logo

Muhit omillari va ularning tasnifi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2117.171875 KB
Muhit omillari va 
ularning tasnifi •
Tirik organizmlarning 
yashash muhiti uning tirik  
va  anorganik tarkibiy 
qismlari hisoblanadigan 
ekologik omillar bilan 
tavsiflanadi. Muhitning har 
bir tarkibiy qismi shu 
muhitda yashayotgan tirik 
organizmlarga turlicha 
ta’sir ko‘rsatadi.  •
Ek ologik  omillar.  Muhitning 
tirik organizm,populatsiya, 
tabiiy jamoalarga ta’sir 
ko‘rsatadigan fizik-kimyoviy, 
biologik shart-sharoitlari 
(elementlari)  ekologik omillar  
deyiladi. 
•
Ekologik omillar  abiotik, 
biotik va antropogen  
omillarga ajratiladi. •
А biot ik  omillar  – tirik 
organizmlarning hayot faoliyati va 
tarqalishiga ta’sir qiladigan 
anorganik tabiat tarkibiy qismlari 
sanaladi. Abiotik omillar to‘rt 
guruhga bo‘linadi:  iqlim omillari  – 
yashash muhitining iqlimini 
shakllantiruvchi omillar (yorug‘lik, 
namlik, harorat, havo tarkibi, 
atmosfera bosimi, shamol tezligi va 
b.);  edafik omillar  (yunoncha  «edafos»  
– tuproq) – tuproqning xususiyatlari 
(namligi, zichligi, mineral tarkibi, 
organik moddalarning miqdori); 
topografik omillar  (relyef omillari) – 
joy relyefining o‘ziga xos jihatlari. •
Biot ik  omillar – tirik tabiat 
omillari. Biotik omillar 
fitogen (o‘simliklarning 
ta’siri), zoogen 
(hayvonlarning ta’siri), 
mikogen (zamburug‘larning 
ta’siri) mikrobiogen 
(mikroorganizmlarning 
ta’siri) omillarga ajratiladi. •
А nt ropoge n omillar – inson 
faoliyati bilan bog‘liq omillar 
bo‘lib, ularga boshqa tirik 
organizmlarning yashash 
muhitlariga va bevosita ularning 
hayotiy faoliyatiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi inson faoliyati turlari 
(atrofmuhitning ifloslanishi, 
hayvon hamda baliqlarni ovlash, 
o‘rmonlarni kesish, yerga ishlov 
berish, foydali qazilmalarni qazib 
olish va b.) kiradi. •
Birga yashayotgan 
organizmlar hayotida bitta 
ekologik omil turlicha 
ahamiyatga ega bo‘lishi 
mumkin. Masalan, ochiq 
yerlarda yashaydigan yirik 
hayvonlar uchun kuchli 
shamol salbiy ta’sir ko‘rsatsa, 
uyalariga va qor ostiga 
yashirinadigan mayda 
hayvonlarga bu omil katta 
ta’sir ko‘rsatmaydi.  •
Ko‘pchilik ekologik omillar – harorat, 
namlik, shamol, yog‘ingarchilik miqdori, 
oziq miqdori, yirtqichlar va parazitlar 
soni kabilar o‘zgaruvchan omillar 
hisoblanadi. Bu omillarning 
o‘zgaruvchanlik darajasi muhitning 
xususiyatlari bilan bog‘liq. •
Muhit  omillarining 
organizmlarga t a’sir et ish 
qonuniy at lari.  Ekologik 
omillar xilma-xil bo‘lishiga 
qaramay ularning tirik 
organizmlarga ta’sir etish 
xarakterida, ekologik 
omillarning ta’siriga tirik 
organizmlarning javob 
reaksiyalarida bir qator 
umumiy qonuniyatlarni 
aniqlash mumkin. •
Muhit omilining yetishmasligi ham, 
me’yordan ortib ketishi ham tirik 
organizmlar hayot faoliyatining 
o‘zgarishiga olib keladi. Ekologik omilning 
organizm hayot faoliyatiga ko‘rsatadigan 
ta’sirining eng qulay chegarasi  biologik 
optimum  yoki  optimum zonasi  deyiladi.

Muhit omillari va ularning tasnifi

• Tirik organizmlarning yashash muhiti uning tirik va anorganik tarkibiy qismlari hisoblanadigan ekologik omillar bilan tavsiflanadi. Muhitning har bir tarkibiy qismi shu muhitda yashayotgan tirik organizmlarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.

• Ek ologik omillar. Muhitning tirik organizm,populatsiya, tabiiy jamoalarga ta’sir ko‘rsatadigan fizik-kimyoviy, biologik shart-sharoitlari (elementlari) ekologik omillar deyiladi. • Ekologik omillar abiotik, biotik va antropogen omillarga ajratiladi.

• А biot ik omillar – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi. Abiotik omillar to‘rt guruhga bo‘linadi: iqlim omillari – yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillar (yorug‘lik, namlik, harorat, havo tarkibi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va b.); edafik omillar (yunoncha «edafos» – tuproq) – tuproqning xususiyatlari (namligi, zichligi, mineral tarkibi, organik moddalarning miqdori); topografik omillar (relyef omillari) – joy relyefining o‘ziga xos jihatlari.

• Biot ik omillar – tirik tabiat omillari. Biotik omillar fitogen (o‘simliklarning ta’siri), zoogen (hayvonlarning ta’siri), mikogen (zamburug‘larning ta’siri) mikrobiogen (mikroorganizmlarning ta’siri) omillarga ajratiladi.