Ta’lim psixologiyasi


Mavzu: Ta’lim psixologiyasi
Reja: • 1. O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari. 2. Ta ’lim jarayonini boshqarish muammosi. 3. Ta ’limni intensivlashtirish va aktiv, mustaqil, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish. 4. Ta ’limni individuallashtirish va qobiliyatlarni rivojlantirish
O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari. • 1997 yilda qabul qilingan "Ta’lim to’g`risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida" shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e’tirof etilgan.
Mavzuning dolzarbligi • Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o’quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarida o’z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. qiziqishlar orqali o’quvchilarda ta’limga aktiv munosabat namoyon bo’ladi. Qiziqishlar o’quvchilar hayotida katta rol o’ynaydi. Ular o’quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlaridir. O’quvchilarning muayyan maqsadni ko’zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni enga olishida, ishdan chalg`itadigan narsalar bilan shug`ullanishdan o’zini tiya olishida, unda o’qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo’ladigan iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.