logo

EKOLOGIK MUAMMOLAR

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4241 KB
  
Aholining  tez  ko‘payishi  va  fan-texnika  taraqqiyoti  
munosabati  bilan jamiyatning  tabiatga  ta’siri  tobora  
kuchaymoqda.  Bu  ta’sir  ham  ijobiy, ham  salbiy  
oqibatlarga  olib  kelmoqda.  Shu  tufayli  tabiatni  
muhofaza qilish,  inson  uchun  qulay  ekologik  
muhitni  saqlash  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  
foydalanish  –  eng  dolzarb  masalalardan bo‘lib  
qolmoqda.    
Tabiatni muhofaza qilish deganda,  tabiatni  insoniyat  
manfaatlarini ko‘zlab  saqlashga  va  ongli  ravishda  
o‘zgartirishga,  uning  mahsuldorligini  saqlab  
qolishga,  hamda  resurslaridan  oqilona  foydalanishga  
qaratilgan  barcha  turdagi  tadbirlar  tushuniladi.  Bu  
tadbirlar  davlat  va  nodavlat tashkilotlar  tomonidan  
amalga  oshiriladi.    
Tabiatni  muhofaza  qilishning  eng asosiy masalalari –  
atrof-muhit  ifloslanishining  oldini  olish  va  barcha  
turdagi  tabiiy  resurslar:  suv,  yer, iqlim,  o‘simlik,  
hayvonot  resurslari  hamda  qazilma  boyliklardan  oqilona  
va  isrof  qilmay  foydalanish.

Tabiatni  muhofaza  qilishning  ikki  xil  yo‘li  mavjud.  
Birinchisi ,  alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  
ajratilib,  u  yerdagi  tabiiy  landshaftlar yoki  noyob  tabiat  
yodgorliklarini  saqlab  qolish,  ayrim  turdagi  o‘simlik  va  
hayvonlarni  saqlash  va  ko‘paytirish  tadbirlari  amalga  
oshiriladi.  Ikkinchisi,   keng  qamrovli  bo‘lib,  tabiatni  
undan  xo‘jalik  maqsadlarida foydalanish  jarayonida  
muhofaza  qilishni  o‘z  ichiga  oladi.     
Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  –  
tabiatni  muhofaza  qilish, sog‘lomlashtirish, 
rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun 
ajratilgan yer  va  suv  (akvatoriya)  
maydonlari  hisoblanadi.  Ularga  milliy  
bog‘lar, qo‘riqxonalar,  biosfera  rezervatlari,  
buyurtmaxonalar  kiradi  
Milliy  bog‘  –  alohida  muhofaza  etiladigan  hududlarning 
 eng  yiri k shakli  bo‘lib,  ilmiy,  madaniy,  estetik  yoki  
tarixiy  ahamiyatga  ega bo‘lgan  tabiat  komplekslarini,  
nodir  tabiat  obyektlari,  xushmanzara landshaftlarini  
saqlash  uchun  tashkil  qilinadi  va  tabiatni  muhofaza  
qilishning  maxsus  rejimi  bilan  saqlanadi.  Milliy  bog‘lar  
xorijiy  mamlakatlarda  hududlarni  muhofaza  qilishning  
asosiy  shaklidir.  «Milliy»  so‘zi mazkur  hududning  
xususiy  mulk  emas,  balki  butun  millatga  qarashli 
ekanligini  bildiradi  va  muhofaza  tadbirlari  davlat  
tomonidan  amalga oshriladi.     
Axborotning to‘liqligi tamoyili.  Geotizimlarning  
xususiyatlari  va rivoj lanishi  haqida  mutlaqo  
ishonchli,  ilmiy  asoslangan  ma’lumotga  ega 
bo‘lmasdan,  uni  o‘zlashtirishga  urinib,  osongina  
zarar  keltirish  mumkin.  Geotizimlar  haqida  aniq  
ma’lumotlarga  ega  bo‘lmay  turib,  amalga oshi rilgan  
tadbirlar  oqibatida  tabiatda  muayyan  o‘zgarishlar  
ro‘y  beradi, tabiatning  aks  ta’siri  unga  bo‘lgan  ta’sir 
 hajmidan  bir  necha  barobar oshib  ketishi  mumkin.  
Masalan,  Orol  va  Orolbo‘yidagi  ekologik  va 
     ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar.    Qo`riqxona  quriqlik  va   suvlarning 
o ` ziga xos landshaftlarini tabiiy holda 
saqlash uchun ajratilgan joylar bo`lib, 
xo`jalikda  undan  foydalanilmaydi. 
O`zbekistonda  qo`riqxonalarning 
umumiy maydoni 2164 km kvadratga 
teng.  Uning  asosiy  maqsadi 
tabiatning  noyob  diqqatga  sazovor 
qismlari  landshaftlarini  jamiyat 
manfaatlari  uchun  uzoq  vaqtgacha 
saqlashdan iboratdir    
Maxsus  qo`riqxonalarda  asosan  katta  ilmiy 
ahamiyatga  ega  bo`lgan  ayrim  tabiiy 
obyektlar muhofaza qilinadi. Masalan: 
      Orol  dengizidagi  Borsa  kelmas 
qo`riqxonasida  iqlimlashtirilgan  qulon, 
sayg`oq  va  jayronlarning  biologiyasi 
o`rganiladi.  Pitsun  qo`riqxonasida  asosan 
relikt  qarag`aylar  muhofaza  qilinadi. 
Chelyabinski  viloyatida  tashkil  etilgan  Ilmen 
qo`riqxonasida  noyob  minerallar,  Buxoro 
qo`riqxonasida jayron muhofaza qilinadi.     
Tarixiy  prinsip.  Tabiiy  qo`riqxona  eko 
sistemalari  hududiy  va  keng  biogeografik 
miqyosida  tirik  va  o`lik  tabiatni  bunyod 
etishning  tarixiy  rivojlanish  jarayonida  o`ziga 
xos etalon bo`lib xizmat qiladi.   
Zomin tog`-o`rmon qo`riqxonasi   Jizzax 
viloyatiga qarashli Turkiston tizmasining 
Guralash dovoni atrofida1926  –yil  10500  
gektar. Tog` landshafti va u yerdagi 
archazorlar hamda tog` echkisi, tog` qo`yi, oq 
tirnoqli ayiq. Sibir takasi kabi hayvonlar 
muhofaza qilinadi.  O`zbekistonda qo`riqxona 
tashkil qilishda asosan 

