logo

Qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3146.4150390625 KB
Qarindoshlar va boshqa 
shaxslarning alime nt  
majburiy at lari.      1.  Bobo va buving o’z nevaralariga taminot  
berish majburiyati.
2.  Aka- uka va opa-singillarning voyaga 
yetmagan mehnatga layoqatsiz aka- uka va opa-
singillariga aliment berish majburiyati. 
3. O’gay ota va o’gay onaning o’gay o’g’il va o’gay 
qizlarga taminot berish majburiyati.     Oila  qonunchiligida  agar  ota-onalar 
o‘zlarining  voyaga  yetmagan
bolalariga  qonunda  nazarda  tutilgan 
sabablarga  ko‘ra  moddiy  ta’minot
berishga  qodir  bo‘lmasalar,  voyaga 
yetmagan  bolalarga,  shuningdek,
voyaga  yetgan  mehnatga  layoqatsiz, 
yordamga  muhtoj  shaxslarga  ta’minot
berish  majburiyati  sud  tomonidan 
ularning  qarindoshlari:  bobo,  buvi,
nevara,  aka-uka,  opa-singil,  qolaversa, 
o‘gay  ota  va  o‘gay  ona,  o‘gay  o‘g‘il
va  o‘gay  qiz,  doimiy  tarbiyada  bo‘lgan 
shaxslar  zimmasiga  yuklatilishi
mumkin      Oila kodeksining 123-moddasiga 
binoan, ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki
ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga 
yetmagan nevaralariga ta’minot
berish majburiyati yetarli mablag‘ga ega 
bo‘lgan bobo va buvi zimmasiga
yuklatilishi mumkin.
Bobo va buvi nevaralari bilan ularga 
moddiy ta’minot to‘lash
to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin. 
Bunday kelishuvga Oila kodeksi
XVII bobining qoidalari tatbiq etiladi. 
Kelishuv tuzilgan taqdirda, aliment
miqdori, shartlari va to‘lash tartibi 
belgilanadi.
Bobo va buvining aliment majburiyatlari 
aliment to‘lovchilarning
ikkinchi navbatdagi a’zolariga kirib, agar 
ular aliment to‘lovchilarning
birinchi navbatdagilaridan, yani ota-
onasidan ta’minot ololmaydigan
bo‘lsa, ularga yuklatiladi.      Nevaralarning aliment majburiyatlari shu turdagi huquqiy
munosabatlarning ikkinchi navbatiga kiradi. Bobo yoki buvi uchun 
aliment
faqat birinchi navbatdagi aliment majburiyatidagi shaxslardan –
o‘zlarining voyaga yetgan bolalaridan, er-xotinlar va sobiq er-
xotinlardan
undirish imkoni bo‘lmasa, u holda nevaralardan undiriladi.
Bobo va buvi uchun undiriladigan moddiy ta’minot nevaralarning
moddiy holatini pasaytirib qo‘ymasligi lozim.
Aliment to‘lovchi nevaralardan biriga da’vo qilinganda, bu da’volar
boshqa aliment to‘lovchi nevaralarni, shuningdek, boshqa ikkinchi
navbatdagi aliment to‘lovchilarni ham hisobga olishi lozim.
Bobo va buvi bilan nevaralar o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida
o‘zaro kelishuv bo‘lmagan taqdirda, bobo va buvi foydasiga 
nevaralardan
aliment undirish sud tartibida qonun asosida hal qilinadi.      125-modda. Ak a-uk a v a opa-
singillarning v oy aga y et magan 
y ok i v oy aga y et gan mehnat ga 
lay oqat siz ak a-uk a v a opa-
singillariga t a’minot  berish 
majburiy at i
Ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki ulardan 
ta’minot ololmaydigan voyaga 
yetmagan aka-uka va opa-
singillariga ta’minot berish 
majburiyati yetarli mablag‘ga ega 
bo‘lgan aka-uka va opa-singillar 
zimmasiga yuklatilishi mumkin. 
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, 
yordamga muhtoj aka-uka va opa-
singillarning ota-onasi, eri yoki xotini 
(sobiq eri yoki xotini) va voyaga 
yetgan mehnatga layoqatli bolalari 
bo‘lmasa yoxud ulardan ta’minot 
uchun mablag‘ ololmasa, ularga 
nisbatan ham bu majburiyat aka-uka 
va opa-singillarning zimmasiga 
yuklatilishi mumkin .     Aka-uka va opa-singillar aliment 
to‘lash to‘g‘risida o‘zaro kelishuv
tuzishlari mumkin. Bunday 
kelishuvga Oila kodeksining XVII 
bobi
qoidalari tatbiq etiladi. Kelishuvning 
shartlari, tartibi va alimentning
miqdori shu kelishuv bilan 
belgilanadi.
Kelishuv bo‘lmasa, aliment olish 
huquqi voyaga yetgan mehnatga
layoqatli aka-uka va opa-
singillardan faqat aliment undirish 
huquqiga ega
bo‘lgan voyaga yetmagan muhtoj 
va voyaga yetgan mehnatga 
layoqatsiz
muhtoj aka-ukalar va opa-
singillarda saqlanadi.      Oila kodeksining 127-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek,
o‘gay ota yoki o‘gay onaning tarbiyasida yoki ta’minotida bo‘lgan voyaga
yetmagan o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning ota-onasi yo‘q bo‘lsa yoxud o‘z
ota-onasidan yetarli mablag‘ ololmayotgan bo‘lsa, ularga ta’minot berish
majburiyati o‘gay ota yoki o‘gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Bu aliment majburiyati qon-qarindoshlik munosabatiga asoslangan
bo‘lmay, o‘gay ota yoki o‘gay ona tomonidan o‘gay bolalarni
tarbiyalaganlik yoki ta’minlaganlik yuridik faktiga asosan kelib chiqadi.
O‘gay bolalarga o‘gay ota yoki o‘gay ona tomonidan tarbiya va
ta’minot berilganlik yuridik fakti ularning bir oilada birga yashaganliklari
bilan tasdiqlanishi mumkin. Aliment majburiyatini belgilash uchun o‘gay
ota yoki o‘gay ona bilan o‘gay bolalarning uzoq vaqt birga yashagan
bo‘lishlari shart emas.
O‘gay ota yoki o‘gay ona bilan o‘gay bolalar o‘rtasidagi aliment
majburiyati ta’minot berish uchun majbur bo‘lgan boshqa qarindoshlar
bo‘lmagan holda vujudga keladi.           128-modda. O‘gay  o‘g‘il v a o‘gay  qizlarning o‘gay  ot a v a o‘gay  onaga 
t a’minot  berish majburiy at i
Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘gay ota va o‘gay onaning ota-
onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga 
layoqatli bolalari bo‘lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun mablag‘ 
ololmasa, ularga ta’minot berish majburiyati o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlar 
zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Agar o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni o‘gay ota va o‘gay ona besh yildan kam vaqt 
davomida tarbiyalagan va ta’minot bergan bo‘lsa, shuningdek ular o‘z 
majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan bo‘lsa, sud o‘gay o‘g‘il va o‘gay 
qizni o‘gay otasi va o‘gay onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod 
qilishga haqli.          129-modda. Qarindoshl ar v a 
boshqa shaxslardan undiriladigan 
aliment ning miqdori
Qarindoshlar va boshqa 
shaxslardan voyaga yetmagan 
bolalar uchun, shuningdek voyaga 
yetgan mehnatga layoqatsiz, 
yordamga muhtoj shaxslar ta’minoti 
uchun undiriladigan alimentning 
miqdori sud tomonidan aliment 
undirilayotgan shaxsning va aliment 
olayotgan shaxsning moddiy va 
oilaviy ahvolini hisobga olib, har 
oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy 
summada belgilanadi.
Aliment miqdorini belgilashda, talab 
aliment to‘lashi shart bo‘lgan 
shaxslarning barchasiga yoxud 
ularning bir nechtasiga yoki faqat 
biriga qaratilgan bo‘lishidan qat’i 
nazar, ana shu shaxslar hisobga 
olinadi.          
  Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi.[2021]

