TOPONIMIK MANBALARNING O’LKA TARIXINI O’RGANISHDAGI AHAMIYATI
TOPONIMIK MANBALARNING O’LKA TARIXINI O’RGANISHDAGI AHAMIYATI 1. Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini o’rganishda toponimikaning o’rni. 2. Toponimikaning fan sifatida shakllanishi. Toponimikaga oid asosiy ilmiy terminlar mazmuni. Toponimikaning ikki qismga: mikro va makro toponimlarga bo’linishi. Ularning farqli xususiyatlari. 3. O’zbekiston toponimi ka siga oid atamalarning yozma manbalarda qayd etilishi. O’zbekistonda toponimik tadqiqotlar tarixi.
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi.Toponimika geografik nomlar , kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya’ni yer tili deb atashadi. Toponimika atamsi lotin tilidan olingan bo’lib, «topos» - joy, «onom» - nom, umuman joy nomini o’rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografiy nomlar va zamin qarida o’rganilayotgan nomlar insonlarga qo’yiladigan ismlar toponimikaning manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob’yektdan: mikro va makro toponimlaridan iborat bo’lib, makrotoponimika - grammatik jihatda mayda ob’yektlarni - turdosh otlarni, mikrotoponimika esa atoqli otlar, ya’ni yirik ob’yektlarning nomlarini tadbiq qiladi. Joy nomlari insoniyat tarixi va taqdirida alohida o’ringa ega. Ularsiz kishilar qayerga borishini ham, qanday borishini ham, qayerdan qanday kelishini ham bilmasdilar. Shuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to’xtalish hollari bo’lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo’lgan asarlarda u yoki bu darajada to’xtalganligini tarixiy va geografik asarlardan bilishimiz mumkin. Atrofimizdagi turli-tuman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o’ziga xos tarix, o’ziga xos xotira hamda o’ziga xos madaniy-ma’naviy yodgorliklardan biri sanaladi.
Shuning uchun ham joy nomlari davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd qilingan. O’zbekiston toponimikasi fani asrimizning 30- yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga toponimist olim H. Hasanovning xizmatlari katta. Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. Shu sababli joy nomlari bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo’lgan qo’lyozma manbalardagi materiallar ham e’tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmay tadqiqot ishlarida aniq ko’rish mumkin. O’zbekiston toponimikasi fani Ona Vatanimiz hududidagi joy nomlarini yig’ish, to’plash, ma’lum bir ilmiy-nazariy tizimga solish bilan birga, ularga har tomonlama izohlashga ham harakat qiladi.
Mamlakatimiz hududida Toshkent shahar , Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Namangan, Andijon, Farg’ona viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikasi joylashgan. Yuqorida sanab o’tilgan shahar, viloyatlar, respublikasiga ma’lumotlarni bu fan yig’ib to’plash jamlab beradi. Har bir hudud uchun toponimik qonuniyatlar takrorlanmas ko’rinishli holatga egaligini V.A.Juchkevich ham o’z monografiyasida alohida qayd qilib o’tganligini e’tiborga oladigan bo’lsak, har bir viloyat, har bir shahar, har bir voha , har bir tuman o’ziga xos toponimlar (majmui) jamiga - toponimiyasiga ega. Ularni o’rganish va ular to’g’risida maxsus maqola, monografiyalar va hatto, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarur. Chunki vaqt o’tishi bilan joy nomlari unutilib borishlari yohud ba’zi zamonasoz rahbarlarning sayi-harakatlari bilan zamonaviylashtirilishi ham mumkin. Mana bunday holatlarning oldini olish uchun esa joy nomlarini xoh u makrotoponim bo’lsin, xoh u mikrotoponim bo’lsin, farqi yo’q. Ularni har tomonlama tadqiq etish vaqti, payti keldi.
Toponimik ma’lumotlar to’plash uslublari. Toponimikani o’rganish ma’lumot to’plashdan boshlanadi. Bu ish odatda o’lkashunoslik bo’yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrorayon qishloq, ovul, kolxoz-sovxoz hududlarida, keyinchalik ma’muriy rayon hamda viloyat va nihoyat jonajon o’lka miqyosida amalga oshiriladi. Toponimik ma’lumot yig’ish ishini boshlashdan avval ma’lumotlarni qanday va qayerlardan to’plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o’tkazishning hech bo’lmaganda taxminan ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so’ng dala tadqiqot ishlariga o’quvchi va studentlar jalb qilinadi. Dalada tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o’tmish haqidagi suhbatlarni hamda boshqa materiallarni muntazam yozib boradigan maxsus daftar bo’lishi shart. Mamlakatimizdagi viloyatlar hamda Qoraqalpog’iston respublikasidagi tumanlarni birma-bir hisoblamasak, hali ham ko’p tumanlarimiz hududlaridagi joy nomlari o’rganilmagan. O’zbekiston toponimikasidagi bunday ketma-ketlikni tugatish vaqti keldi.