To’plamlar ustida bajariladigan amallarni modellashtirish va ularni vizuallashtirish
“ To’plamlar ustida bajariladigan amallarni modellashtirish va ularni vizuallashtirish ”
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi Jamiyatda tashkiliy tizimlarni intellektuallashtirish, kompyuterlarni inson hayotining barcha jabhalariga joriy etish jarayonlari davom etmoqda. Turli texnik tizimlarni axborotlashtirish, dinamik tizimlarning intellektual imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirish jarayoni mavjud. Vizual simulyatsiya kompyuter modelidan foydalangan holda diskret matematikani o'qitishning asosiy vazifalari talabalarning mantiqiy va matematik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni o'rganish uchun matematik modellar va algoritmlarni qurish hamda tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish, butun matematika haqida g'oyalarni shakllantirish; matematikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, matematika va informatika o‘rtasidagi bog‘liqligini o’rganishdan iborat.
Tadqiqot ning maqsadi To‘plamlar ustida amallarni komputerda bajarish uchun mos ma’lumotlar struktursini modellashtirish, chekli to‘plamlar ustida amallarni bajarish jarayonini vizuallashtirish asosida namoyish qilish va foydalanuvchilar malaka ko’nikmasini nazorat qilish algoritmlari va kompyuter dasturini yozishdan iborat.
Tadqiqot ning ishining oby e k t i va pre dme t i Tadqiqot obyekti. Ma’lumotlar to'plami, ularning ta’rifi va tuzilmasi, to’plamlar ustida amallarni vizuallashtirish texnologiyalari . Tadqiqot predmeti. Tadqiqot obyekti tuzilmasini hamda usul va vositalarini tahlil qilish, vizual dasturlash, dasturlash texnologiyasi
Tadqiqot ning ishining ilmiy yangiligi Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Yaratilgan loyiha va ularni amalga oshirish texnologiyasi hamda dasturiy ta’minot konsepsiyasi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Taklif etilayotgan ish modulli nazoratni o'tkazish uchun talabalar bilan mashg'ulotlar o'tkazishda qo'llaniladi. Ish virtual o'quv muhitidan foydalangan holda veb-sayt sifatida yaratilgan va muntazam mashg'ulotlar uchun elektron yordam sifatida ishlaydi. Unda minimal talab qilinadigan nazariy materiallar va onlayn aloqa quyi tizimlari mavjud