga to’g’ri keladi , 
qovun ichidan chiqqan qurt shu zararlangan qovun atrofida tuproqning 5-15 sm chuqurligida soxta 
g’umbak holida qishlovga ketadi.
5 . Qovun pashshasi sonini cheklashda parazitlardan  Aleoxara bilineata , 
Phygadenon trichops,   Carabus  avlodiga mansub yirtqich qo’ng’izlar  Carabus fedchenkovi, Carabus 
sogdianus, Carabus clotharatus  ahamiyatga ega. Ta dqiqot o’tkazilgan yili bu kompleksning biologik 
samaradorligi 58,2 % ga yetdi. 
6.Qovun pashshasiga qarshi insektisidlar qo’llanilganda eng yuqori texnik 
samaradorlik Agrofos D (1,5 l/ga) qo’llanilgan variantda kuzatildi. Vaqt o’tishi bilan insektisidlarning texnik 
samaradorligi pasayib bordi va 15 kundan so’ng tabiiy sharoit, issiq  va quyosh insolyasiyasi ta’sirida 
insektisidlarni parchalanishi hisobiga Agrofos D qo’llanilgan variantda bu ko’rsatkich 77,2 % ni tashkil qiladi. TAV SIYALAR
1. Qovun pashshasiga qarshi kurashda yerni 20-25 sm chuqur 
haydashdan 
foydalanish tavsiya etiladi, chunki pashshalar g’umbaklarining asosiy 
qismi tuproqning 15-25 sm chuqurligida qishlaydi.
2. Qovun pashshasiga qarshi kimyoviy kurash choralarini 
rejalashtirganda 
dalalardagi yirtqich qo’ng’izlar sonini hisobga olish  tavsiya etiladi, 
chunki 1 m 2 
 maydonda entomofag qo’ngizlar soni 10 tadan oshsa 
kimyoviy vositalarga ehtiyoj qolmaydi.      E’TIBORINGIZ UCHUN 
TASHAKKUR!

“ POLIZ AGROTSENOZIDA FITOFAGLAR TARQALISH DINAMIKASIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI”

Qovun pashshasi va uning entomofaglari

TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI Ushbu magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, birinchi marta Zarafshon vohasi agrosenozlarida tarqalgan qovun pashshasining biologik va ekologik xususiyatlari o’rganildi, ularning fenologik kalendarlari tuzildi, qovun pashshasiga qarshi entomofaglarni qo’llagan holda ular sonini iqtisidiy xavfli chegara mezonidan past darajada saqlashga erishildi. Bundan oldin qo’yi Amudaryo sharoitida qovun pashshasining biologik va ekologik xususiyatlari o’rganilgan, kekin Zarafshon vohasi sharoitida bu masalalar ilk bor o’rganilmoqda. Yangiliklardan yana biri qovun pashshasining entomofaglari va ularning samaradorligi aniqlandi. Kurash chora – tadbirlarni o`tkazish muddatlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.