logo

Rossiya Federatsiyasining xo'jaligi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34273.020507812 KB
Rossiy a Federat siy asining xo'jaligi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм     Rossiya Federatsiyasi YIM hajmi bo‘yicha jahonda 6-o‘rinda turadi 
(2018-y.). Mamlakat iqtisodiyoti industrial xarakterga ega.
Pul birligi - Rubl    Sanoat i. 
Rossiyada sanoatning ko‘plab tarmoqlari yaxshi rivojlangan, 
ammo sanoat va butun iqtisodiyotining tayanchi yoqilg‘i-
energetika majmuasi hisoblanadi.      Rossiya neft zaxiralari bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni, ko‘mir zaxiralari 
bo‘yicha 2-o‘rinni, tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha esa 1-o‘rinni 
egallaydi (2020-y.).      Bir necha yillardan buyon Rossiya neft va tabiiy gaz qazib olish 
hajmi bo‘yicha jahonning yetakchi 3 ta mamlakati qatoridan joy 
olgan.      Ko‘mir va uranni qazib olishda ham dunyoda ancha yuqori 
o‘rinlarda turadi.      Yoqilg‘ining umumiy eksporti bo‘yicha esa Rossiya jahondagi 
yetakchi davlat hisoblanadi. Neft va tabiiy gaz eksporti 
Rossiyaning davlat byudjeti uchun eng yirik daromad manbaidir.     Mamlakat yoqilg‘i sanoatining eng yirik rayoni G‘arbiy Sibir 
hisoblanadi.    Elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya dunyoda 
Xitoy, AQSH va Hindistondan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi (2020-
yilda 1 trln 85 milliard kW•h).     Elektr energiyasining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab 
chiqariladi (64%). Shu bilan birga GESlarning ulushi 17% ga, atom 
elektr  stansiyalarining hissasi 19% ga teng.
Issiqlik elektr stansiyasi Gidro elektr stansiyasi Atom elektr stansiyasi        Qora metallurgiya ham Rossiya sanoatining tayanch tarmoqlaridan biridir. 
Rossiya dunyoda temir rudasini qazib olish bo‘yicha 5-, cho‘yan eritish 
bo‘yicha 4-, po‘lat eritish bo‘yicha 5-, po‘lat eksporti bo‘yicha esa 3-o‘rinda 
turadi.    Yiliga 70 mln 
tonnadan 
ortiq po‘lat 
eritilib, 30 
mln 
tonnadan 
ko‘proq 
qismi 
eksport 
qilinadi 
(2018-y.). 
Vladimir Putin metallurgiya kombinatida    Qora metall ishlab chiqarish asosan uchta yirik temir rudasi 
havzalari — Kuznetsk, Magnitogorsk va Kursk magnit 
anomaliyasiga tayanadi. 
123
Kusk magnit anomaliyasiMagnitogorsk temir ruda koni     Tarmoqning yirik markazlari: Magnitogorsk, Chelyabinsk, 
Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk.
1
34
5
26
G‘arbi y  Sibi r Met allurigy a Kombinat i (N ov ok uznet sk )Magnit ogorsk  Met allurigy a Kombinat i        Rossiya yuqori darajada rivojlangan rangli metallurgiya sanoatiga 
ham ega. Uning asosiy mahsulotlari — alyuminiy, nikel, mis, oltin, 
kumush, rux va qo‘rg‘oshin. 
Alyuminiy Nikel Mis
Oltin
Kumush Rux Qo‘rg‘oshin          Jumladan, u dunyoda alyuminiy va nikelni eritish bo‘yicha 2-
o‘rinda, ularning eksporti bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.
Alyuminiy zavodi
Nikel zavodi       Oltin qazishda esa 3-o‘rinda turadi (2018-y.). Rangli 
metallurgiyaning eng yirik korxonalari Sharqiy Sibirda joylashgan 
(66-rasm). 
Oltin koni
Norilsk nikel zavodi        Bunda Yenisey va Angara daryolarida qurilgan yirik GESlarning 
ahamiyati katta.