1970-yillardan boshlab e`tibor berila 
boshlandi    FLORA SI
Qo‘riqxonaning o‘simlik dunyosi juda rang-barang: 700 xildan ortiq o‘simlik, 
giyohlar o‘sadi. Shulardan ikkitasi «Qizil kitob»ga kiritilgan, 
        48  xili  esa  faqat  Turkiston  tog‘lari  uchun  xosdir.  Tabiiy  giyohlardan  bo‘znoch,  pushti 
radiola, qizilpoycha, qizilqon kabilarni topish mumkin bo‘lsa, manzarali o‘simliklardan 
chinnigul, yorongul, za’faron kabilarni; daraxtlardan chetan, yovvoyi olma va noklarni 
uchratish  mumkin. 
FA UNA SI
Qo‘riqxona  faunasi  o‘ziga  xos.  U nda  sudralib  yuruvchilarning  14, 
qushlarning  102  xilini  uchratish  mumkin.  Kamyob  qushlardan  sanalgan  govkaptar, 
dehqonchumchuq,  qumri,  qorayaloq,  Turkiston  ukkisi,  Turkiston  chug‘urchiqlari,  30 
turdagi  sut  emizuvchilar,  ikki  xil  suv  va  quruqlikda  yashov	
 chi  jonivorlar  shular 
jumlasidandir. Bu yerda juda g‘alati bir qush – patlari qora, sariq, yashil bo‘lgan, faqat 
archa  urug‘lari  bilan  oziq	
 lanadigan  archa  boltatumshug‘i  ham  yashaydi.  Qo‘riqxona 
hududidan  qo‘nim  topgan  8  turdagi  qush,  jumladan,  burgut,  boltayutar,  qora  kalxat, 
tasqara,  oq  boshli  qumoy,  yirtqichlardan;  oq  tirnoq	
 li  ayiq,  Turkiston  silovsini... 
O‘zbekiston  Respublikasi  «Qizil  kitobi»ga  kiritilgan.  Zomin  baland  tog‘larining  doi	
 miy 
hayvonlari qatoriga Turkiston silovsini, qora laylak, Markaziy Osiyo echkisi, oq tirnoqli 
ayiqlarni kiritish mumkin.  
C h otqol tog`-o`rmon qo`riqxonasi .  Toshkent 
viloyatidagi Chotqol tizmasida   1947 -yil  35000  
gektar.  Tog` landshafti  va u yerdagi o`simliklar 
(archa, yong`oq, xandon pista, qayin, jirg`anoq) 
hamda hayvonlar (tog` takasi, oq tirnoqli ayiq, 
to`ng`iz, tulki, Menzbir sug`uri, qor qoploni) 
muhofaza qilinadi.    VARDANZA . 

Buxoro viloyatining S h ofrikon o`rmon xo`jaligi 
hududida1955 -yil  324  gektar.  Qumli cho`l 
landshafti va u yerdagi o`simlik-hayvonlar 
hamda tarixiy yodgorlik-Vardanza shahar 
xarobalari muhofaza qilinadi.  
Qizilqum qo`riqxonasi   Buxoro viloyatiga 
qarashli Amudaryoning o`ng sohilida   1971 -yil. 
3500  gektar.  To`qay va cho`l landshafti undagi 
o`simlik va hayvonlar (Buxoro bug`usi-xongul, 
to`ng`iz, qirg`ovul) muhofaza   qilinadi .    
Bodayto`qay qo`riqxonasi .  Qoraqalpog`istonga 
qarashli Quyi  A mudaryoning o`ng sohilida  
1971 -yil.  6500  gektar.  Amudaryo qayirlaridagi 
to`qay landshafti va u yerdagi hayvonlar (Xiva 
qirg`ovuli, to`ng`iz, bo`rsiq, quyon, olachipor, 
qizilishton, Buxoro bug`usi)    muhofaza qilinadi  
Qizilqum qo`riqxonasiAmudaryoning o ` rta oqimida 
uning o ` ng sohilida  1971-  yilda tashkil etigan . 
Maydoni  3,9  ming gektar .  Qo ` riqxonada to ` qay va 
cho ` l landshaftlari kompleksi muhofaza qilinadi . 
Landshaft hosil qiluvchi o ` sim  liklar oq saksovul , 
cherkez ,  qandim ,  yulg ` un ,  to ` rong ` i ,  te  rak ,  jiyda ,  tol , 
bot  qoq yerlarda qamish vaboshqalar .  Hay  vonlardan 
endemik ,  Buxoro bug ` usi ,  xon  gul muhofaza qili  na  di . 
Boshqa hay  von  lardan to ` ng ` iz ,  tulki ,  bo ` ri bor . 
Qushlardan Amudaryo qirg`ovuli, saqoqush va 
o`rdaklar yashaydi Iqlimi keskin kontinental quruq. 
Yillik yog`in miqdori 8—100 mm.  Yanvar harorati —
5°C,-7"C, iyul +29°C.  
Zarafshon, 1975- yil O`zbekistonda, Zarafshon 
daryosining o`rta oqimida, maydoni 2330 ga. Daryo 
qayiri va qayir usti terrasasi, tekislik, mutlaq 
balandligi 620900 mKontinental, subtropik, o`rtacha 
yillik harorat + 13,8°C, iyulda +27,4°C, yanvarda —-
0,9°C, yillik yog`in 300 mmCho`l zonasidagi daryo 
o`zanlari to`qay ekotizimi; noyob o`sim liklardan ko`p 
yillik piyozsimon sovrinjon, shafran, ko`kterak, 
Turkiston do`lanasi, chakanda; hayvonlardan har xil 
kemiruvchilar—yumronqoziq, jayra, qunduz; 
qushlardan tustovuq va boshqalar muhofaza qilinadi  
Kitob davlat geologik qo`riqxonasi . 
Qashqadaryo viloyatida Hi s or tog` tizimining 
g`arbiy qismida1979 - yil.  5600  gektar. Y u ra 
davriga xos bo`lgan jinslarning tabiiy holda 
ochilib qolgan joylarini saqlash.    
Jizzah xalq (milliy) bog`i.  Jizzax viloyati, Zomin 
tumani hududida   1977 - yil.  31503  gektar. 
Rekreatsiya.   Chotqol-Ugom xalq bog`i. 
Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida 
joylashgan  1992 -yil.  Tog`oldi va tog` tabiiy 
komplekslarini saqlash va rekreatsiya hududi.

 Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda.

 Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.