logo

O’zbek xalq topishmoqlari

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1129.9326171875 KB
Mavzu:O’zbek 
x alq 
t opishmoqlar i. Topishmoqlar
  	Xalq	 	hamisha	 	yoshlarning	 	ziyrak,	 	yaxshi	 	xotirali,	 fikrlovchi	 	inson	 
bo’lishini	
 	istagan.	 Agar	 	xalq	 	dostonlari,	 	ertaklarini	 	o’qisangiz,	 	asar	 
qahramonlari	
 	turli	 	sinovlardan	 	o’tishiga	 	guvoh	 	bo’lasiz.	 	Bu	 
sinovlarning	
 bir	 turi	 jismoniy	 kuch	 talab	 qilsa,	 ikkinchi	 xili	 aql,	 idrok	 
bilan	
 hal	 etiladi.	 Jumladan,	 shunday	 ertaklar	 bor-ki,	 ularda	 ma’shuqa	 
qizlar	
 	turmushga	 	chiqadigan	 	yigitlari	 	oldiga	 	shaxmat	 	o’ynash,	 
jumboqli	
 	savollarga	 	javob	 	berish	 	shartini	 	qo’yadilar.	 	Ular	 	orasida	 
dunyodagi	
 eng	 og’ir	 narsa	 nima?	 Kim	 ertalab	 to’rt	 oyoqlab,	 kunduzi	 
ikki,	
 kechqurun	 uch	 oyoqda	 yuradi?	  Dunyoda  t o’r tt a  nar sa  yo’q,  ular ni  ayt ing.  Nima  uchun 
darax t   soyasida  soyabon  t ut ish  kerak ,  k abi  jumboqlar  
bor.  Og’ir   nar sa  fi lga  yok i  k itga  o’x shaydi.  A mmo 
savolning  javobi  ot .  C hunk i  faqat   ot   yugur ganda,  yer  
lar zaga  keladi.  Yok i  odam  go’dak ligida  t o’r t   oyoqlab, 
yoshligida  ik k i  oyoqlab,  qar iganda  uch  oyoqlab,  ya’ni 
hassa  bilan  yuradi.  Dunyoda  t o’r t t a  nar sa  yo’q: 
osmonning ust uni, hovuzning qopqog’i, osh pichoqning 
qini,  ko’r paning  yengi.  Shuningdek ,  darax t   soyasida 
dam  olayot gan  odam  qushlar ning  chiqindisidan 
asranish  uchun  soyabon  t ut adi  k abi  javoblar ni  ber ish 
k ut iladi.  A slini  olganda,  bu  sinovlar ning  hammasi 
o’ziga  x os  t opishmoqlar dan  iborat dir.  Xalqimiz og’zaki	 ijodining 	 kichik	 janrlaridan	 biri	 topishmoqlardir.  Bu	 
janr	
 	ko’proq	 	bolalarni	 	kuzatuvchanlikka,	 	hayotni	 	mukammalroq	 
bilishga,	
 sinchkovlikka	 o’rgatadi.	 Ammo	 topishmoqlar	 folklorda	 faqat	 
yosh	
 	bolalargagina	 	taalluqli	 	deb	 	hisoblash	 	to’g’ri	 	emas,	 	chunki	 
topishmoq	
 aytish	 va	 topish	 musobaqalarida 	 kattalar	 ham	 qiziqish	 bilan	 
ishtirok	
 	etaveradilar.	 	Hatto	 	olima	 	Z.	 	Husainovaning	 	ma’lumot	 
berishicha,	
 uzun	 qish	 kechalarida	 urchuq	 yigirgan	 va	 olacha	 to’qigan	 
xotinlar,	
 	Samarqand	 	atrofida	 	boshqa	 	qishloqlardan	 	to’yga	 	kelib	 
xonadonlarga	
 	bo’lingan	 	mehmonlar	 	o’zaro	 	chaldirmoq	 	(tez	 	aytish),	 
jumboq	
 	, 	ya’ni	 	topishmoq	 	aytishishgan.	 	O'tgan	 	zamonlarda	 
topishmoqlarni	
 qish	 faslida	 uzoq	 kechalarni	 zerikmay	 o’tkazish	 uchun	 
aytganlar.	
 	Topishmoq	 	aytgan	 	odamning	 	topishmoq	 	javobi	 	topilsa, 	 	u	 
musobaqada	
 yutqazgan,	 topilmasa	 g’olib	 chiqqan	 hisoblangan.	 Har	 ikki	 
holatda	
 	ham	 	mag’lub	 	bo’lgan	 	taraf	 	 	yo	 	g’azal	 	aytgan,	 	yoki	 	biron	 
hayvonga	
 taqlid 	 qilib	 ovoz	 chiqargan,	 yo	 qo’shiq	 kuylagan,	 yoki	 biron	 
jismoniy	
 ish	 qilgan:	 suv	 olib	 kelgan,	 eshik	 supurgan	 va	 hokazo.	   •
Ma’lumki,  badiiy  tasvir  vositalari  qatorida  istiora  sa’nati  ham  muhim  o’rin  egallaydi.  Istiora  so’zi  “ko’chim”  ma’nosini 
beradi. Agar biz do’stga  nisbatan: “Mening arslondek do’stim bor”, -desak, o’xshatish san’atini qo’llagan bo’lamiz. Ammo “dek” 
qo’shimchasini  va  “do’stim”  so’zini  qoldirib,  “arslonim  bor”  -desak,  istiora  san’ati  yaratiladi.  Topishmoqlarda  ana  shu  san’at 
yetakchilik  qiladi.  Chunki  biron  narsa  ikkinchi  bir  narsaga  istora  san’ati  vositasida  o’xshatiladi  va  eng  muhim  xususiyatlari 
haqida ma’lumot beriladi. 
•
Masalan:  “Yer  tagida  oltin  (tilla)  qoziq”  topishmog’ini  olaylik.  Bu  topishmoq  matnida  yashiringan  narsaning  uchta 
muhim belgisi qayd etilgan:
•
1.	
      Yer ostida ekani.
•
2.	
      Oltinning rangida, ya’ni sariq ekani.
•
3.	
      Qoziqqa o’xshashligi. 
•
Bu  belgilar  orqali  biz  topishmoqning  javobi  sabzi  ekanini  topamiz.  Matndagi  “qoziq”  so’zi  esa  istiora  san’atiga  misol 
bo’lib kelgan.
•
Topishmoqlar shakl jihatidan nasriy va she’riy bo’ladi:
•
1.	
      Tomdan tuxum irg’itdim. (do’l)- nasriy topishmoq.
•
2.	
      U yoqqa o’tdim, bildingmi?
•
       Bu yoqqa o’tdim, bildingmi?
•
       Oq quvrayning boshini, 
•
       Chertib o’tdim, bildingmi? (shamol)-she’riy topishmoq.  Topishmoqlar 	xalq	 	orasida	 	jumboq,	 	topmacha,	 	top-top,	 
cho’pchak,	
 	matal,	 	masal,	 	ushuk	 	atamalari	 	bilan	 	atab 	 	kelinadi.	 
Ilmiy	
 asarlarda	 “topishmoq”	 termini	 “top”	 buyruq	 fe’liga	 “ish”	 
harakat	
 nomini	 hosil	 qiluvchi	 shakl	 va	 “moq”	 qo’shimchalarini	 
qo’shish	
 	orqali	 	hosil	 	bo’lgan,	 	deb	 	ko’rsatiladi.	 	Natijada	 
“topishmoq	
 	so’zi	 	xalq	 	og’zaki	 	ijodidagi	 	alohida	 	janr	 	nomini	 
bildirgan.	
 Keyingi	 paytlarda	 shevalardagi	 yuqorida	 ko’rsatilgan	 
atamalar	
 deyarli	 yo’qolgan.	 Asosan,	 “topishmoq”	 nomi	 saqlanib	 
qolgan.	
 Xalqimiz	 orasida 	 “Kichkina	 dekcha,	 ichi	 to’la	 mixcha”	 
(anor),	
 	“Qoziq	 	ustida	 	qor	 	turmas”	 	(tuxum)	 	, 	“Otdan	 	baland,	 
itdan	
 	past”(egar)	 	kabi	 	mashhur	 	topishmoqlar	 	bor.	 	Ammo	 
“Qoragina	
 	popish,	 	devolga	 	yopish”(kaltakesak),	 	“Qizil	 
yulg’unning	
 tagida	 Qizlargul	 opam	 yotibdi”	 (qirg’ovul	 ) kabi	 u	 
qadar	
 	keng	 	ommalashmagan	 	va	 	topish	 	anchayin	 	mushkul	 
bo’lgan	
 topishmoqlar	 ham	 bor.	   Topishmoqlar xalq	 orasida	 jumboq,	 topmacha,	 top-top,	 cho’pchak,	 matal,	 masal,	 ushuk	 
atamalari	
 bilan	 atab 	 kelinadi.	 Ilmiy	 asarlarda	 “topishmoq”	 termini	 “top”	 buyruq	 fe’liga	 “ish”	 
harakat	
 nomini	 hosil	 qiluvchi	 shakl	 va	 “moq”	 qo’shimchalarini	 qo’shish	 orqali	 hosil	 bo’lgan,	 deb	 
ko’rsatiladi.	
 Natijada	 “topishmoq	 so’zi	 xalq	 og’zaki	 ijodidagi	 alohida	 janr	 nomini	 bildirgan.	 Keyingi	 
paytlarda	
 shevalardagi	 yuqorida	 ko’rsatilgan	 atamalar	 deyarli	 yo’qolgan.	 Asosan,	 “topishmoq”	 nomi	 
saqlanib	
 qolgan.	 Xalqimiz	 orasida 	 “Kichkina	 dekcha,	 ichi	 to’la	 mixcha”	 (anor),	 “Qoziq	 ustida	 qor	 
turmas”	
 (tuxum)	 , “Otdan	 baland,	 itdan	 past”(egar)	 kabi	 mashhur	 topishmoqlar	 bor.	 Ammo	 
“Qoragina	
 popish,	 devolga	 yopish”(kaltakesak),	 “Qizil	 yulg’unning	 tagida	 Qizlargul	 opam	 yotibdi”	 
(qirg’ovul	
 ) kabi	 u qadar	 keng	 ommalashmagan	 va	 topish	 anchayin	 mushkul	 bo’lgan	 topishmoqlar	 
ham	
 bor.	 Ba’zan	 bitta	 narsaga	 atab	 bir	 necha	 topishmoqlar	 yaratilgan:
1.     	
 Yer	 tagida	 xo’l	 gavron.
2.     	
 Yer	 tagida	 yog’li	 qamchi.
3.     	
 Ko’prik	 ostida	 yog’li	 xasip.
4.     	
 Uzun	 ichak,	 uchi	 tugunchak,   Abdulla Qodiriyning	 “Mehrobdan	 chayon”	 romanidan	 olingan	 Anvarning	 she’rida	 
Farhod,	
 Shirin,	 Majnun,	 Laylo	 talmeh	 san’atiga	 misol	 bo’ladi.	 Topishmoqlarda	 ham	 
turli	
 munosabatlar	 bilan	 turli	 ismlar	 uchraydi.	 Ularning	 tarixan	 mashhurligi	 qayd	 
etilmagan.	
 Ammo	 matnlarda	 bu	 ismlar,	 albatta,	 qandaydir	 ma’no	 kasb	 etadi	 va	 shartli	 
ravishda	
 talmeh	 san’atiga	 yaqin 	 turadi.	 
Masalan: 
“Soriboy	
 akam	 ichkari,	 
“Soqollari	
 tashqari”.	 (sabzi,	 makkajo’xori).	 
Topishmoqdagi 	
 “Soriboy	 akam”	 bir	 tomondan	 sariq	 so’zini	 eslatadi	 va	 sabzi,	 
makkajo’xorini	
 topish	 uchun	 belgi	 vazifasini	 o’taydi.	 Shuningdek,	 “Tokchama-	 tokcha,	 
Samatjon	
 boyvachcha”	 (sichqon),	 “Osmoni	 resmon,	 Mulla	 Abdurahmon-beustixon”	 
(bit) 	
 kabi	 matnlarda	 ham	 ismlar	 uchraydi.	 Taxmin	 qilib	 aytish	 mumkinki,	 shunday	 
namunalar	
 qayd	 etilgan	 hududlarda	 ismlar	 topishmoq	 aytuvchilar	 o’rtasida	 mashhur	 
bo’lgan	
 bo’lishi	 mumkin. Xalq topishmoqlarida	 tazod	 (qarshilantirish)	 sa’nati	 namunalari	 ham	 uchraydi:
              	
 “Osh	 ichida	 tosh,	 
              	
 Tosh	 ichida	 osh”	 (sumalak,	 toshbaqa.)
Bu	
 matnda	 hatto	 qofiya	 san’atining	 murakkab	 ko’rinishi	 tarse’	 (misrlardagi	 hamma	 
so’zlarning	
 qofiyalanishi)	 ham	 o’rin	 olgan.	 
Topishmoqlarning 	
 matnida	 asosiy	 e’tibor,	 maqsad	 mazmunga	 qaratiladi.	 Ammo	 
she’riy	
 topishmoqlarda	 qofiyadosh 	 so’zlarning 	 tanlanishiga	 alohida	 e’tibor	 
berilgan:	
   
“Olti	
 tegirmon	 toshi,
Oltin	
 egarning	 qoshi,
Uni	
 topgan	 kishining,
Yuz	
 yigirmada	 yoshi	 (tish).	  •
  E’tibor bersak,	 “tosh”.	 “qosh”,	 “yosh” 	 faqat	 bir	 tovush	 bilangina	 farqlanuvchi 	 
shakldosh	
 so’zlardan	 iboratdir.	 Topishmoqlardagi	 bunday	 fazilat	 ularning	 so’z	 san’ati	 
talablariga	
 to’liq	 javob	 bera	 olishini	 ta’minlaydi.
•
Shunday	
 qilib,	 topishmoqlar	 xalq	 og’zaki	 ijodining	 kichik	 janrlaridan	 biri	 bo’lib,	 
mohiyat	
 	jihatidan	 	millat	 	vakillarining	 	ziyrak,	 	sinchkov,	 	kuzatuvchan	 	bo’lishlari	 
uchun	
 xizmat	 qilar	 ekan.
•
Topishmoqlar
 xalq	 hayotida	 ma’lum	 e’tiborga	 ega	 bo’lgan	 narsa-predmetlar	 
nomini	
 topishga	 bag’ishlanadi	 va	 ahamiyatli	 hisoblanadi.
•
Badiiy	
 jihatdan	 mukammallik	 xalq	 topishmoqlarining	 fazilatlaridandir.	 
•
Bugungi	
 kun	 topishmoqlarida	 fan	 texnika	 yangiliklari	 ham	 munosib	 o’ringa	 ega  

Mavzu:O’zbek x alq t opishmoqlar i.

Topishmoqlar    Xalq   hamisha   yoshlarning   ziyrak,   yaxshi   xotirali,  fikrlovchi   inson   bo’lishini   istagan.  Agar   xalq   dostonlari,   ertaklarini   o’qisangiz,   asar   qahramonlari   turli   sinovlardan   o’tishiga   guvoh   bo’lasiz.   Bu   sinovlarning  bir  turi  jismoniy  kuch  talab  qilsa,  ikkinchi  xili  aql,  idrok   bilan  hal  etiladi.  Jumladan,  shunday  ertaklar  bor-ki,  ularda  ma’shuqa   qizlar   turmushga   chiqadigan   yigitlari   oldiga   shaxmat   o’ynash,   jumboqli   savollarga   javob   berish   shartini   qo’yadilar.   Ular   orasida   dunyodagi  eng  og’ir  narsa  nima?  Kim  ertalab  to’rt  oyoqlab,  kunduzi   ikki,  kechqurun  uch  oyoqda  yuradi?  

Dunyoda t o’r tt a nar sa yo’q, ular ni ayt ing. Nima uchun darax t soyasida soyabon t ut ish kerak , k abi jumboqlar bor. Og’ir nar sa fi lga yok i k itga o’x shaydi. A mmo savolning javobi ot . C hunk i faqat ot yugur ganda, yer lar zaga keladi. Yok i odam go’dak ligida t o’r t oyoqlab, yoshligida ik k i oyoqlab, qar iganda uch oyoqlab, ya’ni hassa bilan yuradi. Dunyoda t o’r t t a nar sa yo’q: osmonning ust uni, hovuzning qopqog’i, osh pichoqning qini, ko’r paning yengi. Shuningdek , darax t soyasida dam olayot gan odam qushlar ning chiqindisidan asranish uchun soyabon t ut adi k abi javoblar ni ber ish k ut iladi. A slini olganda, bu sinovlar ning hammasi o’ziga x os t opishmoqlar dan iborat dir.

Xalqimiz og’zaki  ijodining   kichik  janrlaridan  biri  topishmoqlardir.  Bu   janr   ko’proq   bolalarni   kuzatuvchanlikka,   hayotni   mukammalroq   bilishga,  sinchkovlikka  o’rgatadi.  Ammo  topishmoqlar  folklorda  faqat   yosh   bolalargagina   taalluqli   deb   hisoblash   to’g’ri   emas,   chunki   topishmoq  aytish  va  topish  musobaqalarida   kattalar  ham  qiziqish  bilan   ishtirok   etaveradilar.   Hatto   olima   Z.   Husainovaning   ma’lumot   berishicha,  uzun  qish  kechalarida  urchuq  yigirgan  va  olacha  to’qigan   xotinlar,   Samarqand   atrofida   boshqa   qishloqlardan   to’yga   kelib   xonadonlarga   bo’lingan   mehmonlar   o’zaro   chaldirmoq   (tez   aytish),   jumboq   ,  ya’ni   topishmoq   aytishishgan.   O'tgan   zamonlarda   topishmoqlarni  qish  faslida  uzoq  kechalarni  zerikmay  o’tkazish  uchun   aytganlar.   Topishmoq   aytgan   odamning   topishmoq   javobi   topilsa,    u   musobaqada  yutqazgan,  topilmasa  g’olib  chiqqan  hisoblangan.  Har  ikki   holatda   ham   mag’lub   bo’lgan   taraf     yo   g’azal   aytgan,   yoki   biron   hayvonga  taqlid   qilib  ovoz  chiqargan,  yo  qo’shiq  kuylagan,  yoki  biron   jismoniy  ish  qilgan:  suv  olib  kelgan,  eshik  supurgan  va  hokazo.