logo

Suzishning rivojlanish tarixi va istiqbollari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3476.3818359375 KB
Mavzu:Suzishning rivojlanish tarixi va istiqbollari.  
Reja.
1.Suzishning rivojlanish tarixi.
2.  O’zbekistonda suzish sportining kelib chiqishi.
O’zbekistonda birinchi suzish havzalarining tashkil topishi.  
Suzish  bo‘yicha  sport  musobaqalari  1-  Olimpiya  o‘yinlarida  (1896-  yilda) 
Angliyada  o‘tkazilgan.  Shu  paytdan  boshlab  suzish  barcha  olimpiada  o‘yinlarining 
dasturidan  munosib  joy  olib  kelmoqda.  Darhaqiqat,  ilgari  suzish  bo‘yicha 
musobaqalar  hozirgidek  o‘tkazilmasdi.  Musobaqalar  ochiq  havzalarda,  anhorga 
o‘xshash joylarda o‘tkazilar, ammo suzish yo‘lakchalari, start tumbochkalari bo‘lmas 
edi.
 
Suzishni bilgan odam chuqurlikdan qo‘rqmaydi, hatto xavfsiramay, bilmagan joydagi 
suvga ham tushib ketaveradi. Daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga qanday 
o‘tish haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi. Cho‘kayotgan odamga yordam bera oladi.   
Suzishning  yana  bir  foydali  tomoni  —  u  qon 
aylanish  tizimi  ish  faoliyatini,  nafas  olishni 
yaxshilaydi,  tana  a’zolarining  tekis 
rivojlanishiga  yordam  beradi,  organizmning 
shamollashlarga  qarshi  chidamliligini  oshiradi. 
Bulardan  tashqari,  kishilarning  dam  olishi  va 
hordiq  chiqarishlarida,  kayfiyatini  ko‘tarishda, 
ishchanlik faoliyatini oshirishda bundan yaxshi 
vosita yo‘q, desa ham bo‘ladi.  
Suvda  suzish  mashqlari  nerv  faoliyatini  rivojlantiribgina  qolmay,  balki 
jismoniy  sifatlarning  oshishiga  ham  katta  yordam  beradi.  Masalan,  11 
yoshdan  17  yoshgacha  bo‘lgan  yosh  suzuvchi  sportchilar  ikki  yil  davomida 
muntazam  tekshirilganda,  ularda  kuch,  tezlik,  chidamlilik,  chaqqonlik  va 
egiluvchanlik sifatlari keskin darajada o‘sib borgani aniqlandi.
 
Suzishning  turlari  juda  ko‘p:   amaliy,  sinxron,  suv  ostida  suzish,  o‘yinli 
suzish va suvga sakrash.  
O’zbekistonda  suzish  sportining  boshlang’ich  rivojlanish  davri  1924-25  yillarga  to’g’ri  keladi. Ya’ni 
bu  yillarda  birinchi  marta  gidrostantsiyalar  qurila  boshladi.  Masalan:  Toshkentda  Bo’zsuv  to’g’on 
bilan to’sildi, natijada suv ombor hosil qilindi. Bu esa o’z navbatida, sevimli dam olish va cho’milish 
joyi bo’lib qoldi. Sal keyinroq esa bu suv omborda ikkita suv stantsiyalari qurilib, suzish basseyn iva 
balandlikdan  sakrash  ustunlari  bunyod  etildi.  1927  yilning  yozida  respublikada  birinchi  marta  shu 
stantsiyada  Toshkent  va  Samara  (hozirgi  Kuybishev)  shaharlari  o’rtasida  suzish  bo’yicha  musobaqa 
bo’lib  o’tdi.  Bu  esa  1928  yilda  bo’ladigan  1-butun  ittifoq  spartakiyadasiga  qatnashuvchi  O’zbekiston 
terma komandasiga a’zo bo’luvchi suzuvchilarni saralashda yordam berdi. Nihoyat O’zbekiston terma 
komandasining  suzuvchilari  juda  bo’sh  ishtirok  etib:  Turkmaniston  komandasidan  yuqorilab  16 
o’rinni egalladilar.    
Bu  spartakiada  O’zbekistonning  Buxoro,  Andijon,  Toshkent,  Farg’ona  va  boshqa 
shaharlarida  ham  suzish  sportining  rivojlanishi  uchun  turtki  bo’ladi.  60  yillarda 
Toshkent  to’qimachilik  kombinati  qoshida  stadion  va  uzunligi  50m  suvi  isitiladigan 
ochiq basseyn qurilib ishga tushirildi. 
 
1935 yili Andijonning sun’iy suv havzasida birinchi marta suv sporti bayrami o’tkazilib, 
bunda  suzish  bo’yicha  respublika  birinchiligi  uchun  musobaqa  o’tkazildi.  Andijon, 
Qo’qon,  Toshkent,  Farg’ona  shaharlarining  eng  kuchli  suzuvchilari  o’zaro  kuch 
sinashdilar.  Birinchilikda  Aleksandr  Vaginin  (Toshkent),  Nikolay  Zokirov  (Toshkent), 
Valentin Mixaylov (Toshkent), ikolay Dovidenko (Andijon) respublika chempioni degan 
unvonga sazovor bo’ldilar. Aslida ularning ko’rsatkichlari 2 razryaddan yuqori emas edi.   
1936  yilning  oxirida  Toshkentdagi  temir  yo’lchilar  istirohat  bog’ida  uzunligi  25m 
ochiq  basseyn  qurib  bitkazildi  va  1937  yildan  boshlab  u  erda  birinchi  marta  suzish 
bo’yicha bolalar sport maktabi (DSSh) tashkil etildi va uning treneri qilib V.Mixaylov 
tayinlangan edi. 
 
1939  yili  Toshkent  shahrida  6  gektarlik  katta  ko’l  va  istirohat  bog’i  barpo  qilindi. 
Unda  tashkil  qilingan  ikkita  suv  stantsiyalari  Dinamo  va  Spartak  uzoq  yillar 
respublika  terma  komandasi  suzuvchilari  uchun  asosiy  baza  bo’lib  xizmat  qildi.  Shu 
erda  respublikamizning  dastlabki  trenerlari  etishib  chiqdi  va  ishladi.  Bular: 
A.K.Smirnov, V.T.Zondarenko, N.T.Shul’jenko, V.N.Mixaylov va boshqalar.   
1939  yili  O’zbekistonda  suzish  bo’yicha  respublika  federatsiyasi  tuzildi,  unga 
K.Smirnov  Rais  etib  tayinlandi.  1948  yili  birinchi  marta  Qozoqiston  va  O’rta 
Osiyo respublikalarining komandalari o’rtasida suzish bo’yicha musobaqa bo’lib, 
respublikamiz terma komandasi birinchilikni olgan.
 
1948-1949  yillar  mobaynida  Andijon,  Namangan  va  Qo’qon  shaharlarida  25m 
ochiq  basseyn  qurib  ishga  tushirilib  ular  qoshida  o’smirlar  maktabi  (DVSSh) 
ochildi.   
Respublikada  yangidan-yangi  qobiliyatli  yosh  sportchi  suzuvchilar  etishib  chiqa  boshladi. 
Alla Mixaylina, Tamara Potapova, Aleksandr Arxipov, Yuriy Frolov kabilar shular jumlasidandir. 
Masalan,  Frolov  1974  yili  batterflyay  usulida  (2  32)  suzib  sobiq  ittifoq  chempioni  rekordchisi 
bo’ldi. 
 
