logo

Xo'jaligi, transporti, ichki tafovutlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2590.103515625 KB
Xo'jaligi, transporti, ichki 
tafovutlari   •
Xitoy yillik ishlab chiqarilayotgan sanoat 
mahsulotlari hajmiga ko‘ra jahonda uchinchi 
o‘rinda turadi. Ammo ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelish 
ko‘rsatkichlariga ko‘ra, u oddiy rivojlanayotgan 
davlatlar darajasidadir. Shuni ta’kidlash 
lozimki, so‘nggi yillarda Xitoy iqtisodiyoti 
ancha tez o‘smoqda.   •
YIM ishlab chiqarishda industrial tarmoqlar hissasi 
41 % ni, qishloq xo‘jaligi 12 % ni, xizmat ko‘rsatish 
sohasi 47 % ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy 
aylanmasi 2012-yilda 2300 mlrd. AQSH dollarini yoki 
jahon bo‘yicha 7,9 % ni tashkil etdi. Shundan, 1290 
mlrd. dollarga teng qismi (56,1 %) eksportga to‘g‘ri 
keladi. Sanoati hozirgi tarmoqlarning deyarli barcha 
turlariga ega. Hozirgi industriyasining asosini neft va 
neft kimyosi, atom energetikasi, samolyotsozlik, 
avtomobilsozlik, elektrotexnika, metallurgiya kabi 
eng ilg‘or sanoat tarmoqlari tashkil qiladi.  Sanoat geografyasi
•
Sanoat geografyasida ham katta o‘zgarishlar 
sodir bo‘ldi. Agar Xitoyda XX asrning 70 – 80-
yillarida sanoat korxonalarining 2/3 qismidan 
ko‘prog‘i dengiz- bo‘yi hududlarida 
joylashgan bo‘lsa, hozir industrial 
qurilishlarning asosiy qismi mamlakatning 
kam o‘zlashtirilgan ichki rayonlarida olib 
borilmoqda. Hozirgi vaqtda Xitoyda 750 
mingdan ziyod sanoat korxonalarining 
mavjudligi va ularda 70 mln. dan ortiq ishchi-
xizmatchilarning ish bilan bandligi 
ko‘rsatkichlarining o‘zi ham mamlakatda 
sanoat rivojlanishi darajasining tobora o'sib 
borayotganligini isbotlaydi.   Yoqilg'i-energetika sanoati
•
Sanoatning tayanch tarmog‘i – yoqilg'i-energetika sanoatidir. 
Yiliga 1,4 mlrd. t dan ortiq ko‘mir qazib chiqarilmoqda. Uning 
asosiy konlari shimoli- sharqiy va sharqiy Xitoyda joylashgan. 
Xitoyda 2012-yilda 300 mln. t ga yaqin neft (shimoli-sharqiy va 
sharqiy Xitoy hamda Sariq dengiz shelflaridan) qazib olindi. 
Xitoy ishlab chiqaradigan elektroenergiya miqdoriga ko‘ra 
jahonda AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni 
egallaydi. Tarmoqda turli yoqilg‘ilar asosida ishlaydigan IES lar 
salmog‘i eng yuqoridir. Uning hissasiga ishlab chiqarilayotgan 
jami elektroenergiyaning 4/5 qismi to‘g‘ri keladi. IES larda 
yoqiladigan yoqilg‘ilarning 3/4 qismi esa ko‘mirdan iborat.   Metallurgiya majmuyi
•
Xitoyda metallurgiya majmuyining deyarli barcha tarmoqlarini 
rivojlantirish imkoniyati bor. Undagi qora va rangli metall konlari 
birlamchi energiya manbalariga nisbatan juda qulay joylashgan. 
Qora metallurgiya sanoati tarmoqlar orasida yetakchilik qiladi. 
•
Metall mahsulotlarining asosiy qismini esa Anshan, Baotou, 
Bensi, Baoshan, Pekin, Uxan, Shanxay kabi bir qator to‘la siklli 
metallurgiya kombinatlari ishlab beradi. Umuman, Xitoy hozirgi 
vaqtda 400 mln. t dan ortiq po‘lat ishlab chiqarmoqda. Bu 
ko‘rsatkichga ko‘ra u jahonda birinchi o‘rinni egallaydi. Rangli 
metallurgiyaning asosini aluminiy, mis, qo‘rg‘oshin, rux kabi 
sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Xitoy rangli metallurgiyasining 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalar Xitoyning 
sharqiy va shimoli-sharqiy rayonlarida joylashgan.    Mashinasozlik sanoati
•
Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez 
rivojlanmoqda. Xitoyda televizorlar, maishiy 
xizmat texnikasidan tortib avtomobillar, 
kompyuterlar, turli o‘lchov va elektrotexnika 
mahsulotlarigacha ishlab chiqarilmoqda. 
Mashinasozlik sanoati markazlari Shanxay, 
Shenyan, Tyanszin, Pekin, Chanchun, Xarbin 
va boshqalardir.   Kimyo va yengil sanoat
•
Kimyo, neft-kimyo va qurilish materiallari sanoati 
mamlakatni mineral o‘g‘itlar, maishiy-ro‘zg‘or 
mahsulotlari, sement kabi mahsulotlar bilan ta’-
minlashda katta yutuqlarga ega. Mamlakatda 300 mln. t 
dan ortiq neft qayta ishlanmoqda.  
•
Yengil va oziq-ovqat sanoati Xitoyda hamisha yetakchi 
sanoat tarmoqlaridan bo‘lib kelgan. Ayniqsa, to‘qimachilik 
sanoati bu borada katta ko‘rsatkichlarga ega. Jumladan, 
ip-gazlama sanoati (bu tarmoq to‘qimachilik 
mahsulotlarining 90 % ini yetkazib bermoqda) ishlab 
chiqarishda Xitoy jahonda eng yirik davlat hisoblanadi.   Qishloq xo`jaligi
•
Qishloq xo'jaligi. Hozirgacha qishloq xo‘jaligi mamlakat 
iqtisodiyotining eng muhim sohasi bo‘lib kelmoqda. Unda 400 
mln. dan ortiq mehnat yoshidagi aholi ish bilan band. Xitoy 
qishloq xo‘jaligining asosiy qismi dehqonchilikdir. 
•
Unda esa donchilik tarmog‘ining salmog‘i eng katta. Jami ekin 
maydonlarining 80 % i turli donli ekinlar bilan band. XXI asr 
boshida mamlakat bo‘yicha 450 mln. t dan ortiq don 
mahsulotlari hosili olindi.
•
Jahon bo‘yicha hisoblaganda cho‘chqalarning 40 % i, turli ish 
hayvonlari (ot, ho‘kiz, tuya va boshqalar) ning 20 % i, qo‘y va 
echkilarning 16 % i Xitoyga to'g'ri keladi. 
   Transporti
•
Transporti. Hozirgi vaqtda 60 ming km ga cho‘zilgan mamlakat 
temiryo'llarida yil davomida tashilayotgan turli xo‘jalik yuklari va 
yo‘lovchilarning teng yarmi ana shu tarmoq hissasiga to‘g‘ri 
kelmoqda. U, ayniqsa, Xitoyning markaziy rayonlaridan to eng 
chekka g‘arbiy qismlarigacha yoyilgan hududlarini birlashtiradi. 
Uning temiryo‘llari O‘zbekiston orqali o‘tadigan qadimiy Buyuk ipak 
yo‘li mamlakatlarini bir-birlari bilan bog‘lashda ham katta 
ahamiyatga egadir. 
•
Avtomobil transporti – Xitoyning ikkinchi transport tarmog‘i relyef 
sharoiti juda og‘ir bo‘lgan baland tog‘ yoki cho‘l rayonlarigacha 
kirib borganligida ko‘zga tashlanadi. Mamlakatning dengiz qirg‘og‘i 
bo‘yi rayonlarini bog‘lashda va tashqi iqtisodiy aloqalarini olib 
borishda dengiz transporti asosiy o'rin tutadi. Shu bilan birga, 
Xitoyda hozirgi zamon transportining boshqa an’anaviy (daryo, 
quvur, havo, elektron) hamda noan’anaviy (ot-ulov, arava, 
velosiped kabi) tarmoqlaridan ham keng foydalaniladi.   Ichki tafovutlari
•
Ichki tafovutlari. Xitoyni Sharqiy, Markaziy va G‘arbiy 
iqtisodiy rayonlarga bo‘lish mumkin. Shularning ichida 
Sharqiy iqtisodiy rayon o‘zining tabiiy, ijtimoiy, demografk 
va iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra har tomonlama 
peshqadamlik qiladi. Mazkur rayonda mamlakat 
doirasida sanoat mahsulotining 95 % i, qishloq xo‘jalik 
mahsulotining 91 % i, YIM ning 93,5 % i ishlab chiqariladi. 
Bu o‘rinda, ayniqsa, dengizbo‘yi hududlari, yirik 
shaharlar: Shanxay, Pekin, Tyanszin, Guanchjou erkin 
iqtisodiy zonalar sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Xo'jaligi, transporti, ichki tafovutlari

• Xitoy yillik ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmiga ko‘ra jahonda uchinchi o‘rinda turadi. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, u oddiy rivojlanayotgan davlatlar darajasidadir. Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda Xitoy iqtisodiyoti ancha tez o‘smoqda.

• YIM ishlab chiqarishda industrial tarmoqlar hissasi 41 % ni, qishloq xo‘jaligi 12 % ni, xizmat ko‘rsatish sohasi 47 % ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanmasi 2012-yilda 2300 mlrd. AQSH dollarini yoki jahon bo‘yicha 7,9 % ni tashkil etdi. Shundan, 1290 mlrd. dollarga teng qismi (56,1 %) eksportga to‘g‘ri keladi. Sanoati hozirgi tarmoqlarning deyarli barcha turlariga ega. Hozirgi industriyasining asosini neft va neft kimyosi, atom energetikasi, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, metallurgiya kabi eng ilg‘or sanoat tarmoqlari tashkil qiladi.