“ Yuridik adabiyotlar publish”.

2.Oila huquqi darslik.[2016]

Mualliflar  jamoasi:  N.F.  Imomov,  J.I.  Babayev,  B.R. 
Topildiyev, U.SH Shorahmedov, Q.M. Mehmonov .

Qarindoshlar va boshqa shaxslarning alime nt majburiy at lari.

1. Bobo va buving o’z nevaralariga taminot berish majburiyati. 2. Aka- uka va opa-singillarning voyaga yetmagan mehnatga layoqatsiz aka- uka va opa- singillariga aliment berish majburiyati. 3. O’gay ota va o’gay onaning o’gay o’g’il va o’gay qizlarga taminot berish majburiyati.

Oila qonunchiligida agar ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga qonunda nazarda tutilgan sabablarga ko‘ra moddiy ta’minot berishga qodir bo‘lmasalar, voyaga yetmagan bolalarga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, qolaversa, o‘gay ota va o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, doimiy tarbiyada bo‘lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin

Oila kodeksining 123-moddasiga binoan, ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga yetmagan nevaralariga ta’minot berish majburiyati yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan bobo va buvi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bobo va buvi nevaralari bilan ularga moddiy ta’minot to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin. Bunday kelishuvga Oila kodeksi XVII bobining qoidalari tatbiq etiladi. Kelishuv tuzilgan taqdirda, aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi belgilanadi. Bobo va buvining aliment majburiyatlari aliment to‘lovchilarning ikkinchi navbatdagi a’zolariga kirib, agar ular aliment to‘lovchilarning birinchi navbatdagilaridan, yani ota- onasidan ta’minot ololmaydigan bo‘lsa, ularga yuklatiladi.

Nevaralarning aliment majburiyatlari shu turdagi huquqiy munosabatlarning ikkinchi navbatiga kiradi. Bobo yoki buvi uchun aliment faqat birinchi navbatdagi aliment majburiyatidagi shaxslardan – o‘zlarining voyaga yetgan bolalaridan, er-xotinlar va sobiq er- xotinlardan undirish imkoni bo‘lmasa, u holda nevaralardan undiriladi. Bobo va buvi uchun undiriladigan moddiy ta’minot nevaralarning moddiy holatini pasaytirib qo‘ymasligi lozim. Aliment to‘lovchi nevaralardan biriga da’vo qilinganda, bu da’volar boshqa aliment to‘lovchi nevaralarni, shuningdek, boshqa ikkinchi navbatdagi aliment to‘lovchilarni ham hisobga olishi lozim. Bobo va buvi bilan nevaralar o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘lmagan taqdirda, bobo va buvi foydasiga nevaralardan aliment undirish sud tartibida qonun asosida hal qilinadi.