logo

PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA MA’LUMOT

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3481.9072265625 KB
PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA 
MA’LUMOT  KUN HIKMATI
“ Yo olim bo‘l, yo ilm oluvchi bo‘l, ularning orasidagi 
loqayd inson bo‘lma”.  PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA
Tinish  belgi  –  bizga 
o‘rtoq,
Matnda u yo‘lchiroq.
Har  birining  o‘rni 
bo‘lak,
Savodxonlikka saboq.
N ega t inish belgilari sv et oforga o‘xshat ily apt i? Ularning 
y ozma ishlardagi  o‘rni haqida gapiring.     Tinish  belgilarining  yozma  nutqda  qo‘llanish 
qoidalarini  o‘rganuvchi  bo‘lim  punktuatsiya  
deyiladi.  Savodxon  bo‘lish,  yozuv  madaniyatini 
egallash  uchun  tinish  belgilarini  to‘g‘ri  qo‘llay  bilish 
kerak.
O‘zbek tilida 10 ta tinish belgisi mavjud. BILIB OLING!  BILIB OLING!  To‘g‘ri, yo‘llarda yurish 
xavfli emas.
Soliha opang qayerda 
o‘qiydi? To‘g‘ri yo‘llarda yurish
xavfli emas.
Soliha, opang qayerda 
o‘qiydi?Tinish  belgilarining  o‘rni  o‘zgargandan  so‘ng  gaplar  ma’nosida  qanday 
o‘zgarish yuz berdi? Izohlang. TOPSHIRIQ  1. Umarjonning, Ominaning ukasining mikrosxemali 
roboti bor.
2. Umarjonning, Ominaning ukasining, mikrosxemali 
roboti bor.Tinish belgisining ma’no farqlashiga diqqat qiling. “ Robot
nechta? ” TOPSHIRIQ  TUMOR
 
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasida 
ishlagan kezlarim edi. Bir kuni avto ulovimiz loyga 
botib qoldi. Qancha urinsak  ham, chiqara olmadik. 
Mahalliy aholidan ko‘mak so‘radik. Qarangki, 
baxtimizga ular o‘zbeklar ekan. Ularning ota-
bobolari O‘zbekistondan bo‘lgan ekan. Bizni 
mehmon qilishdi. Matnni diqqat bilan o‘qing .  Tinish belgilariga e’tibor bering.  TUMOR
 
  Ularga yurtimiz haqida, Samarqand-u Buxoro, Toshkent 
haqida so‘zlab berdik. Ketar chog‘imizda bir ulug‘sifat kishi 
so‘radi: “Birodari aziz! Vatan tuprog‘idan bir nishona 
bormi?”
Birdan yodimga xaltamdagi paxta gulli chinni piyola keldi, 
ularga berdim. Oqsoqollari birma-bir qo‘llariga olib, tavof 
qilishdi. So‘ng butun boshli qavm navbat bilan shu piyolada 
suv ichishdi.
Men piyolani ularga hadya qildim. Ular esa piyolani mayda 
bo‘laklarga bo‘lib, taqsimlab olishdi.
–  Vatan tuprog‘idan tumor yasaymiz, uyimiz to‘riga qadab
qo‘yamiz…  MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR
 
2. Vatan sog‘inchi ifodalangan qanday film tomosha 
qilgansiz?1. Matn sizda qanday taassurot qoldirdi?
        3. Afg‘onistondan boshqa yana qaysi davlatlarda 
o‘zbeklar yashashini bilasizmi?   MUSTAHKAMLASH
//   - ushbu belgi o‘rniga zarur tinish belgilarini qo‘ying. 
  1.  Ularga yurtimiz haqida //  Samarqand-u Buxoro //
  Toshkent haqida so‘zlab berdik //
  2.  Ketar chog‘imizda bir ulug‘sifat kishi so‘radi //  “Birodari 
aziz //  Vatan tuprog‘idan bir nishona bormi  // ”
  3.   Birdan  yodimga  xaltamdagi  paxta  gulli  chinni  piyola 
keldi  //  ularga berdim  //        MUSTAHKAMLASH
Topshiriqning yechimi. 
  1.  Ularga yurtimiz haqida ,  Samarqand-u Buxoro ,
  Toshkent haqida so‘zlab berdik .
  2.  Ketar chog‘imizda bir ulug‘sifat kishi so‘radi :  “Birodari 
aziz !  Vatan tuprog‘idan bir nishona bormi ? ”
  3.   Birdan  yodimga  xaltamdagi  paxta  gulli  chinni  piyola 
keldi ,  ularga berdim .                          
Boshqa shahar yoki qishloqda yashayotgan 
tengdoshingizga maktub yozing. Maktubingizda 
o‘z joyingizda amalga oshirilayotgan 
bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari haqida 
gapiring. UY ISHI  E’TIBORINGIZ UCHUN
 RAHMAT

PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA MA’LUMOT

KUN HIKMATI “ Yo olim bo‘l, yo ilm oluvchi bo‘l, ularning orasidagi loqayd inson bo‘lma”.

PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA Tinish belgi – bizga o‘rtoq, Matnda u yo‘lchiroq. Har birining o‘rni bo‘lak, Savodxonlikka saboq. N ega t inish belgilari sv et oforga o‘xshat ily apt i? Ularning y ozma ishlardagi o‘rni haqida gapiring.

 Tinish belgilarining yozma nutqda qo‘llanish qoidalarini o‘rganuvchi bo‘lim punktuatsiya deyiladi. Savodxon bo‘lish, yozuv madaniyatini egallash uchun tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay bilish kerak. O‘zbek tilida 10 ta tinish belgisi mavjud. BILIB OLING!

BILIB OLING!