1960  yillarga  kelib  Toshkentda  bir  nechta  yirik  basseynlar  qurila  boshlandi.  Bularga  1979 
yili  O’zbekiston  Davlat  Jismoniy  tarbiya  instituti  qoshida  tashkil  etilgan  25x12  mm  suvi 
isitiladigan  ochiq  basseyn,  1962  noyabr  oyida  mehnat  rezervlariga  qarashli  ko’ngilli  sport 
jamiyati  (DSO)  qoshida  barpo  etilgan  12x12  yopiq  basseyn  1974  yilning  mart  oyida  ochilgan 
«Mehnat» jamiyatiga qarashli 20x21 yopiq basseyn 1963 yili ishga tushirilgan.  
Armiya sport klubining 20x21 mm ochiq basseyn va 1963 yili Navoiy shahrida tashkil etilgan 
20x21 mm ochiq basseynini imsol keltirish mumkin. Oradan ko’p vaqt o’tmay bularning samarasi 
ko’zga tashlana boshladi. 
 
O’zbekiston  sportchi  suzuvchilari  o’z  mahoratlarini  oshira  borib  yangi  marralar  sari  yuqori 
pog’onalarga ko’tarila boshladilar. 
 
Chunonchi,  respublikamiz  suzuvchilari  1966,  1969  yillarda  sobiq  ittifoq  xalqlarining  1  va  2 
spartakiyadalarida  qatnashib,  9  o’rinni  olgan  bo’lsalar,  1969  yilda  bo’lib  o’tgan  sobiq  ittifoq 
xalqlarining  3    spartakiyadasida  8  o’rinni  oldilar.  Erkin  usulda  4x100  m.ga  estafeta  suzishda 
qizlarimiz Svetlana Babanina, Natal’ya Ustipova, Raisa Tanina va Rita Pavlovalar chempionatning 
oltin medalini qo’lga kiritdilar. 
 
   
Adabiyotlar
1. Sobirova O. Bolalar suzishni o’rganing. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1987. 
2. Firsov Z.T. Plavat’ ran’she chem xodit’. 2.izd. Fizkul’tura i sport. – Moskva: 1980.
3. Sobirova O. Suzish san’atini o’rgan. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1989.
4. Sobirova O. Suzish. – Toshkent: «Ibn Sino» nashriyoti, 1993. 
5. Tangirov Y., Levitskiy A.N. Suzish. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1986.    
6. www.ziyonet.uz

Mavzu:Suzishning rivojlanish tarixi va istiqbollari.

Reja. 1.Suzishning rivojlanish tarixi. 2. O’zbekistonda suzish sportining kelib chiqishi. O’zbekistonda birinchi suzish havzalarining tashkil topishi.

Suzish bo‘yicha sport musobaqalari 1- Olimpiya o‘yinlarida (1896- yilda) Angliyada o‘tkazilgan. Shu paytdan boshlab suzish barcha olimpiada o‘yinlarining dasturidan munosib joy olib kelmoqda. Darhaqiqat, ilgari suzish bo‘yicha musobaqalar hozirgidek o‘tkazilmasdi. Musobaqalar ochiq havzalarda, anhorga o‘xshash joylarda o‘tkazilar, ammo suzish yo‘lakchalari, start tumbochkalari bo‘lmas edi. Suzishni bilgan odam chuqurlikdan qo‘rqmaydi, hatto xavfsiramay, bilmagan joydagi suvga ham tushib ketaveradi. Daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga qanday o‘tish haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi. Cho‘kayotgan odamga yordam bera oladi.

Suzishning yana bir foydali tomoni — u qon aylanish tizimi ish faoliyatini, nafas olishni yaxshilaydi, tana a’zolarining tekis rivojlanishiga yordam beradi, organizmning shamollashlarga qarshi chidamliligini oshiradi. Bulardan tashqari, kishilarning dam olishi va hordiq chiqarishlarida, kayfiyatini ko‘tarishda, ishchanlik faoliyatini oshirishda bundan yaxshi vosita yo‘q, desa ham bo‘ladi.

Suvda suzish mashqlari nerv faoliyatini rivojlantiribgina qolmay, balki jismoniy sifatlarning oshishiga ham katta yordam beradi. Masalan, 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh suzuvchi sportchilar ikki yil davomida muntazam tekshirilganda, ularda kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari keskin darajada o‘sib borgani aniqlandi. Suzishning turlari juda ko‘p: amaliy, sinxron, suv ostida suzish, o‘yinli suzish va suvga sakrash.