Topishmoqlar
Mavzu : Topishmoqlar ADABIYOT
Topishmoq nima? 1. Topishmoqlarni ba’zan “ topmacha ”, “ matal ”, “ jumboq ” deb ham atashgan. 2. Mumtoz adabiyotda “ chiston ” ham deyiladi. 3. Topishmoq hammabop, ommaviy janrdir. 4. Topishmoqlar kishining tasavvurini va tafakkurini o ‘ stiradi.
E’tibor bering! Topishmoqda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi. Aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqning javobini topmoqchi bo‘lgan kishi unda keltirilgan ko‘chma belgilarni xayolida mantiqan solishtiradi va uning hayotdagi belgilarga to‘g‘ri kelishiga qarab javobini topadi.
Bilib oling ! Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda yaratiladi.
She’riy va nasriy topishmoqlar Chin qushim chinni qushim, Chin tepaga qo‘ndi qushim. Tumshug‘ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim. Ko‘ylagi qavat-qavat, Tugmalari yo‘q faqat.