Yenisey daryosidagi GES
Angara daryosidagi GES       Mashinasozlik sanoati Rossiyada ko‘p tarmoqli tarkib va keng 
geografiyasi bilan ajralib turadi.      Mamlakat 
mashinasozligi 
aviakosmik 
texnika, energetika 
qurilmalari, 
poyezd, kema, 
yengil va yuk 
avtomobillar, 
qishloq xo‘jaligi 
uchun mashinalar, 
turli dastgohlarni 
ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan.
aviakosmik texnika Mashinasozlik tarmoqlari
energetika qurilmalari poyezd vagonlari
kema
yengil avtomobil
yuk avtomobili
qish loq xo‘jaligi mashinalari turli dastgohlar           Avtomobilsozlikning eng yirik korxonalari Tolyatti, Nijniy 
Novgorod, Moskva, Naberejniye Chelni, Ulyanovsk shaharlarida 
joylashgan. 
123
45   Av t omobilsozlik ning eng y irik  k orxonalari
                   “ AvtoVAZ” (Tolyatti)                   “ GAZ” (Nijniy-Novgorod)                   “ Moskvich” (Moskva)
                   “ NAMI” (Moskva)                   “ KAMAZ” (Naberejniya Chelni)                   “ UAZ” (Ulyanovsk)         Mamlakatning eng katta avtomobil zavodi — Tolyatti shahridagi 
“AvtoVAZ” korxonasidir  (67-rasm).     Kimyo sanoatining eng muhim mahsuloti turli mineral o‘g‘itlar 
hisoblanadi. Barcha turdagi mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish 
bo‘yicha Rossiya jahonda Xitoydan keyingi 2-o‘rinni egallaydi, azot 
va kaliy o‘g‘itlarini eksport qilishda ham dunyo mamlakatlari 
orasida 2-o‘rinda turadi (2018-y.)    Mineral o‘g‘itlar sanoatining tayanch markazlari Voskresensk, 
Kingisepp, Dzerjinsk, Novomoskovsk, Solikamsk, Berezniki
shaharlari hisoblanadi.
5
62
1
4
3
“ Uralkaliy” (Berezniki) “ Novomoskovsk azot zavodi”    Selluloza-qog‘oz sanoati Rossiyaning ko‘plab shimoliy regionlarida 
rivojlangan. Tarmoqning eng yirik korxonalari Arxangelsk, Irkutsk, 
Kirov oblastlari, Krasnoyarsk va Perm o‘lkalarida joylashgan.
1
43
25
Kondopoga kombinatiSvetogorsk kombinati     Qishloq xo‘jaligi. 
Rossiya dunyo mamlakatlari orasida eng katta yer fondiga ega, biroq qishloq 
xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar uning 10% dan ziyodroq qismini tashkil 
etadi, xolos (qishloq xo‘jaligi yerlarining maydoni bo‘yicha Rossiya jahonda 
Xitoy va AQSHdan keyingi 3-o‘rinni egallaydi).     Mamlakatning har bir rayonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turining ma’lum 
to‘plami joylashgan bo‘lib, u ushbu rayon ixtisosligini belgilaydi. Farqli 
tomonlari tabiiy sharoitga (o‘simliklarning yorug‘lik, issiqlik va namlik bilan 
ta’minlanganligiga) bog‘liqdir.       Dehqonchilikning eng muhim tarmog‘I donchilik hisoblanadi. 
Donchilik asosan mamlakat janubi va janubi-g‘arbini egallagan
dasht va o‘rmon-dasht zonasida yaxshi rivojlangan.     Don ekinlarining yalpi hosili bo‘yicha Rossiya jahonning yetakchi 5 
ta  davlatlari qatoriga kiradi va don, xususan,  bug‘doy eksporti 
bo‘yicha dunyo miqyosida ajralib turadi  (68-rasm).     Don 
ekinlaridan 
tashqari 
Rossiyada 
qandlavlagi, 
kartoshka,
kungaboqar, 
zig‘ir ham 
muhim qishloq 
xo‘jalik ekinlari 
sanaladi.
qandlavlagi Dehqonchilik
kartoshka
kungaboqar
zig‘ir        Chorvachilikning 
asosiy tarmoqlari 
qoramolchilik, 
cho‘chqachilik, 
parrandachilik, 
qo‘ychilik 
hisoblanadi. 
Shimoliy 
hududlarida 
bug‘uchilik, dasht, 
cho‘l va tog‘li 
o‘lkalarida esa 
yilqichilik 
rivojlangan. Chorvachilik       Baliq ovlash asosan Bering, Oxota, Yapon, Barens, Boltiq va Kaspiy 
dengizlarida rivojlangan.
2
34
5
6 1         Transport i. 
Rossiyada transportning barcha turlari yaxshi rivojlangan, lekin transport 
yo‘llarining zichligi mamlakatning turli qismlarida keskin farq qiladi. Buning 
asosiy sabablari tabiiy-iqlim sharoiti va aholi zichligi bilan bog‘liq.       Yuk aylanmasida eng katta ulush temir yo‘l va quvur 
transportlariga to‘g‘ri keladi.      Temir yo‘llarining uzunligi bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSH va 
Xitoydan keyingi 3-o‘rinni, elektrlashtirilgan temir yo‘llarining 
uzunligi bo‘yicha esa Xitoydan keyingi 2-o‘rinni egallaydi.     Jahondagi  eng uzun temir yo‘l Moskvani Vladivostok bilan 
bog‘laydigan Transsibir magistrali hisoblanadi.
Moskva
Vladivostok    Mamlakatning ayrim rayonlarida ayniqsa shimoliy o‘lkalarida 
daryo transportining ahamiyati yuqori. Lekin daryolar bir necha oy 
davomida muzlashi hisobiga kemalar asosan yozda harakat qiladi.      Volga daryosi Rossiyaning Yevropa qismida daryo transporti 
tarmoqlarining o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi. U turli irmoq va kanallar 
orqali Boltiq, Oq va Azov dengizlari bilan bog‘langan.
Boltiq
Oq
Azov    Rossiyaning 7 ta 
shahrida 
(Moskva, Sankt-
Peterburg, 
Nijniy 
Novgorod, 
Samara, 
Yekaterinburg, 
Novosibirsk va 
Qozon) 
metropoliten 
faoliyat 
ko‘rsatmoqda.Metropoliten
MoskvaSankt-Peterburg Nijniy Novgorod SamaraYekaterinburg, Novosibirsk Qozon   Xizmat ko‘rsatish sohalari
2019-yilda 
mamlakatga 
24,4 million 
sayyoh kelgan 
bo‘lib, 
ularning soni 
bo‘yicha 
Rossiya 
Yevropada 9- 
o‘rinni 
egalladi.
Moskva Davlat Universtiteti Kreml qal’asiQizil maydon (Kreml soati va Pokrov sobori)
Pokrov sobori (Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi) Ermitaj muzeyi          Iqt isodiy  ray onlari. 
Markaziy-Qoratuproqli
Sharqiy SibirShimoliy-g‘arbiy
Markaziy
Shimoliy Kavkaz
Shimoliy
Uzoq Sharq Ural
KaliningradVolgabo‘yi
G‘arbiy Sibir Volga-Vyat Rossiya 
Federatsiyasi 
rasman 12 ta 
iqtisodiy 
rayonlarga 
bo‘linadi. Ulardan 
eng yiriklari 
Markaziy, Shimoli-
g‘arbiy, Ural, 
Volgabo‘yi, G‘arbiy 
Sibir, Sharqiy Sibir, 
Uzoq Sharq 
rayonlaridir.     Mamlakat iqtisodiy rayonlari orasidagi tafovutlar asosan tabiiy 
sharoit va resurslar hamda tarixiy rivojlanishining xususiyatlari 
bilan bog‘liq.   © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko  – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent 
– “O‘zbekiston” – 2019

Rossiy a Federat siy asining xo'jaligi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Rossiya Federatsiyasi YIM hajmi bo‘yicha jahonda 6-o‘rinda turadi (2018-y.). Mamlakat iqtisodiyoti industrial xarakterga ega. Pul birligi - Rubl

Sanoat i. Rossiyada sanoatning ko‘plab tarmoqlari yaxshi rivojlangan, ammo sanoat va butun iqtisodiyotining tayanchi yoqilg‘i- energetika majmuasi hisoblanadi.

Rossiya neft zaxiralari bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni, ko‘mir zaxiralari bo‘yicha 2-o‘rinni, tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha esa 1-o‘rinni egallaydi (2020-y.).