logo

Sudralib yuruvchilarning koʻpayishiga taʼsir etuvchi cheklovchi omillar 2

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

362.0654296875 KB
Mavzu: Sudralib yuruvchilarning ko payishiga ʻ
ta sir etuvchi cheklovchi omillar 	
ʼ

Reja

Kirish

Sudralib yuruvchilar sinfi haqida

Asosiy qism

Umumiy tushunchalar

Tashqi muhitdagi orni

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati 	
ʻ                 Sudralib yuruvchilar – birlamchi quruqlikda yashovchi hayvonlar. 
Terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tuxumini quruqlikka 
qo‘yadi. O‘pka orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar, 
toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi. 
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osiyoning 
cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki 
yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich 
hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib yashaydi, turli 
hasharotlar bilan oziqlanadi. Ildam kaltakesakning uzunligi dumi 
bilan birga 15–20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan, 
qisqa bo‘yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita 
burun teshigi, undan orqaroqda – boshining ikki yonida ko‘zlari 
joylashgan                                  
Ko‘zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash 
pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib va yopilib 
turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo 130 8.3. Sudralib 
yuruvchilar sinfi namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan 
doirasimon nog‘ora parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak 
juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rmalayotganda chiqadigan tovushni 
ham sezadi. Kaltakesakning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. U 
uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi. 
Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon 
tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib turmaydi. Shuning 
uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi 
yurishga yordam beradi. Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar 
bilan qoplangan.                                  
  Ichki tuzilishi. Kaltakesakning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan baqanikiga 
o‘xshasa-da, ayrim organlari undan farq qiladi. Xususan, uning boshi 8 ta 
umurtqalar orqali tanasiga harakatchan birikkan. Ko‘krak umurtqalarining 
har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurg‘alar tutashgan. 
Qovurg‘alarning ikkinchi uchi esa to‘sh suyagiga tutashgan. Ko‘krak 
umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi birgalikda ko‘krak qafasini hosil 
qiladi. Ko‘krak qafasida o‘pka va yurak joylashgan. Kaltakesak faqat o‘pkasi 
orqali nafas oladi. Kaltakesakning o‘pkasi baqanikiga nisbatan murakkab 
tuzilgan, ya’ni o‘pka devori ko‘plab katakchalarga bo‘lingan.                  
Ko‘payishi va rivojlanishi. Sudralib yuruvchilarning tuxumi urg‘ochisi jinsiy yo‘lida urug‘lanadi. 
Erkagining spermatozoidlari urg‘ochisining kloakasiga tushadi. Sudralib yuruvchilarda boshqa haqiqiy 
quruqlikda yashovchi hayvonlar singari ichki urug‘lanish sodir bo‘ladi. Urg‘ochi kaltakesak 5 dan 15 
tagacha urug‘langan tuxumlarini oftob tushib turadigan joyga qo‘yadi. Tuxumlar tuproqqa yuzaroq 
qilib ko‘mib qo‘yiladi. Tuxumlar ancha yirik va sariqligi ko‘p bo‘lib, sirti qalin po‘choq bilan 
qoplangan. Po‘choq tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Tuxumning sariqligi rivojlanayotgan murtak 
uchun oziq hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan voyaga yetgan hayvonga o‘xshaydigan kichik kaltakesak 
chiqadi. Regeneratsiyasi. Agar yirtqich hayvon kaltakesak dumidan tutib oladigan bo‘lsa, u dumining 
bir qismini tashlab, qochib qoladi. Uzilib qolgan dum birmuncha vaqt qimirlab turadi. Bu hodisa dum 
umurtqalaridan birining o‘rtasidan sinishi natijasida yuz beradi. Keyinroq dum yana qaytadan o‘sib 
chiqadi, ya’ni regeneratsiya sodir bo‘ladi.                                  Xulosa 

Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo‘lma va bitta qorinchadan 
iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan suvda hamda quruqlikda 
yashovchilarnikidan farq qiladi. Shunga qaramay, ular organizmida moddalar 
almashinuvi sust boradi. Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo‘lganidan 
tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shunga ko‘ra sovuq tushishi 
bilan ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt 
bo‘lib qoladi. Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining 
tuzilishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshaydi. Lekin tana 
muvozanatini saqlaydigan va harakatini boshqaradigan miyachasi ancha kuchli 
rivojlangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda 
yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi.

Mavzu: Sudralib yuruvchilarning ko payishiga ʻ ta sir etuvchi cheklovchi omillar ʼ  Reja  Kirish  Sudralib yuruvchilar sinfi haqida  Asosiy qism  Umumiy tushunchalar  Tashqi muhitdagi orni  Xulosa  Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati ʻ

Sudralib yuruvchilar – birlamchi quruqlikda yashovchi hayvonlar. Terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tuxumini quruqlikka qo‘yadi. O‘pka orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osiyoning cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib yashaydi, turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15–20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo‘yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroqda – boshining ikki yonida ko‘zlari joylashgan

 Ko‘zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo 130 8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rmalayotganda chiqadigan tovushni ham sezadi. Kaltakesakning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. U uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi. Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi. Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan.