logo

To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1595.4921875 KB
To‘liq o‘zgarish bilan 
rivojlanuvchi hasharotlar 1. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar
2. Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar
3. Kapalaklar yoki tangachaqanotlilar
4. Pardaqanotlilar turkumi
5. Pashshalar yoki ikki qanotlilar
6. Burgalar turkumi
    Xulosa
•
Glossariy
•
Foydalanilgan adabiyotlar Reja: To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar to‘liq 
metamorfozni o‘tab rivojlanadi.
Bunda   ontogenez
stadiyalarini o‘taydi.tuxum
lichinka g‘umbak
imago
Metamorfoz davri turli hasharotlarda 
turlicha bo‘ladi. Ba’zilarida lichinkalik davri 
juda uzoq davom etadi, voyaga yetganda 
qisqa umr ko‘radi. Xozirgi vaqtda 1 mln.ga  yaqin 
hasharot turi borligi fanga ma’lum. 
Ular 1,5 mln.dan kam emas degan 
fikrlar ham mavjud, chunki har yili 
7-8 ming tur (yangi) aniqlanmoqda
Shundan ikki qanotlilarni dunyoda 120000 turi uchrasa, 
O‘zbekistonda 10000 turi uchraydi. 
Qattiqqanotlilarni 250000 turidan – 3000 turi; 
Tangacha qanotlilarilarni 150000 turidan 1500 turi; 
Pardaqanotlilarni  300000 turidan  3000 turi uchraydi  va  
h.k.o. O‘zbekistonda 17000 dan oshiqroq hasharot turi uchraydi. Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar.
Qo‘ng‘izlar yer yuzida nihoyatda 
keng tarqalgan va turli hayot 
sharoitida yashaydi. 250 mingdan 
ortiq turi ma’lum. Ko‘krak qismi 
qalqonsimon xitin bilan qoplangan, 
ust qanoti qattiq xitinlashgan, ost 
qanoti yupka – nozik, ost qanot 
uchishga xizmat qiladi. Ba’zan 
soddalashgan qo‘ng‘izlarda ost qanot 
yo‘qolib, ust qanot qo‘shilib o‘sib 
ketgan. Og‘iz organi kavshovchi tipda 
aylangan. Qo‘ng‘izlar turlicha katta  – kichiklikda va turli rangda bo‘lib, qo‘pincha 
ularning tusi – tashqi muhit ko‘rinishidan aniq ajraladi. Boshida turli 
shaklidagi bir juft mo‘ylov, murakkab va sodda ko‘zlar, kuchli 
rivojlangan kavshovchi og‘iz organi joylashgan. Qalqonsimon xitin 
bilan himoyalangan ko‘krak bo‘g‘imlarida turli avlodlarida xilma – xil 
tuzilgan oyoqlar joylashgan.
Qo‘ng‘izlar nerv faoliyati va 
instinkt ham kuchli rivojlangan. 
Ba’zida qo‘ng‘izlarning urg‘ochisi 
yog‘och qirindilaridan foydalanib, 
lichinkalarining ozig‘i uchun 
zamburug‘ “ekib” ko‘paytirsa, 
so‘ng qo‘ng‘iz bu maqsadda 
go‘ng to‘plab go‘ngdan lichinka 
ozig‘i tayyorlaydi.  Kapalaklar yoki tangacha qanotlilar
Kapalaklar yer yuzida tarqalishi va xilma – xilligi jihatidan birinchi 
o‘rinni egallagan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan hasharotlardir. 
Og‘iz organi so‘ruvchi (xartumcha) tipda, qanotlari tangachalar bilan 
qoplangan, qurt deb nomlanuvchi lichinkalari ko‘krak oyoqlaridan 
boshqa 3 – 5 juft qorincha oyoqlari bor. 
Kapalakning qanotlari (ayniqsa, 
ustqanot) katta va turli shakldagi 
nozik va yupqa tangachalar bilan 
qoplangan. Bular ma’lum tartibda 
biri – ikkinchisining asosini qoplab 
joylashgan. Hid tarqatuvchi bezlar 
yaxshi rivojlangan (ba’zi turlarda 
tangachalar hid tarqatadi).  Kapalaklar (xususan issiq qit’alarda tarqalgan 
turlar) keng qanotlari chiroyli ranglarda 
tovlanadi. Rangni tangachada bo‘lgan 
pegmentlar vujudga keltiradi.
Katta yoshli kapalaklar hammasi deyarli gul 
sharbati, ba’zilari o‘simlik shoxchasi, bargi 
yoki tanasidan ajratilgan sharbat bilan 
oziqlanadi. Qurti ba’zan o‘ziga nisbatan 
ancha katta bo‘lib, hammasida og‘iz organi 
kavshovchi (kemiruvchi) tipda tuzilgan. 
Kapalak qurtlarining hammasi, deyarli 
o‘simlik mahsuloti bilan oziqlanadi. Shuning 
uchun ham bu hasharotlarning ko‘pchiligi 
o‘rmonzorlar, meva daraxtlari va deyarli 
hamma ko‘katsimon madaniy o‘simliklarga 
katta zarar yetkazadi.  Pardaqanotlilar (Hymenoptera)
Bu turkumga mansub chumolilar, 
arilar, qora, ari, asalari, parazitlik bilan 
ko‘payadigan mayda parda qanotlilar va 
boshqa nihoyatda xilma-xil turlari yuqori 
darajada taraqqiy etgan va nerv faoliyati 
yaxshi rivojlangan hasharotlar 
hisoblanadi. 300 mingdan ortiq turi 
ma’lum.
Turkum hamma avlodlarining og‘iz organi kavshovchi – 
yalovchi yoki kavshovchi so‘ruvchi tipda; ikki juft qanoti pardasimon – 
tomirlashgan, bir qancha turlarining urg‘ochilarida tuxum qo‘yuvchi 
o‘simta nayzaga aylangan, lichinka (qurt) larida oyoq bo‘lmaydi.   Chumolilar  – eng ko‘p tarqalgan, polimorf (har xil individli) koloniya 
bo‘lib yashovchi pardaqanotlilardir. Bularning juda ko‘p turlari tropik 
qit’alarda tarqalgan. Rossiyada uchraydigan turlardan qora chumoli, 
o‘rmonda yashovchi qizil chumoli va boshqa bir necha xil o‘rmon 
zarakunandalarni qirishda ma’lum ahamiyatga ega.
  Mazkur chumolilar koloniyasi 
tuproqda ancha katta uya yasab 
yashaydi. Koloniya “ona” chumoli, 
erkak (faqat urchish vaqtida 
yetishadigan erkaklari, keyin o‘lib 
ketadi), “ishchi chumolilar”   va  
“soldat” lardan tarkib topadi. 
Polimorfizm “Ona”  chumoli dastlab 
o‘zi mustaqil  ovqatlanib, 
lichinkalarini boqadi. .   Pashshalar yoki ikki qanotlilar (Diptera) turkumi.
Ikki qanotlilar – turlar sonining ko‘pligi va 
xilma – xilligi bilan birinchi o‘rinni 
egallagan va yer yuzida eng ko‘p 
tarqalgan hasharotlardan biri. 
Murakkab katta ko‘zi boshining katta 
qismini egallagan, mo‘ylovlari uzun – 
parsimon yoki kalta; ko‘krak bo‘g‘imlari 
xitin bilan qoplangan, qorincha qismi 
kattaroq bo‘ladi. Oyoqlari har xil 
uzunlikda. Ikki qanotlilar tanasi ixcham tuzilgan, 
og‘iz organi sanchuvchi – so‘ruvchi tipda, 
ko‘krak bo‘g‘imlarini katta va faqat 
ustqanoti saqlangan. Uzun mo‘ylovli pashshalar 
(Nematocera) kichik turkumiga 
mansub ikki qanotlilarning oyoqlari, 
mo‘ylovi juda uzun va tukli. 
Qurtlarining boshi katta, tanasi 
taksimon o‘simtalar bilan qoplangan; 
og‘iz organi yaxshi rivojlangan
Chivin  (kechki – chaquvchi pashsha) 
lar kechasi hayot kechiradi, 
urg‘ochilari qon so‘rib ovqatlanadi. 
Keng tarqalgan kuleks chivini 
qushlarda bezgak kasali tarqatadi. 
Bezgak chivini – anofeles odamga uch 
xil parazit – qon plazmodiyalarini 
tarqatib, xavfli bezgak kasalini  tez 
tarqalishiga sabab bo‘ladi. Burgalar (Aphanipthera) turkumi
Burgalar – mayda ektoparazit (ba’zilari 
entoparazit)  hasharotlar bo‘lib, parazitlik 
bilan hayot kechirishga ko‘chganligidan 
qanotlari butunlay yo‘qolgan. Uzun va 
muskullashgan orqa oyoqlari yordamida 
sakrab ancha tez harakatlanadi. Tanasining 
ustki qismi va oyoqchalari tukchalar bilan 
qoplangan.
Burga – “xo‘jayinlariga”  ortiq darajada 
ixtisoslashgan hasharot. Masalan, odamga 
uchraydigan burga it, mushuk, sichqon, 
kalamush va boshqa sut emizuvchilarga o‘tib 
yashay oladi. Mazkur hayvonlarda bo‘ladigan 
burgalar esa odamda uchrashi mumkin. Zararkunanda hasharotlarga qarshi 
kurash choralari.
Kimyoviy  kurash  metodlari  zararli  hasharotlarning  tanasi  va  nafas  olish 
organlariga ta’sir etuvchi (tashqi zaharli moddalar) yoki ichki hazm organlariga 
ta’sir  o‘tkuzib  halok  qiladigan  –  ichki  zaharli  moddalarni  turli  yo‘llar  bilan 
ishlatishga asoslangan.
  Fizikaviy  kurash  choralari,  asosan,  kechasi  tarqaladigan  zararkunandalarga 
qarshi  qo‘llaniladi.  Bu  ishda  hasharotlarni  o‘ziga  jalb  etuvchi  turli  nur 
tarqatuvchi  maxsus  elektr  fonuslar  yoki  oddiy  elektr  lampochkalaridan 
foydalaniladi.
Biologik kurash choralari,  avvalo, zararkunandalarning tabiiy dushmani bo‘lgan 
yirtqich  hasharotlar  yoki  parazitlik  bilan  zararkunanda  tanasiga  tuxum  qo‘yib 
ko‘payuvchi boshqa hasharotlar superparazitlar (yirtqich qo‘ng‘izlar, telenomus, 
trixogramma va boshqalar) dan foydalanishga asoslangan.  •
Xulosa
•
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki 
hasharotlar  foydali hasharotla ham bor 
lekin ularning foydasini inson aniq ko’zi 
bilan ko’rmasligi ham mumkin.Chunki 
hasharotlarning ham tabiat bilan o’zaro 
bog’liqlik taraflari bor va ular olimlar 
tomonidan ham isbotlangan Glossariy
•
1.  Imago  –bu  hasharotlarning  voyaga  yetgan  va  yetuk  hasharot  bolgan  payti 
hisblanadi
•
2.   Metamorfoz (yun.  metamorphosis	 —  o zgarib  qolish)	 —  hayvonlarda  M., 	ʻ
ya ni  metaboliya	
 —  organizm  tuzilishining  tubdan  o zgarishi.  M.  tufayli 	ʼ ʻ
lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi .
•
3.   Hymenoptera -  Pardaqanotlilar	
 ( Hymenoptera )  —	  hasharotlar   turkumi .  Eng 
xilma-xil  hasharotlar  turkumlaridan  biri  (har  xil  ma lumotlarga  binoan  150 	
ʼ
mingdan 300 ming gacha	
  turi  	bor).	 
•
4.   Chivinlar,	
 uzun  mo ylovli  ikki  qanotlilar	 (	ʻ Nematocera )  —	  ikki   qanotli  
hasharotlar  	
kenja turkumi
•
5.  Aphanipthera -  Burgalar – mayda ektoparazit (ba’zilari entoparazit)  hasharotlar 
bo‘lib,  parazitlik  bilan  hayot  kechirishga  ko‘chganligidan  qanotlari  butunlay 
yo‘qolgan. Adabiy о tlar:
1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 
1966.
2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 
1966.
3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y.
4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» 
T. 1988 y. 
5. E.I.Lukin «Zoologiya» Moskva 1989 •
  
E’tiboringiz   uchun 
rahmat

To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar

1. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar 2. Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar 3. Kapalaklar yoki tangachaqanotlilar 4. Pardaqanotlilar turkumi 5. Pashshalar yoki ikki qanotlilar 6. Burgalar turkumi Xulosa • Glossariy • Foydalanilgan adabiyotlar Reja:

To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar to‘liq metamorfozni o‘tab rivojlanadi. Bunda ontogenez stadiyalarini o‘taydi.tuxum lichinka g‘umbak imago Metamorfoz davri turli hasharotlarda turlicha bo‘ladi. Ba’zilarida lichinkalik davri juda uzoq davom etadi, voyaga yetganda qisqa umr ko‘radi.

Xozirgi vaqtda 1 mln.ga yaqin hasharot turi borligi fanga ma’lum. Ular 1,5 mln.dan kam emas degan fikrlar ham mavjud, chunki har yili 7-8 ming tur (yangi) aniqlanmoqda Shundan ikki qanotlilarni dunyoda 120000 turi uchrasa, O‘zbekistonda 10000 turi uchraydi. Qattiqqanotlilarni 250000 turidan – 3000 turi; Tangacha qanotlilarilarni 150000 turidan 1500 turi; Pardaqanotlilarni 300000 turidan 3000 turi uchraydi va h.k.o. O‘zbekistonda 17000 dan oshiqroq hasharot turi uchraydi.

Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar. Qo‘ng‘izlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan va turli hayot sharoitida yashaydi. 250 mingdan ortiq turi ma’lum. Ko‘krak qismi qalqonsimon xitin bilan qoplangan, ust qanoti qattiq xitinlashgan, ost qanoti yupka – nozik, ost qanot uchishga xizmat qiladi. Ba’zan soddalashgan qo‘ng‘izlarda ost qanot yo‘qolib, ust qanot qo‘shilib o‘sib ketgan. Og‘iz organi kavshovchi tipda aylangan.