“Silikon vodiysi…” matni ustida ishlash
“ Silikon vodiysi… ” mat ni ust ida ishlash
35.1-mashq. Minbarda nutq so‘zlash topshirig‘ini bajarishda sinfdoshlaringiz qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi yoki siz ulardan nimalarni o‘rgandingiz – shularni alohida varaqqa belgilab qo‘ying. Aniqlangan kamchiliklar keyingi nutqlarda takrorlanmasligiga harakat qiling.
Topshiriq. Matn bilan tanishib chiqing.
(1) Elektron va kompyuter texnikasi sanoati obyektlari, ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari to‘plangan, yuqori malakali mutaxassislar, ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o‘zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. Biroq bunday hududning borligi allaqachon haqiqatga aylanib ulgurgan. Bu makon ilm ahli tomonidan Silikon vodiysi nomi bilan yuritiladi. Silikon vodiysi (Silicon valley) nomini kaliforniyalik tadbirkor Ralf Verst o‘ylab topgan. Muomalaga esa atama jurnalist Don Xofler tomonidan 1971-yilda kiritilgan.
O‘shanda «Electronic News» haftalik gazetasida AQSHning Silikon vodiysi mavzusiga bag‘ishlangan turkum maqolalarida shu nom qo‘llangandi. Nega yuqori texnologiyalar hududi Silikon vodiysi deb nomlanadi, degan savolga ham javob tayyor. Bu yerda faoliyat yuritadigan korxonalarda mikrosxemalar uchun yarimo‘tkazgichlar qismlarini ishlab chiqarishda asosiy material sifatida kremniydan foydalaniladi. Kremniy esa inglizcha «silicon» so‘zidan olingan