logo

Sayfi Saroyi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

566 KB
Sayfi Saroyi
•
Sayfi Saroyi XIV asrda 
yashab ijod qilgan 
turkiy adabiyot 
vakillaridan biridir. 
•
U adabiyotimizda shoir 
va tarjimon sifatida o’z 
o’rniga ega.  •
Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Sayfi Saroyi 1321 yilda Qamishli 
yurtida tug’ilgan. Qamishli-Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi. 
Ammo u nom Vo lga bo’yida ham ko’p uchraydi. U Qamishlidan bilimini 
oshirish  uchun Saroyga  keladi. Saroy-Oltin O’rda davlatining poytaxtidir. 
Muhammad ibn Arabshohning yozishicha, «Saroy tutgan o’rni va 
xalqining juda ko’p bo’lishi bilan eng katta shaharlarning birisi edi. U fan 
markaziga aylandi. Oz vaqti ichida bu yerda ko’plab atoqli, mashhur 
kishilar to’plandi». Ular orasida Qutbiddin ar-Roziy, Ma’sud Taftazoniy, 
Kamoliddin at-Turkmaniy, Hofiz ibn Bazzoziylar bor edi. SHuningdek, 
mashhur shoir Kamoliddin Xo’jandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda 
yashab ijod etganligi yaxshi ma’lum. SHoir shu yerda yashab turgan 
davrida «Saroyi» degan taxallusini olgan. Sayfi uning ismi bo’lib, «Qilich» 
degan ma’noni bildiradi . /B.To’xliev. 9-sinf. 189-190-betlar/.  •
Sayfi Saroyining yashab ijod qilib o’tgan davri 
tarixda O’zbekxon o’g’li Tinibek va 
Jonibeklarning hukmronligi davriga to’g’ri 
keladi. XIII asrdagi mo’g’ullar istilosi 
mamlakatni izdan chiqargan edi. Bu bosqin 
tufayli ko’plab kishilar qirildi. Ko’plab 
shoirlar o’zga yurtlarga ketib qoldi. Sayfi 
Saroyi ham shulardan biri edi. U shunday 
yozadi: •
O’sib tuprog’im uzra nayzalar, men evdin ayrildim,
•
Va tandin benishon o’ldimda, o’zga yurtga evrildim.
•
Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor?
•
Iloho ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim. •
Demak, Sayfi Saroyi Movarounnahrda, Oltin 
O’rda davlatining poytaxti Saroyda yashab 
ijod qilgan. Misr va Turkiyada ham yashagan. 
«Guliston bit-turkiy» kitobidagi quyidagi 
misralar  shoirning  Misr  maliklaridan 
birining xizmatida bo’lganligi, qarib qolganligi 
tufayli o’z vataniga ketish uchun malikdan 
ruxsat so’raganidan dalolat beradi: •
Ilohiy bu qari miskin qulingni,
•
Bag’ishla ko’rguzub to’g’ri yo’lingni.
•
Maliklar rasmidir dilshod qilmoq,
•
Qarisa qullarin ozod qilmoq.
•
Qari yorli quling Sayfi Saroyi,
•
Faqiru benavo lutfing gadoyi.
•
Ani lutfing bilan dilshod qilg’il, 
•
Bag’ishlab yozuqin ozod qilg’il. •
Adib taxminan 1396 yilda vafot etgan.
•
Sayfi Saroyining o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga 
qo’shgan hissasi bebahodir. Undan bizgacha, bir 
qancha g’azal, qasida, qit’a, ruboiylar, «Suhayl va 
Guldursun» dostoni, «Sinbondnoma», «Guliston» 
kabi asarlarining erkin tarjimalari yetib kelgan. 
Bulardan tashqari, Sa’diy «Guliston»i tarjimasiga 
kiritilgan original she’riy parchalar, masnaviylar ham 
Sayfi Saroyi qalamiga mansubdir. SHoir g’azallarida 
shakl va mazmun birligini birinchi o’ringa qo’yadi. 
SHoirning «SHoirlar ta’rifida» degan masnaviysida 
ijodkorlarga talabchan munosabatda bo’ladi: •
Jahon shoirlari, ey gulshani bog’,
•
Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.
•
Kimi to’ti tegin chaynar shakarni,
•
Kimi lafzi bilan o’rtar durarni.
•
Kimining so’zlari mavzunu shirin,
•
Kimining loyiqi ta’rifi tahsin. 
•
Kimi o’zganing ash’orin menim der,
•
Kimi hayvon kabi shalg’am cho’pin yer.
•
Kimi ma’ni tuzub vaznin tuzotur,
•
Kimi vaznin buzub, san’at kuzotur. •
Sayfi Saroyining lirik she’rlari miqdor jihatdan juda 
oz. Devon tariqasida tartib berilmagan. Bizgacha 
undan faqat «Gulistoni bit-turkiy» asarining kirish 
qismidagi va so’nggi varaqlaridagi «Ko’ngul», 
«Topulmas», «Ko’zlaring», «Taolalloh zehi surat», 
«Ul yuzi oy», «Yangi oy»,  «Qamar yuzingdin», 
«Erur», «Tutar», «Meningtek nechalar hayron», 
«Ko’rinur» kabi g’azallari va bir «Bahor tasviri» 
she’ri yetib kelgan. SHu she’rlar ham shoir she’riyati 
haqida ma’lum tasavvur uyg’otadi. •
Sayfi Saroyi she’rlariga nazar solsak, mavzu 
jihatdan turlicha ekanligini ko’ramiz. Ishq-
muhabbat, vafodorlik va sadoqat mavzulari 
yetakchilik qilgani holda, odamiylik, inson 
qadr-qimmati, ijtimoiy mavzular ham 
uchraydi. SHoir so’z o’yinlaridan mahorat 
bilan foydalanadi. «Erur» radifli g’azali bu 
jihatdan xarakterlidir: •
Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
•
Bo’yina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur.
•
Og’zi fistuq, ko’rki tangsuq, o’zi mushfiq yor erur,
•
Husnining chovi Xitou CHin ichinda bor erur.
•
Asli alchin, so’zlari chin, ko’zlari totor erur,
•
Ming yashar har kim dudog’i sharbatin totor erur...
•
Va sfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur,
•
Andin o’zga birla oshiqqa yemak osh, or erur. •
Sayfi Saroyi g’azallari o’zining ohangdorligi, 
sodda va o’ynoqiligi bilan ham ajralib turadi.
•
Yangi oydur qoshing, ey ko’rka boyim,
•
Qilur ta’zim yuzungni ko’rsa oyim.
•
Su ichkanda dudog’ingdan su tomsa,
•
Bitar qandu shakar ul yerda doyim... •
SHoir yaxshilikni ilgari suradi. Yo monlik qilganga ham yaxshilik qil deydi:
•
Yamonlik qilgan erga, ezgulik qil,
•
Qopar it og’zini luqma otadur.
•
Sayfi Saroyining bunday qarashlari «Gulistoni bit- turkiy»da keltirilgan 
baytlarda ham ko’rinadi.
•
Etganicha kuching ko’ngul yopqil,
•
Kim xaloyiq senga duo qilg’ay.
•
Tushgan er hojatin ravo qilsang,
•
Haq sening hojating ravo qilg’ay.
•
Yo ki:
•
Sindirur bo’lsa urib oltin qadahni katta tosh,
•
Sinmas oltin qiymati, ortmas bahosi toshning. •
Sayfi Saroyi shoir Xorazmiyning tabiat 
go’zalligini madh qilgan bir g’azaliga nazira 
tariqasida yigirma to’rt baytlik qasida ham 
yozgan. Uning bu qasidasi Iskandariya 
hokimiga bag’ishlangan. U bizgacha yetib 
kelgan o’zbek tilida yozilgan XIV asr 
qasidasining ilk namunasidir. •
Sayfi Saroyining «Suhayl va Guldursun» dostoni ham xarakterlidir. Bu 
doston haqida manbalarda ma’lumot yo’q edi. 1966-67 yillarda farg’onalik 
 Kamolxon Sultonov degan kishining qo’lida saqlangan qo’lyozma asosida 
u topildi. Bu qo’lyozmada Sayfi Saroyiga zamondosh Tug’lixoja 
Xorazmiy, Mavlono Ishoq Xorazmiy, Mavlono Ahmad Urganjiy kabi 
shoirlarning bir qancha g’azallari berilgan. So’nggida Sayfi Saroyining 
ikki bayti, uch qit’asi va 82 bayt-164 misradan iborat «Suhayl va 
Guldursun» dostoni berilgan. Bu liro-epik asardir. Doston asosida 
dunyoviy ishq yotadi. Sevgida vafodorlik, mardlik tarannum etiladi. 
Manbalarda qayd etilishicha, doston 1394 yilda yozilgan. Asar 
Nizomiyning «Xisrav va SHirin», Navoiyning «Mehr va Suhayl» asarlarini 
eslatadi. Dostonning qisqacha syujeti shunday: Amir Temur Urganchga 
hujum qiladi. Ko’p kishi asir olinadi. Ular orasida Suhayl ham bor edi. 
Temurning qizi Guldursun Suhaylni ko’rib sevib qoladi. Guldursun 
qorovullarni mast qilib, Suhaylni banddan  ozod qiladi. Ular qochadilar. 
Sahroda ochlik va suvsizlikdan Guldursun holsizlanib qoladi. Uzoq 
qishloqqa suv izlab ketgan Suhayl qaytib kelganda Guldursun vafot etgan 
bo’ladi. Dahshatga tushgan Suhayl shunday qarorga keladi: •
Menga yaxshi bukun  yor birla o’lmak,
•
Na lozim g’am bilan dunyoda qolmak.
•
U o’ziga tig’ sanchadi va halok bo’ladi. 
SHamol bo’lib, ularning jasadini qumlar bilan 
ko’madi.
•
Suhayl oh urdi, shu dam qo’pdi bo’ron,
•
Aningtekkim, buzuldi charxi davron.
•
Alar uzra to’kildi, ko’mdi tuproq,
•
Bu sirni tanho sahro bildi ko’proq. •
Sayfi Saroyining bulardan tashqari, Sa’diyning 
«Guliston» asarini tarjimasi hisoblangan 
«Gulistoni bit-turkiy» asari  ham yetib kelgan. 
Olimlarimizning qayd etishicha, hijriy 793, 
melodiy 1390-91 yillarda tarjima qilingan bu 
asar fors-tojik shoiri Sa’diy SHeroziyning 
«Guliston» asarining o’zbek tilidagi eng 
birinchi ijodiy tarjimasidir. Sa’diy bu asarni 
1258 yilda yozgan edi. •
Sayfi Saroyi «Gulistoni bit-turkiy» asarining jahon 
bo’yicha birdan-bir nusxasi Leyden universitetining 
kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qo’lyozmaning 
fotonusxasi  Moskva va Toshkentda ham 
saqlanmoqda. Farg’onada topilgan «Yo dgornoma»da 
bor.. Sayfi Saroyi «Guliston»ning asosiy mag’zini 
olib uni o’z zamonasi ruhini aks ettiruvchi yangi 
hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan to’ldirib, ona tilida 
xalqiga taqdim etadi. Sayfi Saroyi «Guliston»idagi 
hikoyatlar quyidagi boblarga bo’lingan: •
Birinchi bob-sultonlar haqidagi hikoyatlar.
•
Ikkinchi bob-faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar.
•
Uchinchi bob-qanoatning foydasi haqidagi hikoyatlar.
•
To’rtinchi bob-sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar.
•
Beshinchi bob-ishqdagi yigitlik sifati haqidagi hikoyatlar.
•
Oltinchi bob-qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida.
•
Ettinchi bob-tarbiyaning ta’siri haqida.
•
Sakkizinchi bob-suhbat odoblari haqida. •
Har hikoyatning oxirida masal yoki falsafiy chekinishlar mavjud. Masallar, 
to’rtlik, baytlar shoirning mulohazalarini tasdiqlash uchun xizmat qilgan.
•
Asardagi hikoyatlar mavzulari rang-barang bo’lganidek, obrazlar ham 
xilma-xildir. SHohlar, vazirlar, amaldorlar, ruhoniylar, olimlar, 
hunarmandlar, dehqonlar, darveshlar, o’g’rilar, pahlavonlar, savdogarlar va 
boshqalar. SHartli tarzda nomlanuvi «Asir, podsho va vazir» haqidagi (asir 
podshoni so’kishi, ikki vazir ikki xil talqin etishi), («Podsho va uch 
o’g’li») kichik o’g’ilning ko’rimsiz, ammo jasurligi), «Malik, qul va 
kema», «No’shiravon va kiyik ovlash», «Tosh bilan bog’liq hikoyat», 
«Pahlavon va shogirdi» (shogirdning xiyonati va 360 usul), «Pahlavon va 
so’kish», «O’g’ri, shoir va itlar» kabi hikoyatlar xarakterlidir.
•
Umuman, «Gulistoni bit-turkiy»dagi hikoyatlarni o’qish, undagi mazmun 
va mohiyatni anglash, hikoyatlardagi qiziqarli tasvirlar har bir o’quvchini 
o’ziga rom eta oladi.

