Qizil dengiz haqida umumiy tushuncha
Mavzu :Qizil dengiz haqida umumiy tushuncha. j
Buni hamma bilishni istaydi, chunki Qizil dengiz nomi berilmagan, chunki suvlar haqiqiy qizil rangga ega. Ushbu ism kelib chiqadi dengizda mavjud bo'lgan ba'zi siyanobakterial suv o'tlarining mavjudligi. Ehtimol, ushbu suv o'tlari va siyanobakteriyalar ushbu dengizda yuzaga keladigan qizil oqim uchun javobgardir. Qizil dengiz fasllari dengiz yuzasi yaqinida hosil bo'lgan mavsumiy chiqishlar tufayli yuzaga keladi. Bu suv o'tlari suvni qizil rangga bo'yaydiganlardir. Bu kabi qizil emas, lekin u qizg'ish. Ushbu hodisani Karib dengizi suvlarida ham kuzatish mumkin.
Hind okeanining materiklar oraligʻidagi dengizi. Afrika va Arabiston yarim orol oraligʻida. Misr, Sudan, Eritreya, Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlari qirgʻoqlariga tutash. Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeani, Suvaysh kanali orqali Oʻrta dengiz bilan tutashgan. Maydoni 460 ming km². Eng chuqur joyi 3039 m. Dengizning qirgʻoq chizigʻi tekis, shakli tektonik uzilma chegarasiga mos. Shimolida Suvaysh va Aqaba qoʻltiqlari, ular orasida Sinay yarim orol bor. Eng yirik oroli — Dahlak. Dengiz tubi relyefi xilmaxil, katta qismi soylik (chuq. 1000 m), uning oʻrta qismida tor va chuqur novlar bor. Chuq. 200 m gacha boʻlgan joylarda marjon va materik oroli koʻp. Dengiz tubining katta qismi kristalli zamindan iborat boʻlib, ustini 1–4 km qalinlikdagi ohaktosh va evaporitlar qoplagan
Iqlimi mussonli, biroq dengiz Arabiston yarim orol va Shim. Afrikadagi choʻllar oraligʻida joylashganligi uchun ancha quruq. Tez-tez changli tuman va saroblar boʻlib turadi. Qizil dengiz suvi iliq (32° gacha) va shoʻr (38—42%o) dengizlardan. Sababi Qizil dengizda bugʻlanish nihoyatda kuchli boʻlib, chetdan daryo quyilmaydi. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 0,6 m gacha). Chuqurlikdagi shoʻr suv Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeaniga oʻtib turadi.