Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tasnifi


PEDAGOGIK QOBILIYATNING TURLARI VA ULARNING TASNIFI
1. • O’qituvchining didaktik va akademik qobiliyatlari. 2. • O’qituvchining tashkilotchilik, avtoritar va kommunikativ qobiliyatlari. 3. • O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. REJA:
Bizni savodsizga chiqarganlarning ajdodlari oyog'iga latta bog'lab yurganda,bizning ota-bobolarimiz yulduz sanagan. Islom Karimov
Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o’quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg’otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg’ota biladigan qobiliyatlardir. Didaktik qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat tug’ilganda qiyin o’quv materialini – osonroq, murakkabrog’ini soddaroq, tushunish qiyin bo’lganini tushunarliroq qilib o’quvchilarga moslashtirib bera oladi.O’qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda: «O’qituvchining eng muxim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishidada. Bunday o’qituvchining qo’lida maza qilib o’qiging keladi»; «Unisi esa hech narsaga yaramaydigan o’qituvchi, hecham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O’quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq – mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o’qituvchilarni yoqtirmaymiz»-deydilar.