logo

Qushlarning skeleti va muskullari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1909.3466796875 KB
         Zoologiya.
  Mavzu : Qushlarning 
skeleti va muskullari                  4.Q ushlarning  tashqi  tuzilishi:  tana  bo‘limlari,  pat 
qoplami  (pat  va  parlari)  tuzilishi,  qushlar  tuzilishini   
uchishga  moslashuvi,  skelet  muskullarining 
funksiyasini tushunadi va izohlay oladi .
5. Baliqlar,  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilar, 
sudralib  yuruvchilar,  qushlar    haqidagi  umumiy 
ma’lumotlarni biladi.   
6. Hayvonot  dunyosi va biologiya  faniga oid  bilimlarni 
tabiatdagi    va  inson  salomatligi  uchun  ahamiyatini, 
ularni muhofaza qilishni   yo‘llarini biladi .                  Ma`lumotlar.
1.Qushlar  -  havo  muhitiga  
moslashgan   issiqqonli  hayvonlar.
2.Qushlar  yuragi   to`rt   
kamerali. 
3.Kaptarning  gavdasi  bosh,   
bo`yin,  tana  va  oyoqlardan   
iborat.                 4.Boshi    yumaloq     harakatchang  
   bo`yin   orqali     tanasiga     
tutashgan.
5.Tumshug`ining   ustida   burun   
teshigi,   boshining    2  yonida  
ko`zlari   loylashgan.
  6.Qushlar  -  havo  muhitiga  
moslashgan   issiqqonli  hayvonlar.                 7.Qushlar  yuragi   to`rt   kamerali.
8.Kaptarning  gavdasi  bosh,   
bo`yin,  tana  va  oyoqlardan   
iborat.
9.Boshi    yumaloq     harakatchang 
    bo`yin   orqali     tanasiga     
tutashgan.                 10.Tumshug`ining   ustida   burun   
teshigi,   boshining    2  yonida  
ko`zlari   joylashgan.
11.Qushlar   uchganda    qanotlari   
ko`tarilish    yuzasini    hosil    
qiladi.
12.Qushlar  oyog`ining    pastki   
qismi  --   iligi  va    barmoqlari   
muguz   tangachali    dag`al   teri   
bilan    qoplangan.                 13.Qushlar   terisi   pat  bilan   
qoplangan.
14.Patlar  tuzilishiga  ko`ra   patlar 
  va  parlarga   bo`linadi.
15.Patlar  vazifasiga  binoan    
qoplag`ich, qoqish,    boshqarish, 
momiq  patlarga  bo`linadi.               II.Asosiy.     Yangi dars bayoni:
Skeleti. Ko‘k kaptar va boshqa qushlarning 
skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, qanot, 
oyoq hamda yelka va chanoq kamari  
skeletidan iborat.  Skeletning tuzilishi 
qushlarning uchishga moslashganligini aks 
ettiradi. Naysimon suyaklarning bo‘shlig‘ida 
havo bo‘lganligi tufayli juda yengil bo‘ladi. 
Bir qancha suyaklar qo‘shilib o‘sganligi 
tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchi-
larnikiga nisbatan ancha pishiq va mustah-
kam bo‘ladi.                                   Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko‘z 
kosasi, yuqori va pastki jag‘lardan iborat. 
Jag‘lar muguz bilan qoplangan tumshuqqa 
aylangan; tishlar bo‘lmaydi. Bosh skeletida 
faqat pastki jag‘ harakatchan bo‘ladi. 
Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun 
bo‘lib, o‘zaro harakatchan birikkan 
umurtqalardan tashki  topgan.Qushlarning   
bo`yin   umurtqalari  har  xil bo`ladi.
Bo`yni  juda  uzun  laylak,  turna, 
tuyaqushlarda, chumchuq  va  musucha-
larda   umurtqalar har    xil.                       Ko`k   kaptarning   bo`yin   umurqalari   
soni   7  ta  bo`ladi. Qushlar    boshini  
orqaga    180  gradusga   burishi,  tanasini   
qimirlatmasdan   va  egmasdan   atrofdagi   
oziqni    cho`qilashi  mumkin.Ko`krak   
umurtqalari  o`zaro    harakatsiz  
birikkan.Bel, dumg‘aza va dum umurtqalari 
o‘zaro birikib, yagona dumg‘aza suyagini 
hosil qiladi.  Dum suyagi qushlarning 
dumidagi burilish patlari uchun tayanch 
bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi ning ko‘krak 
bo‘limi qovurg‘alar va to‘sh suyagi bilan 
birga ko‘krak qafasini hosil qiladi.                   To‘sh suyagining pastki tomoni kengayib, 
qayiqqa o‘xshash ko‘krak toj suyagini hosil 
qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga 
keltiradigan muskullar birikadi. 
Qovurg‘alarning bir uchi ko‘krak 
umurtqalari, ikkinchi uchi to‘sh suyagi bilan 
harakatchan qo‘shilgan.                 Muskullari.  Bir juft katta ko‘krak 
muskullari massasi boshqa barcha muskullar 
massasiga teng keladi. Ko‘krak muskullarining 
bir uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi ko‘krak 
toj suyagiga birikadi. Katta ko‘krak muskullari 
qisqarganida qanotlar tushiriladi. O‘mrov 
muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar 
ko‘tariladi.                 Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari 
qushlarning yerda harakatlanishiga yordam 
beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali paylar o‘tgan. 
Paylar uchi barmoqlarga birikadi. Qush shoxga 
qo‘nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar 
siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi.Shuning  
 uchun  qidushlar   daraxt   shoxida  bemalol   
o`tirishi   va   yiqilib   tushmasdan   uxlashi   
mumkin.                   Izoh: mavzu  o`qitauvchi   
tomonidan   qo`lda   tayyorlangan  
ko`rgzma   yordamida   
tushuntiriladi.Bunda   qush    
suyaklari  alohida   qisimlarga   
ajratilgan  bo`lib   shakli,nomi   va   
joylashishi  o`quvchilarga  ko`rsatib  
beriladi.                 Biz  bu  mavzuni  yoritishda  qushlarning  
skelet  sistemasini  qismlarga  ajratib  
chizib  olamiz,  tayyor  rasmni  turli 
ranglarga bo`yab chiqamiz.Bundan   
maqsad   har  bir  qisimni  bir  biridan   
ajralib  turishiga  erishish.Ajratib  
bo`yalgan  qismlarni  qiyib, qattiq   
qog`oz  yordamida  sifatli  holatga  keltirib 
olamiz.Tayyor  ko`rgazmalarni   dars 
davomida  o`quvchilarga alohida  alohida  
ko`rsatib,   nomlarini  aytib,  qanday  
vazifani  bajarishini  tushuntirib,  ularni                    ketma-ket  o`z  joyiga  joylashtirish  orqali   
qushlarning  qo`lda  tayyorlangan  modelini  
tayyorlashimiz  mumkin. Mavzuni  bu  usul-
da  tushuntirish  orqali  o`quvchilarga   
qushlar  skeletida   qanday  suyaklar  borli-
gi,  ularni  shakli,  joylashishi va 
bajaradigan  vazifasini  tushuntirish.Shu  
bilan   birga   o`quvchilarda qushlar  
skeletining  o`ziga  hos  tuzilishi,  suvda  
hamda   quruqlikda  yashovchilar,  sudralib  
yuruvchilarnikidan  farqi, o`xshashlik  
tomonlari  haqida  ham  to`laroq  ma`lumot 
 berish  mumkin.
                  I V. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 
I.Savol-javob orqali mavzuning asosiy 
mazmunini takrorlash amalga oshiriladi. 
II. Guruhlarda  ishlash  yakunlarini  chiqarish 
  va  o`quvchilarni   baholash. 
     
           Izoh: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan 
yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan 
baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan 
savollarga javob qaytaradi.
 
          VI. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu 
savollariga javoblar tayyorlash.                 1.Qushlarning   
skeleti  qanday   
qismlardan   tashkil 
topgan ? 2.Skelet   
tuzilishining    qaysi   
xususiyatlari   
uchishga  
moslashganligi  bilan  
bog`liq ?
3.Bosh   skeleti   
qanday   suyaklardan  
iborat ?                 4.Qaysi suyaklar 
  ko`krak 
qafasini  hosil   
qiladi ?
5.Qanot  
skeleti  qanday 
 suyaklardan  
iborat ?                    6.Oyoq  
skeleti  
qanday  
suyaklardan  
iborat  ?    
7.Qushlarning  
 qaysi   
muskullari   
kuchli  
rivijlangan ? 8.Qaysi   
suyaklar  
naysimon  
suyaklar   
hisoblanadi ?                    9.Qushlarning   toj   suyagi   qanday  
shakilda,ularga  qanday  muskullar  
birikkan ?
10. Qushlarning qanot   kamari  skeleti  
qanday   qismlardan   tashkil topgan ?

Zoologiya. Mavzu : Qushlarning skeleti va muskullari

4.Q ushlarning tashqi tuzilishi: tana bo‘limlari, pat qoplami (pat va parlari) tuzilishi, qushlar tuzilishini uchishga moslashuvi, skelet muskullarining funksiyasini tushunadi va izohlay oladi . 5. Baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar haqidagi umumiy ma’lumotlarni biladi. 6. Hayvonot dunyosi va biologiya faniga oid bilimlarni tabiatdagi va inson salomatligi uchun ahamiyatini, ularni muhofaza qilishni yo‘llarini biladi .

Ma`lumotlar. 1.Qushlar - havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar. 2.Qushlar yuragi to`rt kamerali. 3.Kaptarning gavdasi bosh, bo`yin, tana va oyoqlardan iborat.

4.Boshi yumaloq harakatchang bo`yin orqali tanasiga tutashgan. 5.Tumshug`ining ustida burun teshigi, boshining 2 yonida ko`zlari loylashgan. 6.Qushlar - havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar.

7.Qushlar yuragi to`rt kamerali. 8.Kaptarning gavdasi bosh, bo`yin, tana va oyoqlardan iborat. 9.Boshi yumaloq harakatchang bo`yin orqali tanasiga tutashgan.