Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish, O’zbkistonda agrar siyosatni takomillashtirish yo’llari
Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish,O’zbkistonda agrar siyosatni takomillashtirish yo’llari .
REJA: 1.Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab – quvvatlashning mohiyati va zaruriyati 2.Qishloq xo’jaligini rivojlantirish va isloh qilish 3.O’zbekiston Respublikasining agrar siyosati va uni takomillashtirish yo’llari
Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab – quvvatlashning mohiyati va zaruriyati Qishloq xo‘jaligi respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Chunki, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarida istiqomat qiladi, yalpi ichki mahsulotning 19,4 foizi, valyuta tushumlarining yarmidan ko‘prog‘i ichki tovar aylanmasining asosiy qismi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Agrar munosabatlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatiar tizimining ajralmas, muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur munosabatlar qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish borasida huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlami ifoda etadi. Qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlari agrar munosabatlaming yadrosi hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish va isloh qilish O zbekiston ʻ Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag ishlangan ʻ videoselektor yig ilishi ʻ o tkazdi. ʻ