logo

Qashqadaryo viloyati

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

11736.056640625 KB
  Qashqadaryo viloyati    •
Qashqadaryo viloyati mamlakat hududining 6,4 foizini egallaydi. U 
yerda O‘zbekiston aholisining 9,6 foizi yashaydi. Respublikamizdagi 
asosiy neft va gaz konlari shu hududda joylashgan. Qashqadaryo 
yoqilg‘i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinda 
turadi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqariladigan 
elektroenergiyaning 1/10 qismini, yengil sanoat mahsulotlarining 7 
foizdan ortig‘ini beradi. Qulay tabiiy sharoiti tufayli ekin maydonlari 
katta. Viloyat jami ekin maydoni, xususan, g‘alla va paxta ekin 
maydonlari bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda turadi.   Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari
•
Bu viloyatda yillik o‘rtacha harorat O‘zbekistonning boshqa joylaridagidan 
birmuncha yuqori. Viloyatda 1 mln gektarga yaqin sug‘orishga yaroqli yer 
bor, biroq suv tanqis. Hatto suvdan eng samarali foydalanilganda ham ko‘p 
yerlarga suv yetib bormaydi. Shu tufayli aksar yerlarga bahorikor donli 
ekinlar ekilmoqda. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryo va uning chap 
irmoqlari — Oqsuv, Tanxozdaryo, Yak- kabog‘ va G‘uzordaryo suvi bilan 
sug‘oriladi. Vodiyda Chimqo‘rg‘on suv ombori qurilib, Qashqadaryoning 
o‘rta va quyi oqimida suv sarflanishining tartibga solinishi hamda Eski 
Anhor kanali orqali Zarafshondan suv keltirilishi natijasida obikor yerlar 
maydoni ancha kengaydi.   •
Tuproq va iqlim sharoiti ingichka tolali paxta, sabzavot, 
kartoshka va mevalar yetishtirishga qulay. Biroq 
G‘uzordaryo kamsuv bo‘lib, faqat bahor (aprel)da to‘lib 
oqadi. Uning oqimini tartibga solish maqsadida Pachkamar 
suv ombori qurilgan. Shuningdek, vohada Hisorak suv 
ombori, deyarli 1 million gektar maydonni sug‘ora 
oladigan Amu—Qarshi mashina kanali qurilgan. Bu kanal 
yo‘lida bir yarim milliard kub metr suv sig‘adigan 
Talimarjon suv ombori, kuchli nasos stansiyalari barpo 
etildi. Nasoslar suvni 132 metr yuqoriga ko‘tarib beradi.   Aholisi
•
Tabiiy, tarixiy va iqtisodiy sharoitlar shahar hamda 
qishloqlarning katta-kichikligiga, aholi zichligi va xo‘jalik 
faoliyatining xarakteriga jiddiy ta'sir etgan. Aholi punktlari 
daryo yoqalab tarkib topgan. To‘rt-besh xonadondan iborat 
qishloqlar ulkan hudud bo‘ylab sochilib ketgan. Yaqin- gacha 
uylar terak, archa, qayrag‘och, tosh, tuproq, somon kabi 
mahalliy ashyolardan qurilar edi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish 
jarayonida obod qishloqlar, shaharchalar qad ko‘tardi.  •
Qarshi cho‘li mintaqasida ixtisoslashgan paxtachilik, mevachilik, 
chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etilgan. Paxta yetishtirish majmuyi 
takomillashgan rayonga aylandi. Viloyat qishloq xo‘jaligida 
bahorikor don xo‘jaligi, yaylov chorvachiligi, ayniqsa, 
qorako‘lchilik katta salmoqqa ega. Viloyat bug‘doy yetishtirish 
bo‘yicha qadimgi mavqeyini tiklamoqda. Pillachilik, mevachilik va 
sabzavotchilik ixtisosli xo‘jaliklarning qo‘shimcha tarmoqlaridir.  •
Paxta, asosan, Kitob—Shahrisabz botig‘i va Qarshi vohasida ekiladi. 
Kuzgi don ekinlari yozgi issiq kunlar boshlanmasdan pishib ulguradi. 
Tabiiy sharoit tok hamda danakli meva daraxtlari uchun ham qulay. 
Qarshi uzumi, ayniqsa, uning «maska» navi shirinligi bilan mashhur. 
Olma, nok, anjir, anor kabi issiqsevar mevali daraxtlar ham o‘stiriladi. 
Mevazorlar, sabzavot va poliz ekin maydonlari ham, asosan, Kitob—
Shahrisabz botig‘ida bo‘lib, ulardan shu yerning o‘zida sharob, meva-
sabzavot konservalari ishlab chiqariladi.   •
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari:  g‘allachilik, paxtachilik, 
bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qo‘ychilik, pillachilik. •
Sanoati.  Qashqadaryo - mamlakat neft va gaz sanoatining tayanchi 
hisoblanadi. Qarshi cho’lining janubi g‘arbiy qismida vodorod sulfatidan 
gaz ajratib oladigan ulkan gaz sanoati markazi joylashgan.
•
Qashqadaryo viloyatida 150 ga yaqin sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. 
Ularning asosiy qismi neft va gaz, paxta tozalash, binokorlik, yengil hamda 
oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan.
•
Sanoatning asosiy tarmoqlari:  yoqilg‘i (neft va gaz), kimyo va gaz-kimyo. 
elektroenergetika, yengil va oziq-ovqat.   •
Yirik sanoat korxonalari Qarshi, Shahrisabz shaharlarida hamda ba'zi yirik 
qishloq va shaharchalarda joylashgan. Mahalliy sanoat palos, do‘ppi, qandolat 
kabi milliy hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Vohada neft, gaz, 
tuz kabi foydali qazilmalar negizida yoqilg‘i-energetika majmuasi shakllanib 
bormoqda. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning tarmoqlari tarkibida 
yoqilg‘i mahsulotlari katta qismni tashkil etadi.  •
Viloyatda yangi neft va gaz konlari ishga tushirilishi, «Toshg‘uzor-
Boysun-Qumqo‘rg‘on» temiryo‘lida qatnov yo‘lga qo‘yilishi 
natijasida dashtlarda, adirlarda ham sanoat obyektlari bo‘y 
cho‘zmoqda. Jumladan, Dehqonobodda yiliga 200 ming tonna kaliy 
o‘g‘it beradigan zavod qad rostladi. Yaqin istiqbolda zavod 
mahsulotining deyarli yarmi eksportga jo‘natila boshlaydi.   Ijtimoiy sohalar
•
Qashqadaryo viloyatida 250 dan ortiq tarixiy-me'moriy obida, 900 
dan ortiq arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati 
davlat muhofazasiga olingan. Shaharlari
•
Viloyatda 12 ta shahar bor. Qarshi viloyatning ma'muriy, madaniy 
markazi. Qadimiy karvon yo‘li ustida bunyod bo‘lgan mazkur shaharning 
2700 yillik tantanalari nishonlandi. Qarshi shahrining maydoni 75,5 kv. 
km ni tashkil etadi. Bugungi Qarshi ko‘p funksiyali shahar hisoblanadi. 
Shahardagi sanoat tarmoqlari tarkibida yengil sanoat va oziq- ovqat 
sanoati yetakchi o‘rin tutadi. Paxta tozalash zavodi, yog‘-sut zavodi, tikuv 
fabrikasi, qurilish materiallari, metallga ishlov beruvchi kombinatlar 
viloyat iqtisodiyotining rivojiga munosib ulush qo‘shib kelmoqda.   •
Hozirgi vaqtda Qarshi shahrida ko‘plab qo‘shma korxona faoliyat 
ko‘rsatmoqda. «Mevalar kamalagi» O‘zbekiston—Britaniya, «Qarshiyog‘» 
O‘zbekiston—Singapur qo‘shma korxonalari mahalliy xomashyoni qayta 
ishlash yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarmoqda.   •
Qarshi va uning tevaragida paxta, ipak, yog‘ zavodlari, metall ishlash 
korxonalari, tikuvchilik fabrikalari, binokorlik materiallari kombinati kabi 
korxonalar qurilib, Qarshi  sanoat tuguniga  aylandi. Cho‘lni o‘zlashtirishda 
Qarshi tayanch manzil hisoblanadi. Temiryo‘l va avtomobil yo‘llari 
Qarshida birlashadi. Bu hol Nishon, Talimarjon, Koson kabi shahar va 
shaharchalarning ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantiradi. Shaharda Qarshi 
davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent 
axborot texnologiyalar universitetining Qarshi filiali va boshqa ta’lim 
muassasalari bor.  •
Shahrisabz.  Shahar azaldan hunarmandchilikning yirik markazi bo‘lib 
kelgan. Shahrisabzning gilam do‘ppisi Parij ko‘rgazmasida yuqori 
baholangan. Paxta tozalash zavodi shahardagi yirik korxonalardan 
hisoblanadi. Shahrisabz buyuk jahongir Amir Temur tug‘ilgan yurt. 
Shahar qiyofasida qadimiy me'morchilik obidalari, shu jumladan, 
Oqsaroy yodgorligi ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Qashqadaryo viloyati

• Qashqadaryo viloyati mamlakat hududining 6,4 foizini egallaydi. U yerda O‘zbekiston aholisining 9,6 foizi yashaydi. Respublikamizdagi asosiy neft va gaz konlari shu hududda joylashgan. Qashqadaryo yoqilg‘i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinda turadi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 1/10 qismini, yengil sanoat mahsulotlarining 7 foizdan ortig‘ini beradi. Qulay tabiiy sharoiti tufayli ekin maydonlari katta. Viloyat jami ekin maydoni, xususan, g‘alla va paxta ekin maydonlari bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda turadi.

Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari • Bu viloyatda yillik o‘rtacha harorat O‘zbekistonning boshqa joylaridagidan birmuncha yuqori. Viloyatda 1 mln gektarga yaqin sug‘orishga yaroqli yer bor, biroq suv tanqis. Hatto suvdan eng samarali foydalanilganda ham ko‘p yerlarga suv yetib bormaydi. Shu tufayli aksar yerlarga bahorikor donli ekinlar ekilmoqda. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryo va uning chap irmoqlari — Oqsuv, Tanxozdaryo, Yak- kabog‘ va G‘uzordaryo suvi bilan sug‘oriladi. Vodiyda Chimqo‘rg‘on suv ombori qurilib, Qashqadaryoning o‘rta va quyi oqimida suv sarflanishining tartibga solinishi hamda Eski Anhor kanali orqali Zarafshondan suv keltirilishi natijasida obikor yerlar maydoni ancha kengaydi.