Sayfi Saroyi • Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod qilgan turkiy adabiyot vakillaridan biridir. • U adabiyotimizda shoir va tarjimon sifatida o’z o’rniga ega.

• Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Sayfi Saroyi 1321 yilda Qamishli yurtida tug’ilgan. Qamishli-Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi. Ammo u nom Vo lga bo’yida ham ko’p uchraydi. U Qamishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. Saroy-Oltin O’rda davlatining poytaxtidir. Muhammad ibn Arabshohning yozishicha, «Saroy tutgan o’rni va xalqining juda ko’p bo’lishi bilan eng katta shaharlarning birisi edi. U fan markaziga aylandi. Oz vaqti ichida bu yerda ko’plab atoqli, mashhur kishilar to’plandi». Ular orasida Qutbiddin ar-Roziy, Ma’sud Taftazoniy, Kamoliddin at-Turkmaniy, Hofiz ibn Bazzoziylar bor edi. SHuningdek, mashhur shoir Kamoliddin Xo’jandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi ma’lum. SHoir shu yerda yashab turgan davrida «Saroyi» degan taxallusini olgan. Sayfi uning ismi bo’lib, «Qilich» degan ma’noni bildiradi . /B.To’xliev. 9-sinf. 189-190-betlar/.

• Sayfi Saroyining yashab ijod qilib o’tgan davri tarixda O’zbekxon o’g’li Tinibek va Jonibeklarning hukmronligi davriga to’g’ri keladi. XIII asrdagi mo’g’ullar istilosi mamlakatni izdan chiqargan edi. Bu bosqin tufayli ko’plab kishilar qirildi. Ko’plab shoirlar o’zga yurtlarga ketib qoldi. Sayfi Saroyi ham shulardan biri edi. U shunday yozadi:

• O’sib tuprog’im uzra nayzalar, men evdin ayrildim, • Va tandin benishon o’ldimda, o’zga yurtga evrildim. • Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor? • Iloho ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim.

• Demak, Sayfi Saroyi Movarounnahrda, Oltin O’rda davlatining poytaxti Saroyda yashab ijod qilgan. Misr va Turkiyada ham yashagan. «Guliston bit-turkiy» kitobidagi quyidagi misralar shoirning Misr maliklaridan birining xizmatida bo’lganligi, qarib qolganligi tufayli o’z vataniga ketish uchun malikdan ruxsat so’raganidan dalolat beradi: