Tog‘ jinslarining deformatsiyalari va ularning turlari
Mavzu: Tog‘ jinslarining deformatsiyalari va ularning turlari
Yer po‘stidagi mavjud mintaqaviy tektonik strukturalaming vaqt davomida rivojlanish bosqichlarini tiklash uchun ularning hozirgi egallagan shakllari har tomonlama tahlil qilinadi. Tog‘ jinslari tektonik va boshqa kuchlar ta’sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog‘ jinslariga chetdan ta’sir qiluvchi kuchlar tashqi kuchlardir. Deformatsiya turlari tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi shu tashqi kuchlar kattaligi va yo‘nalishi, deformatsiyalanish sharoiti hamda tog ’ jinslarining fizik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi kuchlar o‘zining kattaligi, ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtasi va yo‘nalishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham ular vektor kattaliklardir. Tog‘ jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirish xususiyatiga aytiladi.
Tog’ jinslarining deformatsiyasida ulaming ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Tog‘ jinslarining mustahkamligi deb tashqi kuchlar ta’siriga ko‘rsata oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi. Tog‘ jinslartning elastikligi tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘z f iartirishi va bu kuchlar ta’siri to‘xtagandan so‘ng birlamchi holati ga qaytish xususiyatiga ega bo'lishini ifodalaydi. Tog‘ jinslari ling plastikligi tashqi kuchlar ta’sirida shakli va hajmining qaytmas o‘zgarishi bilan belgilanadi. Tog‘ jinslarining mo‘rtligi deb tashqi kuchlar ta’sirida yaxlitligi buzilib, parchalanish xususiyatiga aytiladi.
Tashqi kuchlar ta’sirida deformatsiyaga uchrayotgan jinslar tarkibida ichki kuchlar vujudga keladi. Bu ichki kuchlar tashqi kuchlarning jins shaklini va hajmini o‘zgartirishi yoki bir qismini ikkinchi qismidan ajratuvchi ta’siriga monand qarshilik ko‘rsatadi. Ular deformatsiyaga uchrayotgan jinslarning birlamchi shaklini va hajmini tiklashga harakat qiladi. Bu kuchlar zo'riqish deyiladi. Zo‘riqish birligi kg/sm, kg/mm, t/sm, t/m va hokazolarda ifodalanadi. Deformatsiyalanayotgan jinsning zo‘riqishi tashqi va ichki kuchlar muvozanati bilan belgilanadi. Tog' jinslariga ta’sir etuvchi kuchlarni har qanday kesma yuzasida normal va urinma teng ta’sir etuvchilarga ajratish mumkin.