SANOAT VA EKOLOGIK MUAMMOLAR
SANOAT VA EKOLOGIK MUAMMOLAR Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Sanoat tabiatga katta ta’sir ko‘rsatuvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi xo‘jalik tarmog‘i hisoblanadi.
Chunki sanoat tabiiy xomashyoni olish va uni qayta ishlashdan to yakuniy mahsulotga ega bo‘lguncha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi, shuningdek, ushbu jarayonga sanoat chiqindilarini atrof-muhitga tashlanishi ham kiradi.
Sanoat tarmoqlarining atrof-muhitga ta’siri yo‘nalishiga ko‘ra farqlanadi: – atmosferaning ifloslanishiga ta’sir qiluvchi tarmoqlar: issiqlik energetikasi, metallurgiya, neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish;
– suv resurslarini ifloslanishiga ta’sir qiluvchi tarmoqlar: kimyo, neft-kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, ko‘mir, sut-go‘sht sanoati;