Psixologiyaning Ilmiy tadqiqot me’todlari.Ko’zatish me’todi
Mavzu: Psixologiyaning Ilmiy tadqiqot me’todlari. Ko’zatish me’todi.
Metod so’zi – yunoncha methodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodalri haqida so’z boradi.
Avvalo metodlar haqida ikki og’iz so’z. Metod so’zi – yunoncha methodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodalri haqida so’z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo’lib hisoblanib, uzoq o’tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko’lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.